{"id":1563,"date":"2021-01-19T18:33:28","date_gmt":"2021-01-19T16:33:28","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1563"},"modified":"2021-01-20T10:29:51","modified_gmt":"2021-01-20T08:29:51","slug":"%d0%b4%d0%b8%d1%80%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%be%d1%80-%d0%b8%d1%81%d0%bc%d0%b8-%d1%8d%d0%bb%d0%b4%d0%be%d1%80-%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bf%d0%be%d0%b2-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2021\/01\/19\/%d0%b4%d0%b8%d1%80%d0%b5%d0%ba%d1%82%d0%be%d1%80-%d0%b8%d1%81%d0%bc%d0%b8-%d1%8d%d0%bb%d0%b4%d0%be%d1%80-%d0%b0%d1%80%d0%b8%d0%bf%d0%be%d0%b2-%d0%bf%d0%be%d1%81%d0%bb%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf\/","title":{"rendered":"SMTI direktori Eldor Aripov: Murojaatnoma islohotlarimiz boshida har bir inson, uning manfaatlari va farovonligi turganini yana bir bor ko\u2018rsatib berdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div>Inson, uning manfaatlari va farovonligi davlatimiz rahbarining barcha islohotlarining asosiy maqsadi va asosidir, deb ta\u02bckidladi O\u2018zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov \u00abYangi O\u2018zbekiston\u00bb gazetasining bugungi sonida e\u02bclon qilgan maqolasida.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1611095418.6566.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>Quyida \u201cDunyo\u201d AA\u00a0<strong>\u00abHayotimiz farovonligi asosi\u00bb<\/strong>\u00a0sarlavhali maqolaning to\u2018liq matnini e\u02bctiboringizga havola etmoqda.<\/p>\n<p>\u00ab<strong>2020 yilga koronavirus pandemiyasi sharoiti, tabiiy va texnogen falokatlar oqibatida yuzaga kelgan muammolarni eslab nazar soladigan bo\u2018lsak, nafaqat sinovlarni yengib o\u2018tganimiz, balki qator yutuqlarga erishganimizni ishonch bilan ayta olamiz.<\/strong>\u00a0Bu jihatlar Prezidentimiz Murojaatnomasida o\u2018z ifodasini topdi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yildagi barcha murakkab holatlar obyektiv xususiyatga ega ekaniga qaramasdan, davlatimiz rahbari o\u2018zining \u00abInson manfaatlari \u2014 hamma narsadan ustun\u00bb degan tamoyiliga sodiq qoldi.\u00a0<strong>Davlatlararo chegaralar yopilgan\u00adbo\u2018lsa-da, 600 mingdan ortiq vatandoshimiz yurtimizga olib kelindi.\u00a0<\/strong>Buning uchun diplomatik, sanitar-epidemiologik, transport-logistik va boshqa zarur resurslar safarbar qilindi.<\/p>\n<p>Albatta, buni birdaniga amalga oshirishning imkoni bo\u2018lmadi. Lekin fuqarolarimiz chet mamlakatlarda o\u2018z holiga tashlab qo\u2018yilmadi,\u00a0<strong>100<\/strong>\u00a0mingga yaqin yurtdoshlarimizga yordam berildi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlardagi elchixonalarimiz va o\u2018z yordamlarini ayamagan volontyorlar tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimiz har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p><strong>Pandemiya sababli qiynalib qolgan oddiy fuqarolar va tadbirkorlar ham e\u02bctibordan chetda qolmadi.<\/strong>\u00a0Ularga turli soliq imtiyozlari taqdim qilindi, kredit qarzlarini to\u2018lash muddatlari uzaytirildi va\u00a0<strong>66<\/strong>\u00a0trillion so\u2018mdan iborat moliyaviy ko\u2018mak ko\u2018rsatildi. Butun xalqimizni birlashtirgan \u00abSaxovat va ko\u2018mak\u00bb umumxalq harakati doirasida\u00a0<strong>800\u00a0<\/strong>mingdan ziyod kam ta\u02bcminlangan oilalarga 1 trillion so\u2018mdan ortiq moddiy yordam berildi.<\/p>\n<p>Albatta, ehtiyojmandlarning barcha muammolarini birdaniga hal qilish qiyin. Moddiy yordam taqsimlanishi jarayonida Bosh prokuratura qonun buzilishi holatlarini ham aniqladi.\u00a0<strong>Biroq insonlarning manfaatlari davlat uchun eng muhim ustuvorlikka egaligi shubhasiz.