{"id":214,"date":"2017-08-13T20:40:43","date_gmt":"2017-08-13T18:40:43","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=214"},"modified":"2017-08-13T20:40:43","modified_gmt":"2017-08-13T18:40:43","slug":"ozbekcha-markaziy-osiyo-ozbekiston-tashqi-siyosatining-asosiy-ustuvor-yonalishi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2017\/08\/13\/ozbekcha-markaziy-osiyo-ozbekiston-tashqi-siyosatining-asosiy-ustuvor-yonalishi\/","title":{"rendered":"Markaziy Osiyo \u2013 O\u2018zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo\u2018nalishi"},"content":{"rendered":"<p>Aynan shu mavzu 2017-yil 11-avgust kuni poytaxtimizda o\u2018tkazilgan xalqaro anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo\u2018ldi.\u00a0<!--more--><br \/>\nAnjuman O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) loyihalari koordinatori ofisi bilan hamkorlikda tashkil etildi.<\/p>\n<p>Tadbirni kirish so\u2018zi bilan ochgan O\u2018zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning mamlakatimiz tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo\u2018nalishi sifatida belgilangani davlatimizning yaqin qo\u2018shnilar bilan do\u2018stlik, o\u2018zaro manfaat va yaxshi qo\u2018shnichilik tamoyillariga asoslangan munosabatlar o\u2018rnatishga samimiy intilishi ekanini alohida ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O\u2018zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo\u2018shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor. Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo\u2018lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog\u2018liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta\u2019minlangan Markaziy Osiyo O\u2018zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo\u2018shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta\u2019minlamasdan amalga oshirib bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari mushtarak yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlarni umumiy ma\u2019naviy qadriyatlar va o\u2018tmish, o\u2018xshash milliy an\u2019ana va urf-odatlar, asrlar davomida shakllangan mentalitet birlashtirib turadi. Ushbu mushtaraklik mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam va ishonchli poydevordir.<br \/>\nAnjumanda so\u2018zga chiqqan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo\u2018yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari P.Draganov O\u2018zbekiston rahbariyatining umumiy rivojlanish va taraqqiyot yo\u2018lida Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini o\u2018zaro yaqinlashtirishga qaratilgan tashabbuslari BMTning asosiy maqsad va vazifalariga hamohang ekanini qayd etdi. Shu munosabat bilan MOPDMM O\u2018zbekistonning bu boradagi takliflarini qo\u2018llashga tayyor. BMT Bosh kotibi A.Guterrishning joriy yil iyun oyida Markaziy Osiyoga tashrifi tashkilot mintaqadagi hamkorlikni qo\u2018llab-quvvatlayotganining yaqqol ifodasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>BMT rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili X.Freyzer O\u2018zbekistonda qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo\u2018ljallangan Harakatlar strategiyasi va unga muvofiq qo\u2018shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo\u2018yicha amalga oshirilayotgan tashqi siyosat kelgusida nafaqat O\u2018zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning yanada farovonlashuvi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta\u2019kidladi. Shu munosabat bilan BMT O\u2018zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo\u2018lidagi sa\u2019y-harakatlarini to\u2018liq qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p>EXHTning Toshkent shahridagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi X.Im ta\u2019kidlaganidek, anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari va diplomatik korpusning yuqori martabali vakillari ishtirok etgani xalqaro hamjamiyatda rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyoda o\u2018zaro hamkorlikni mustahkamlash bo\u2018yicha olib borayotgan mintaqaviy siyosatiga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Anjumanda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari \u2013 Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston va Turkmanistondan nufuzli ekspert va diplomatlar ishtirok etdi. Muhokamalarda qo\u2018shni davlatlarning O\u2018zbekistondagi elchilari ham qatnashdi.<\/p>\n<p>Xorijlik ishtirokchilar tomonidan O\u2018zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyodagi siyosiy muhitni tubdan o\u2018zgartirish, samarali mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam asos yaratgani alohida ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Ishtirokchilarning chiqishlari va fikr-mulohazalari xalqaro hamkorlik va mintaqaviy xavfsizlik borasidagi dolzarb masalalar bo\u2018yicha barcha Markaziy Osiyo davlatlari pozitsiyasi yaqin va o\u2018xshash ekanini ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Anjumanda Markaziy Osiyoda hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash bo\u2018yicha ilgari surilgan g\u2018oya va takliflar BMT shafeligida O\u2018zbekiston tomonidan 2017-yil noyabr oyida Samarqand shahrida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta\u2019minlash bo\u2018yicha xalqaro anjumanda o\u2018z amaliy ifodasini topishiga ishonch bildirildi. Mazkur xalqaro konferensiya yakunlari bo\u2018yicha BMT Bosh Assambleyasiga Markaziy Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta\u2019minlashga qaratilgan rezolutsiyani qabul qilishga da\u2019vat etilgan tegishli kommyunikeni ma\u2019qullash ko\u2018zda tutilgan.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Aynan shu mavzu 2017-yil 11-avgust kuni poytaxtimizda o\u2018tkazilgan xalqaro anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo\u2018ldi.\u00a0<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":215,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[],"tags":[],"class_list":["post-214","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/214","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=214"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/214\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":216,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/214\/revisions\/216"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/215"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=214"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=214"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=214"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}