{"id":1611,"date":"2021-04-22T19:01:32","date_gmt":"2021-04-22T17:01:32","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1611"},"modified":"2021-04-22T19:07:07","modified_gmt":"2021-04-22T17:07:07","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2021\/04\/22\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d1%83-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b0\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidentiga \u201cUzbekistan airways\u201d va \u201cUzbekistan airports\u201d aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdim qilindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>TOSHKENT, 19-aprel. <\/strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kuni \u201cUzbekistan airways\u201d hamda \u201cUzbekistan airports\u201d aksiyadorlik jamiyatlarini transformatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1618849410.2723.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, davlatimiz rahbarining 2018 yil 27 noyabrdagi farmoniga muvofiq, \u201cO\u2018zbekiston havo yo\u2018llari\u201d Milliy aviakompaniyasi negizida ikkita \u2013 \u201cUzbekistan airways\u201d hamda \u201cUzbekistan airports\u201d aksiyadorlik jamiyatlari tuzilgan edi. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o\u2018zgarishlar qatorida mazkur kompaniyalar ham transformatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasi bilan bog\u2018liq iqtisodiy qiyin vaziyat aviatsiya tarmog\u2018ini takomillashtirishni talab etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimiz aviakompaniyalarini transformatsiya qilishda asosiy e\u02bctibor iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Masalan, \u201cUzbekistan airways\u201d aksiyadorlik jamiyati xarajatlarini 46,5 million dollarga qisqartirish hisob-kitob qilingan. Buning uchun kompaniya va uning tarkibidagi tashkilotlarda ish o\u2018rinlarini optimallashtirish, foydalanilmayotgan 12 ta samolyotni tasarrufdan chiqarish, aviachiptalarni xorijda sotish bo\u2018yicha agentlar komissiyasi foizini tushirish mo\u2018ljallanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, daromadlarni yiliga 40 million dollarga ko\u2018paytirish maqsad qilingan. Buning uchun talab yuqori bo\u2018lgan shaharlarga charter parvozlarni va yangi yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha kargo tashuvlarini amalga oshirish, barcha mahalliy reyslarga onlayn ro\u2018yxatdan o\u2018tish va joylarni tanlash imkoniyatini joriy etish ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yangi biznes strategiyasiga ko\u2018ra, qatnovlar gibrid usulga o\u2018tkazilib, to\u2018liq xizmatlar va byudjet xizmatlar modeli bo\u2018yicha amalga oshiriladi. Talab kam bo\u2018lgan yo\u2018nalishlarda biznes klass bekor qilinib, o\u2018rindiqlar soni ko\u2018paytiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu yil uchinchi chorakdan boshlab 4 ta A-320 samolyotida loukoster, ya\u02bcni arzon qatnovlar tashkil etish mo\u2018ljallangan. Uzoq masofali yo\u2018nalishlarni rivojlantirish uchun 3 ta A321 NEO LR \u201chavo kemasi\u201dni lizingga olish, mahalliy aviaqatnovlar sonini haftasiga hozirgi 17 tadan 49 tagacha oshirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yo\u2018lovchilar uchun qulayliklarni oshirish maqsadida sohani raqamlashtirish, jumladan, \u201cAerolabs\u201d onlayn xizmatlar ko\u2018rsatish tizimini hamda mijozlar bilan ishlashni boshqarish uchun CRM kompleksini tatbiq etish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezident Shavkat Mirziyoyev xizmatlar qulayligi va sifatini oshirish orqali aholini aviaqatnovlarga ko\u2018proq jalb etish zarurligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cUzbekistan airports\u201d aksiyadorlik jamiyati samaradorligini oshirish bo\u2018yicha ham qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda ushbu jamiyat tarkibida 11 ta aeroport bor va ularning har biri mustaqil faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Taqdimotga ko\u2018ra, mazkur aeroportlarni yagona boshqaruv organi tasarrufida birlashtirish taklif qilinmoqda. Moliyaviy barqarorlikni oshirish maqsadida, xalqaro tajriba asosida, xarajatlarni 32 foizdan 15 foizga tushirish, xaridlarni optimallashtrish, aeroport xizmatlari uchun yig\u2018imlarni 27 foizga, jumladan, ziyorat turizmi doirasida 50 foizgacha kamaytirish mo\u2018ljallanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Daromadlarni ko\u2018paytirish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Xususan, Toshkent xalqaro aeroportida yuk terminalini barpo etib, Yevropa va Sharqiy Osiyo o\u2018rtasida tranzit hajmini oshirish, aerovokzal maydonlarini kengaytirish orqali savdo va xizmatlar tushumini ko\u2018paytirish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlatimiz rahbari aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, yo\u2018lovchi va yuk tashish hajmini har yili oshirib borish, hududlardagi aeroportlarda ketring va boshqa xizmatlarni yo\u2018lga qo\u2018yish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1612,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1611","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1611","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1611"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1611\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1614,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1611\/revisions\/1614"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1612"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1611"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1611"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1611"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}