<\/strong><\/p>\n<p>E\u02bctiborlisi,\u00a0<strong>pandemiya<\/strong>\u00a0va u bilan bog\u2018liq masalalar Murojaatnomada eng ko\u2018p tilga olindi. Yutuqlar haqida so\u2018z ketganida, diqqatga sazovor bir nechta omillarni qayd etish o\u2018rinli bo\u2018lardi.<\/p>\n<p><strong>Birinchidan,<\/strong>\u00a0koronavirus epidemiyasi obyektiv ravishda nazoratga olindi. Prezidentimizning qat\u02bciy topshirig\u2018i va tavsiyalari asosida epidemiyaning dastlabki davrida yuzaga kelgan sarosimani yengib o\u2018tib, sog\u2018liqni saqlash tizimida to\u2018la safarbarlikni yo\u2018lga qo\u2018yishga erishildi. Qisqa muddat ichida bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko\u2018rsatish maqsadida\u00a0<strong>30<\/strong>\u00a0mingga yaqin o\u2018rin tashkil qilindi.<\/p>\n<p><strong>200<\/strong>\u00a0mingdan ortiq tibbiyot xodimlari va\u00a0<strong>150<\/strong>\u00a0nafar xorijiy mutaxassis jalb qilindi. Hozirda kasallanishning kunlik o\u2018sish ko\u2018rsatkichi\u00a0<strong>70<\/strong>\u00a0tadan oshmayapti. Bu dunyodagi eng past ko\u2018rsatkichlardan biridir.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchidan,<\/strong>\u00a0yana bir jihatni alohida aytish kerak. Ya\u02bcni, o\u2018tgan yilda\u00a0<strong>1<\/strong>\u00a0milliard\u00a0 dollar miqdorida meva va sabzavot eksport qilindi. Binobarin,\u00a0 oldingi yillarda ham biz paxta tolasining eksportidan bunday ko\u2018rsatkichga erishmaganmiz. 2020 yilda paxtaning hosildorligi ham\u00a0<strong>10<\/strong>\u00a0foizga oshdi.<\/p>\n<p>Bunda xususiy xo\u2018jaliklar va klasterlarning xizmati beqiyos. Ahamiyatlisi, bunday natijaga talaba va byudjet idoralari xizmatchilarini jalb qilmasdan, davlat tomonidan maxsus imtiyoz hamda preferensiyalar berilmasdan erishildi. Aksincha, yangi ish o\u2018rinlari yaratildi, mamlakatga suv va energiyani ortiqcha sarflamaydigan, ekologik toza mahsulot yetishtirish imkonini beradigan yangi qishloq xo\u2018jaligi texnikalari, texnologiyalar olib kelindi.<\/p>\n<p>Bu agrar sohada amalga oshirilgan islohotlar dastlabki natijalarining o\u2018ta muhim ko\u2018rsatkichlaridir. Zero, buning zamirida o\u2018tgan bir necha o\u2018n yillar davomida bozor iqtisodiyoti mantig\u2018iga to\u2018g\u2018ri kelmaydigan, minglab odamlarni dalalarga olib chiqish va faqat paxta xomashyosini yetishtirishga ixtisoslashgan tizim o\u2018rniga yangi, bozor munosabatlari hamda zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yondashuv mavjud.<\/p>\n<p><strong>Uchinchidan,<\/strong>\u00a0yoshlarimizni oliy ta\u02bclim bilan qamrab olish darajasi\u00a0<strong>25<\/strong>\u00a0foizgacha yetkazildi. To\u2018rt yil oldin mazkur ko\u2018rsatkich\u00a0<strong>9<\/strong>\u00a0foizdan oshmas edi. Mamlakat bu indikator bo\u2018yicha dunyoda eng oxirgi o\u2018rinda bo\u2018lib, fuqarolar urushi davom etayotgan Afg\u2018oniston bilan yonma-yon edi.<\/p>\n<p>Mamlakatda yangi o\u2018quv muassasalari va yetakchi xorijiy oliy ta\u02bclim muassasalarining filiallari tashkil qilinmoqda. Bu uzoq vaqt mobaynida obyektiv tarzda yuzaga kelgan o\u2018ta muhim vazifalardan biri, ya\u02bcni, turli sohalarda yetuk mutaxassislar zaxirasini shakllantirishga qaratilgan.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchidan,<\/strong>\u00a0sudlar mustaqilligi ta\u02bcminlanishi natijasida 2020 yilning o\u2018zida\u00a0<strong>719\u00a0<\/strong>nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.\u00a0 Eslatib o\u2018tish kerak,\u00a0<strong>4\u00a0<\/strong>yil oldin bu kabi oqlov hukmlari mavjud emas edi. Albatta, bu ko\u2018rsatkich\u00a0 sudlarimiz to\u2018liq mustaqillikka erishdi, degani emas. Ammo bu boradagi statistika ko\u2018p jihatlarni oydinlashtiradi. Agar ilgari tadbirkorlarimiz va fuqarolar davlat idoralariga nisbatan sud jarayonlarida kamdan-kam holatlarda g\u2018olib bo\u2018la olgan bo\u2018lsa, bugungi kunda raqamlar buning aksini ko\u2018rsatmoqda. 