{"id":2237,"date":"2022-02-18T12:08:36","date_gmt":"2022-02-18T10:08:36","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2237"},"modified":"2022-02-18T12:08:36","modified_gmt":"2022-02-18T10:08:36","slug":"ozbekcha-navroz-bayrami-assalom-navroz-yangilanish-mehr-oqibat-va-qadr-qimmat-ayyomi-degan-bosh-goya-asosida-nishonlanadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2022\/02\/18\/ozbekcha-navroz-bayrami-assalom-navroz-yangilanish-mehr-oqibat-va-qadr-qimmat-ayyomi-degan-bosh-goya-asosida-nishonlanadi\/","title":{"rendered":"Navro\u2018z bayrami \u00abAssalom, Navro\u2018z \u2013 yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!\u00bb degan bosh g\u2018oya asosida nishonlanadi"},"content":{"rendered":"<p><strong>TOSHK\u0415NT, 18-fevral. \u00abDunyo\u00bb AA\/.\u00a0<\/strong>2022 yilgi Navro\u2018z umumxalq bayrami mamlakatimizda \u00abAssalom, Navro\u2018z \u2013 yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!\u00bb degan bosh g\u2018oya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanadi, deb xabar qilmoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<!--more--><\/p>\n<p>Bu haqda O\u2018zbekiston Prezident\u00a0 tomonidan\u00a0 imzolangan \u00ab2022 yilgi Navro\u2018z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko\u2018rish va uni o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qarorda qayd etilgan.<\/p>\n<p>Hujjatga ko\u2018ra, poytaxtimizdagi \u00abYangi O\u2018zbekiston\u00bb majmuasida alohida dasturlar asosida xalq sayillari tashkil etiladi. Bayram arafasida umumxalq hasharlari o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Qarorda O\u2018zbekiston Bosh vaziri rahbarligida Navro\u2018z bayramini yuksak saviyada o\u2018tkazish bo\u2018yicha tashkiliy qo\u2018mita tuzildi. Qo\u2018mitaga hududlarda, shahar va qishloqlarda Navro\u2018z umumxalq bayramining umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanishini ta\u2019minlash yuklatilgan. Tashkiliy qo\u2018mitaga, shuningdek, \u201cNavro\u2018zing \u2013 yangi kun, yangi davroning muborak, jonajon O\u2018zbekistonim!\u201d degan bosh g\u2018oyani o\u2018zida mujassam etgan Navro\u2018z umumxalq bayramini o\u2018tkazish konsepsiyasi va tashkiliy-amaliy, madaniy-ma\u2019naviy hamda targ\u2018ibot-tashviqot ishlari dasturini bir hafta muddatda ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.<\/p>\n<p>Mazkur konsepsiya va dasturni tayyorlashda barcha tadbirlarni tom ma\u2019noda umumxalq sayli va shodiyonasi sifatida o\u2018tkazish, ularda keng xalq ommasining faol ishtirok etishini ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>Bayram munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e\u2019zozlash, Mehribonlik va Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilari, Saxovat uylarida yashayotganlar, \u00abTemir daftar\u00bb, \u00abAyollar daftari\u00bb, \u00abYoshlar daftari\u00bb va \u00abMehr daftari\u00bbga kiritilgan hamda ko\u2018makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ularga beg\u2018araz yordam berish bilan bog\u2018liq xayriya tadbirlari amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari qarorida, shuningdek, \u00abYashil makon\u00bb umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni uyushtirish nazarda tutilmoqda. Unga ko\u2018ra, Navro\u2018z umumxalq bayrami arafasida respublikaning barcha hududlarida, har bir ko\u2018cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonchilik va ko\u2018kalamzorlashtirishga qaratilgan umumxalq hasharlari o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Hujjatda bayram tadbirlari bo\u2018lib o\u2018tadigan joylarda hunarmandchilik ko\u2018rgazmalari, milliy sport turlari bo\u2018yicha musobaqalar o\u2018tkazish, kitob rastalari, ko\u2018chma savdo do\u2018konlarini tashkil qilinadi, ko\u2018klam taomlari tayyorlanib, ularning savdosi yo\u2018lga qo\u2018yilishi qayd etildi.<\/p>\n<p>2022 yilgi Navro\u2018z umumxalq bayrami sayillari va tadbirlari koronavirusga qarshi mamlakatimizda o\u2018rnatilgan karantin qoidalari va jamoat xavfsizligi talablariga qat\u2019iy rioya qilgan holda o\u2018tkaziladi, deyiladi qarorda.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TOSHK\u0415NT, 18-fevral. \u00abDunyo\u00bb AA\/.\u00a02022 yilgi Navro\u2018z umumxalq bayrami mamlakatimizda \u00abAssalom, Navro\u2018z \u2013 yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!\u00bb degan bosh g\u2018oya asosida umumxalq sayillari shaklida keng nishonlanadi, deb xabar qilmoqda \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2238,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2237","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2237","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2237"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2237\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2239,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2237\/revisions\/2239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2238"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2237"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2237"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2237"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}