{"id":2026,"date":"2021-12-21T11:51:59","date_gmt":"2021-12-21T09:51:59","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=2026"},"modified":"2021-12-21T11:51:59","modified_gmt":"2021-12-21T09:51:59","slug":"%d0%b7%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b6%d0%b5%d0%bd-%d0%bd%d0%b0%d0%b4%d0%b5%d0%b6%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d1%84%d1%83%d0%bd%d0%b4%d0%b0%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%b4%d0%bb%d1%8f-%d0%b2%d1%8b%d0%b2%d0%be%d0%b4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2021\/12\/21\/%d0%b7%d0%b0%d0%bb%d0%be%d0%b6%d0%b5%d0%bd-%d0%bd%d0%b0%d0%b4%d0%b5%d0%b6%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d1%84%d1%83%d0%bd%d0%b4%d0%b0%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d0%b4%d0%bb%d1%8f-%d0%b2%d1%8b%d0%b2%d0%be%d0%b4\/","title":{"rendered":"Alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun mustahkam poydevor yaratildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">17-dekabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining Seul shahridagi \u201cChong Va De\u201d qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy martabali mehmon va uning rafiqasi sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Tantanali marosimda Tonggi soflik mamlakatining qadimiy tarixi va yorqin zamonaviyligi o\u2018z aksini topdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u2018ng davlat rahbarlari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o\u2018tkazdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi Prezidenti oliy martabali mehmonni qutlar ekan, Seul Toshkent bilan hamkorlikni barcha yo\u2018nalishlarda yanada rivojlantirishga katta ahamiyat qaratayotganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Hurmatli Shavkat Mirziyoyev janoblarini, mening qadrli birodarimni qutlayman. Seulga xush kelibsiz. Shu yil yanvar oyidagi uchrashuvimizni yaxshi eslayman. O\u2018sha muloqotimiz joriy yilning birinchi oliy darajadagi uchrashuvim bo\u2018ldi. Bugun esa Siz bilan yil yakunida yuzma-yuz ko\u2018rishib turibmiz. Mening diplomatik tadbirlarim aynan Siz bilan boshlanib, yakuniga yetayotganidan ayniqsa mamnunman. Koreya va O\u2018zbekiston alohida strategik sheriklik munosabatlari bilan bog\u2018langan hamkorlardir. Birgalikdagi sa\u2019y-harakatlar bilan qishloq xo\u2018jaligi uskunalari va elektr texnikasi ishlab chiqarish, energotexnika tarmog\u2018i va energetika, sanoat korxonalarini barpo etish kabi sohalarda turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Sizning tashrifingiz doirasida qator muhim hujjatlarga imzo chekiladi. Biz O\u2018zbekiston bilan yelkama-yelka turib, global iqlim o\u2018zgarishlariga qarshi turishga, \u201caqlli\u201d shaharlar, smart-fermalar, AKT va elektrik avtomobillar ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo\u2018nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyormiz. Kelayotgan yilda biz diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligini nishonlaymiz. Umid qilamanki, yangi yilda biz birgalikda farovonlikning yangi sahifasini ochamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev taklif uchun minnatdorlik bildirib, ochiqlik va o\u2018zaro ishonch ikki mamlakat o\u2018rtasidagi munosabatlar rivoji uchun mustahkam poydevor bo\u2018lib kelayotganini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">&#8211; Uchrashib turganimizdan juda mamnunman. Davlat tashrifi bilan go\u2018zal Koreyaga kelishga taklif qilganingiz va har doimgidek iliq mehmondo\u2018stlik uchun minnatdorman. Hozir ob-havo sovuq, lekin koreyalik birodarlarimizning qalbi qaynoq. \u00a0Biz mamlakatingiz va koreys xalqiga alohida bir samimiyat bilan qaraymiz. Mentalitetimiz, an\u2019ana va ma\u2019anaviy qadriyatlarimiz o\u2018xshash. Sizning \u201cYangi siyosat\u201dingiz yuqori texnologiyalar, raqamlashtirish, innovatsion va \u201cyashil\u201d taraqqiyot sohalarida yurtingiz yetakchiligini mustahkamlash, iste\u2019dodli koreys xalqining ulkan intellektual salohiyatini ro\u2018yobga chiqarishga xizmat qildi, &#8211; dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mana 15 yildirki, mamlakatlarimiz strategik sherikdir. Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje Inning do\u2018stligi va siyosiy irodasi esa O\u2018zbekiston-Koreya hamkorligiga yangi sur\u2019at bag\u2018ishlashga kuchli rag\u2018bat bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat rahbarlari to\u2018rtinchi bor uchrashmoqda. 2017 yil noyabr\u00a0oyida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasida davlat tashrifi bilan bo\u2018ldi. 2019 yil aprel oyida Prezident Mun Chje Inning O\u2018zbekistonga javob tashrifi bo\u2018lib o\u2018tdi, uning doirasida Alohida strategik sheriklik to\u2018g\u2018risida qo\u2018shma deklaratsiya qabul qilindi. 2021 yil yanvar oyidagi onlayn sammitda esa yetakchilar o\u2018zaro aloqalarni yanada faollashtirish bo\u2018yicha qator yangi va dolzarb tashabbuslarni ilgari surdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreyaga bu galgi tashrif faol muloqotning mantiqiy davomi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yetakchisi uzoq muddatli istiqbolga mo\u2018ljallangan amaliy sheriklikning ustuvor yo\u2018nalishlarini qayta ko\u2018rib chiqishni davrni o\u2018zi taqozo qilayotganini alohida ta\u2019kidladi. Ikki mamlakat hamkorligi global iqtisodiyotning bugungi tahdidlariga to\u2018liq javob berishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Respublikasi O\u2018zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va qo\u2018shma korxonalar soni qariyb ikki barobar ortdi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, ko\u2018p qirrali munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Koreya Erkin savdo to\u2018g\u2018risidagi bitimni tuzish masalasida ancha ilgariladi. Uchrashuvda ushbu hujjatning kelgusi yilda imzolanishi tufayli tovar ayirboshlash ko\u2018rsatkichlarini oshirish va muvozanatga keltirish imkoniyati paydo bo\u2018lishiga ishonch bildirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreyaning O\u2018zbekistonga investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshgan. Joriy yilda 320 million dollar, ya\u2019ni 2020 yilga nisbatan 20 foiz ko\u2018p o\u2018zlashtirildi. Bu mablag\u2018lar hisobiga kimyo, neft-kimyo, to\u2018qimachilik, qurilish, qishloq xo\u2018jaligida qo\u2018shma loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya Eksimbanki hamda Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik fondi (EDCF) bilan ko\u2018p yillik samarali hamkorlik alohida diqqatga sazovor. Masalan, ushbu jamg\u2018arma doirasidagi moliyalashtirish hajmi 1 milliard dollarga yetkazildi. 2023 yilga qadar O\u2018zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishga salmoqli mablag\u2018 yo\u2018naltirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan sermahsul sheriklik ham kengaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti yaqin davrga mo\u2018ljallangan hamkorlikda uchta asosiy yo\u2018nalish: \u201cyashil\u201d taraqqiyot, raqamlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash masalalari kun tartibida turganini ta\u2019kidladi. Istiqboldagi barcha qo\u2018shma loyihalar, dastur va harakatlar rejalarini shu asosiy ustuvorliklardan kelib chiqqan holda ishlab chiqish taklif etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekistonning inson kapitali va tabiiy resurslari Koreya Respublikasining istiqbolli texnologiyalari va bilimlari bilan birlashsa, jahon bozorida talab yuqori bo\u2018lgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yaxshi zamin yaratish mumkinligini alohida ta\u2019kidladi. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari \u00a0Iqtisodiy taraqqiyotga ko\u2018maklashish fondini (EDPF) jalb qilgan holda Toshkent viloyatida yarimo\u2018tkazgich va elektronika ishlab chiqarish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston-Koreya klasterini tashkil etish taklifini bildirdi. Uning hududida fan-ta\u2019lim muassasalari, ilg\u2018or texnologiyalar sohasidagi tadqiqot va ishlanmalar markazlarini joylashtirish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tomonlar qayd etganidek, mamlakatimizda birgalikda tashkil etilgan To\u2018qimachilik texnoparki va Qishloq xo\u2018jaligi mashinasozligi markazi faoliyatini har tomonlama rag\u2018batlantirish va rivojlantirish davom ettiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Koreyaning raqamli iqtisodiyot, sun\u2019iy intellekt, \u201caqlli shaharlar\u201d, autsorsing, aloqaning yangi avlodi va internet-texnologiyalar borasidagi yutuqlaridan o\u2018z amaliyotida foydalanishdan manfaatdor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatlarimiz sog\u2018liqni saqlash, maktabgacha va oliy ta\u2019lim sohalarida jiddiy hamkorlik qilmoqda. Tibbiyotda amalga oshirilgan ilk yirik qo\u2018shma loyiha natijasida o\u2018tgan yildan buyon Toshkent shahrida Bolalar ko\u2018p tarmoqli klinikasi faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koreya ta\u2019lim modeli dunyodagi eng namunali tajribalardan biridir. Aynan shu bois yurtimiz maktabgacha ta\u2019lim tizimi Koreyadagi hamkorlarning ilg\u2018or tajribasi va bilimlari asosida to\u2018liq isloh qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti universitetlar o\u2018rtasidagi innovatsion hamkorlikni rivojlantirish muhim ekanini ta\u2019kidlab, ularning muntazam muloqoti uchun doimiy maydon yaratish, kelgusi yilda ikki mamlakat oliy ta\u2019lim muassasalari rektorlari forumini o\u2018tkazishni taklif qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muzokaralar chog\u2018ida pandemiyadan keyingi davrda turizm sohasi iqtisodiy o\u2018sish lokomotivlaridan bo\u2018lishi mumkinligi ta\u2019kidlandi. O\u2018zbekiston Koreya kompaniyalarining mehmonxonalar va infratuzilma ob\u2019ektlari qurilishi bilan bog\u2018liq loyihalardagi ishtirokini qo\u2018llab-quvvatlashga tayyor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kelgusi yilda mamlakatlarimiz diplomatik munosabatlar o\u2018rnatilganining 30 yilligi va koreys diasporasi O\u2018zbekistonda istiqomat qilishining 85 yilligini nishonlaydilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari 2022 yilni \u201cO\u2018zbekiston va Koreya Respublikasi o\u2018rtasidagi o\u2018zaro almashinuvlar yili\u201d deb e\u2019lon qilishni, Toshkentda Koreyslar tarixi muzeyi hamda Koreys madaniyat va san\u2019at uyi qoshida kutubxona tashkil etishni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston va Koreyaning ko\u2018plab masalalar yuzasidan qarashlari o\u2018xshashdir. Mamlakatlarimiz xalqaro maydonda bir-biriga ko\u2018maklashmoqda. Koreya Respublikasi O\u2018zbekistonning BMT Inson huquqlari bo\u2018yicha kengashiga saylanishini, shuningdek, 2023 yilda Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 25-sessiyasini o\u2018tkazish joyi sifatida Samarqand nomzodini qo\u2018llab-quvvatladi. O\u2018zbekiston, o\u2018z navbatida, Koreyaning 2024-2025 yillarda BMT Xavfsizlik kengashi muvaqqat a\u2019zosi bo\u2018lish niyatini qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev \u201cKoreya Respublikasi \u2013 Markaziy Osiyo\u201d forumining mintaqamiz barqaror taraqqiyotiga ko\u2018maklashishdagi o\u2018rni kuchayib borayotganini yuqori baholadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston yetakchisi o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning istiqbolli loyiha va dasturlarini ilgari surish maqsadida parlamentlar va hukumatlar darajasidagi muloqotning yangi samarali mexanizmlarini joriy qilishni taklif etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidentining davlat tashrifi, uning doirasida qabul qilingan qarorlar va erishilgan kelishuvlarning ahamiyatiga ko\u2018ra, alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun mustahkam poydevor yaratuvchi tarixiy voqea bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":2027,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-2026","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2026","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2026"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2026\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2028,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2026\/revisions\/2028"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2027"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2026"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2026"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2026"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}