2017 yildan boshlab ma\u02bcmuriy sudlar tomonidan qariyb 70 foiz ishlar fuqaro va tadbirkorlar foydasiga qanoatlantirilgan.<\/p>\n<p><strong>Beshinchidan,<\/strong>\u00a0yurtimizda kechayotgan yangilanishlar xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmoqda va O\u2018zbekistonning global maydondagi nufuzini oshirmoqda. Tarixda birinchi marta O\u2018zbekiston BMTning Inson huquqlari bo\u2018yicha kengashi a\u02bczosi etib saylandi. Shu bilan birga, O\u2018zbekiston AQSH Davlat departamentining diniy erkinlik sohasidagi maxsus kuzatuvdagi mamlakatlar ro\u2018yxatidan chiqarilishi amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli demokratik islohotlarimizga berilgan yuqori baho bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><strong>Shu bilan birga, Prezidentimiz o\u2018z Murojaatnomasida nafaqat bajarilgan ishlar sarhisobiga to\u2018xtaldi, balki keyingi islohotlar uchun keng ko\u2018lamli dasturni e\u02bclon qildi. Uning o\u2018ziga xos xususiyati o\u2018ta aniq va qat\u02bciy natijalarga qaratilganida namoyon bo\u2018ladi.<\/strong><\/p>\n<p>Jumladan, davlatimiz rahbari Murojaatnomada\u00a0<strong>150<\/strong>\u00a0dan ortiq tashabbus va takliflarni ilgari surdi. Bu jarayonda birorta ham soha e\u02bctibordan chetda qolmadi.<\/p>\n<p>Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalarni moliyalashtirish ko\u2018lami ham katta ahamiyatga ega. Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko\u2018ra, Murojaatnoma doirasida e\u02bclon qilingan tashabbuslar, loyihalar hamda vazifalarga\u00a0<strong>25,6<\/strong>\u00a0trillion so\u2018m va\u00a0<strong>1,4<\/strong>\u00a0milliard dollar miqdorida mablag\u2018 ajratish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p><strong>Prezidentimiz Murojaatnomasining asosiy mazmuni ijtimoiy rivojlanishdir.<\/strong>\u00a0Xalq farovonligi, odamlarning turmush darajasini har tomonlama yaxshilash masalalari ko\u2018p bor ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari lingvistik tahlili davlatimiz rahbari Murojaatnomasida ijtimoiy sohaga bo\u2018lgan e\u02bctiborning evolyutsiyasini yaqqol namoyon etadi. Agar\u00a0<strong>2017\u00a0<\/strong>yilda ijtimoiy mavzularga oid so\u2018zlar nutqning\u00a0<strong>11<\/strong>\u00a0foizini tashkil qilgan bo\u2018lsa, 2020 yilda ushbu ko\u2018rsatkich\u00a0<strong>28<\/strong>\u00a0foizga yetdi.<\/p>\n<p>Ushbu an\u02bcana bu yil ham davom ettirilib,\u00a0<strong>Prezident ilgari e\u02bclon qilgan rivojlanish yo\u2018liga sodiq qoldi.<\/strong>\u00a0Murojaatnomaning eng katta va muhim qismi ijtimoiy muammolar va iqtisodiy rivojlanish masalalariga bag\u2018ishlandi. Umuman olganda, Prezidentimiz aholini ijtimoiy himoya qilish samaradorligi hamda fuqarolar turmushi farovonligini oshirish va ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan\u00a0<strong>70<\/strong>\u00a0dan ortiq tashabbuslarni e\u02bclon qildi.<\/p>\n<p><strong>Kambag\u2018allikni qisqartirish Murojaatnomaning asosiy maqsadidan biriga aylandi<\/strong>. Prezident ushbu masalalar yechimiga batafsil to\u2018xtaldi. Xususan, birinchi navbatda, bandlikni ta\u02bcminlash masalasiga alohida urg\u2018u berildi. Bu borada mahallalarda 1<strong>000<\/strong>\u00a0dan ortiq kasb-hunar ta\u02bclimi markazlarini tashkil etish loyihalarini ta\u02bckidlash lozim. O\u2018quv kurslarini tugatgan va xususiy tadbirkorlik bilan shug\u2018ullanishni istaganlarning barchasi zarur uskunalarni sotib olishi uchun\u00a0<strong>7<\/strong>\u00a0million so\u2018mgacha subsidiyalar olishi mumkin. Bundan tashqari, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ish bilan ta\u02bcminlash uchun bandlikka ko\u2018maklashish va Jamoat ishlari jamg\u2018armalariga\u00a0<strong>500<\/strong>\u00a0milliard so\u2018m yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Aholi Murojaatnomadan o\u2018zlarini o\u2018ylantirib kelayotgan savollarga batafsil javob topdi. Bu borada ham davlatimiz rahbarining oddiy xalq bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri uchrashuvlari, o\u2018zaro muloqoti ta\u02bcsirini yaqqol sezish mumkin. Bu Shavkat Mirziyoyevning hududlarga tashrifi davomida yoki tadbirlardagi ishtirokida o\u2018zgarmas amaliyotga aylanib ulgurgan. Prezidentimiz xalq va yoshlar bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muloqot orqali barcha \u201cog\u2018riqli nuqtalar\u201d va mavjud kamchiliklar haqida bevosita tasavvurga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shu sababli, Murojaatnomada keng qamrovli manzilli choralar ko\u2018rsatilgan. Yoshlarni, kam ta\u02bcminlangan, e\u02bctiborga muhtoj oilalar farzandlarini, yetim bolalarni, o\u2018qituvchilarni qo\u2018llab-quvvatlash, maktablar, bolalar bog\u2018chalari qurish, teatrlar, muzeylar, madaniyat, sport muassasalarini bunyod etish, rekonstruksiya qilish, shaharu qishloqlarda yo\u2018llar qurish va ta\u02bcmirlash shular jumlasidan. Oddiy odamlar ehtiyoj va talablariga nisbatan bunday yondashuv, shubhasiz,\u00a0<strong>Prezidentimizning xalq fikr-mulohazalarini tinglab,\u00a0 ularni qiynayotgan savollarga o\u2018z vaqtida javob berishini,<\/strong>\u00a0ayni paytda muntazam tegishli chora-tadbirlar qo\u2018llayotganini namoyon qiladi.<\/p>\n<p>Bu borada aholini gaz bilan uzluksiz ta\u02bcminlash masalasida zudlik bilan ko\u2018rilgan chora-tadbirlarni alohida qayd etish lozim. Jumladan, davlatimiz rahbari bu muammoning yechimi sifatida qo\u2018shimcha gaz talabining\u00a0<strong>35<\/strong>\u00a0foizi eksport resurslarini ichki bozorga yo\u2018naltirish, qolgan qismi import hisobidan qoplanishini belgilab berdi. Bundan tashqari, 2021 yildan tabiiy gaz yetkazib berishda monopoliyaga barham berish rejalashtirilgan. Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar gazni birjada sotish imkoniga, ulgurji iste\u02bcmolchilar esa uni sotib olish huquqiga ega bo\u2018ladi. Suyultirilgan gaz bozorida xususiy sektorning ishtiroki kengaytiriladi va uni import qilishda boj to\u2018lovlari bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Murojaatnomada jamiyatda eng ko\u2018p muhokamalarga sabab bo\u2018lgan mavzu \u2014avtomobillar bozoridagi monopoliya masalasi ham ko\u2018tarildi. Ushbu sohada raqobatni kuchaytirish maqsadida korxonalarga teng imkoniyatlar yaratish va avtomobil sanoati ishlab chiqaruvchilari sonini ko\u2018paytirish ko\u2018zda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Korrupsiya muammosi bo\u2018yicha Moliya vazirligiga davlat organlarining byudjetdan tashqari jamg\u2018armalar daromadi va xarajati, davlat ishtirokidagi tashkilotlar xaridlari, shuningdek, davlat subsidiyalari hamda grantlari to\u2018g\u2018risidagi ma\u02bclumotni chop etish amaliyotini yo\u2018lga qo\u2018yish ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Bu tizim orqali davlat muassasalari faoliyatining ochiqligini yuqori darajada ta\u02bcminlashga erishiladi. Bu, o\u2018z navbatida, davlat idoralari faoliyati jamoatchilikning qat\u02bciy nazoratida bo\u2018lishiga zamin yaratadi.<\/p>\n<p><strong>Murojaatnomada, shuningdek, yoshlar va ta\u02bclimga bo\u2018lgan alohida e\u02bctiborni ham ta\u02bckidlash lozim.<\/strong><\/p>\n<p>Jahon tajribasi shuni ko\u2018rsatadiki, inson ishtirokisiz hech qanday olg\u2018a siljishni amalga oshirishning imkoni yo\u2018q. Aynan odamlar mamlakatning asosiy ustunligi va kapitalidir.<\/p>\n<p>Joriy yilning \u00abYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u00bb deb e\u02bclon qilinishi ushbu mantiqqa to\u2018la mos keladi.<\/p>\n<p><strong>Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib, bevosita muloqot qilish orqali yigit-qizlarimizda jamoat ishlariga kirishish, islohotlarni \u201cyuqoridan pastga\u201d tamoyili bo\u2018yicha amalga oshirilishini kutish emas, aksincha, tashabbusni quyidan ko\u2018rsatishga tayyor ekanini ko\u2018ra oldi.<\/strong>\u00a0Yoshlardagi faollik va ishga bo\u2018lgan yondashuv ko\u2018plab amaldorlarda yetishmasligini davlatimiz rahbari tanqidiy qayd etib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Kreativ, erkin, ilmli yoshlar islohotlar jarayonining asosiy drayveri, O\u2018zbekistonning raqobatbardosh ustunligi bo\u2018la oladi va shunday bo\u2018lishi ham lozim. Buning uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda, shuningdek, ta\u02bclim olish, ijod qilish va yosh avlodni mamlakat hayotida ishtirok etishi uchun sharoit yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, oliy ta\u02bclim muassasalaridagi davlat granti uchun ajratilgan o\u2018rinlar\u00a0<strong>25<\/strong>\u00a0foizga, shu jumladan, ehtiyojmand oilalar qizlari uchun\u00a0<strong>ikki\u00a0<\/strong>barobarga oshiriladi. Bu yoshlarni oliy ta\u02bclim bilan qamrovi darajasini yana-da oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Oliygohlar va ilmiy muassasalarda doktorantlar sonini\u00a0<strong>4,5<\/strong>\u00a0minggacha yetkazish rejalashtirilgan. Ushbu maqsadda byudjetdan qo\u2018shimcha\u00a0<strong>240<\/strong>\u00a0milliard so\u2018m ajratiladi. 2021 yilda \u201cEl-yurt umidi\u201d jamg\u2018armasi doirasida xorijiy oliy o\u2018quv yurtlariga ta\u02bclim olish uchun yuboriladigan yoshlar soni birdaniga\u00a0<strong>besh<\/strong>\u00a0barobarga oshiriladi.<\/p>\n<p>Shubhasiz, ushbu sohaga qaratilayotgan e\u02bctibor va ajratilayotgan mablag\u2018lar kelajak uchun kiritilgan eng yaxshi investitsiyadir. Zero, mashhur amerikalik siyosatchi Benjamin Franklin ta\u02bckidlaganidek, \u00ab<strong>bilimga kiritilgan sarmoya eng yaxshi natija beradi\u00bb.<\/strong><\/p>\n<p>Butun Yevropaning iqtisodiy o\u2018sish dvigateli hisoblangan Germaniya ta\u02bclim va ilmiy tadqiqotlar uchun xarajatlarni yildan-yilga barqaror oshirib bormoqda. O\u2018z navbatida, Xitoyda aniq fanlar va informatikani chuqurlashtirib o\u2018rganishga bo\u2018lgan sa\u02bcy-harakat mamlakatda yangi turdagi \u2014 innovatsion iqtisodiyot shakllanishida muhim rol o\u2018ynadi. Bugun Xitoy\u00a0<strong>Global innovatsiyalar indeksida 14<\/strong>-o\u2018rinni egallaydi va ushbu yo\u2018nalishda yetakchilardan biri hisoblanadi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz tomonidan Yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili uchun bildirilgan tashabbuslar ro\u2018yobga chiqishi yoshlarning o\u2018z qobiliyatini namoyon qilishida ularni qo\u2018llab-quvvatlash, salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Murojaatnoma islohotlarimiz boshida har bir inson, uning manfaatlari va farovonligi turganini yana bir bor ko\u2018rsatib berdi. Bu davlatimiz rahbarining asosiy maqsadidir\u00bb.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1564,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1563","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1563","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1563"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1563\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1566,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1563\/revisions\/1566"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1564"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1563"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1563"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1563"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}