{"id":1555,"date":"2020-12-29T11:21:17","date_gmt":"2020-12-29T09:21:17","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1555"},"modified":"2020-12-29T11:21:17","modified_gmt":"2020-12-29T09:21:17","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7%d0%b8%d1%91%d0%b5%d0%b2-%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%8f","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/12\/29\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%88%d0%b0%d0%b2%d0%ba%d0%b0%d1%82-%d0%bc%d0%b8%d1%80%d0%b7%d0%b8%d1%91%d0%b5%d0%b2-%d0%b1%d0%bb%d0%b0%d0%b3%d0%be%d0%b4%d0%b0%d1%80%d1%8f\/","title":{"rendered":"Shavkat Mirziyoyev: Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o\u2018tmoqdamiz"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div>O\u2018zbekiston Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnoma yo\u2018llamoqda, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1609257601.1551.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Assalomu alaykum, hurmatli deputat va senatorlar!<\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Muhtaram mehmonlar!<\/p>\n<p>Xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy Majlisga va xalqimizga yo\u2018llanayotgan bu yilgi Murojaatnoma, o\u2018tgan yillardan farqli ravishda, murakkab bir davrga to\u2018g\u2018ri kelmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat koronavirus pandemiyasi degan global ofatni boshidan o\u2018tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so\u2018nggi yuz yilda ro\u2018y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oxirgi ma\u02bclumotlarga ko\u2018ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari vafot etgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun \u2013 shunga e\u02bctibor bering \u2013 har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo\u2018yicha 500 million ish o\u2018rinlari yo\u2018qotilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab muammolarni keltirib chiqardi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buxoro va Sardobada yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir bor sinovdan o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona mehnati va matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi sa\u02bcy-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o\u2018tmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xabaringiz bor, pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab, butun boshqaruv tizimi va barcha tibbiyot muassasalari favqulodda ish rejimiga o\u2018tkazildi. Qisqa muddatda Toshkent shahri va hududlarda, barcha sharoitlarga ega bo\u2018lgan qariyb 30 ming o\u2018rinli davolash maskanlari tashkil etildi. Ular zarur dori-darmon, himoya va eng zamonaviy diagnostika vositalari bilan ta\u02bcminlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiyaga qarshi kurashish uchun 200 mingdan ziyod tibbiyot xodimi, jumladan, chet ellik 150 nafar yuqori malakali shifokor va mutaxassislar jalb etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xorijdan 600 mingdan ortiq vatandoshimiz yurtimizga olib kelindi. Chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan 100 mingga yaqin fuqarolarimizga zarur yordamlar ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiya oqibatlarini yumshatish va bartaraf etish uchun davlat tomonidan jami 82 trillion so\u2018mlik kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, Inqirozga qarshi jamg\u2018arma tashkil etilib, koronavirusga qarshi kurashish, aholi va korxonalarni qo\u2018llab-quvvatlash bilan bog\u2018liq tadbirlarga byudjetdan 16 trillion so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, davlat korxonalariga va 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subyekti hamda qariyb 8 million fuqaroga jami 66 trillion so\u2018mlik soliq imtiyozlari, kredit muddatlarini uzaytirish va moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha amaliy yordamlar berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cSaxovat va ko\u2018mak\u201d umumxalq harakati doirasida fidoyi va olijanob vatandoshlarimizning faol ishtirokida 800 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarga 1 trillion so\u2018mdan ortiq moddiy yordam ko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z paytida ko\u2018rilgan tezkor va tizimli choralarimiz natijasida ushbu xatarli kasallikning keng tarqalishiga yo\u2018l qo\u2018yilmadi. Yurtimizda osoyishta hayot, barqaror iqtisodiy rivojlanish davom etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Karantin talablarini to\u2018g\u2018ri qabul qilib, ularga amal qilgan, sabr-toqatli, olijanob xalqimizga, o\u2018ta xatarli vaziyatda o\u2018zini ayamasdan mardona mehnat qilgan jonkuyar shifokorlarga, \u201cSaxovat va ko\u2018mak\u201d umumxalq harakatida munosib ishtirok etgan barcha tadbirkor va fuqarolarimizga yana bir bor o\u2018zimning chuqur minnatdorchiligimni izhor etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Pandemiyaga qarshi kurashda bizga amaliy ko\u2018mak bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog\u2018liqni saqlash tashkiloti, xalqaro moliya institutlari, Rossiya, Xitoy, AQSH, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlar rahbarlariga tashakkur bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimiz bilan yaqin do\u2018stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo\u2018shib kelayotgan chet davlatlarning hurmatli elchilari, xalqaro tashkilotlar vakillariga rahmat aytib, ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u00a0Hurmatli parlament a\u02bczolari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilda \u201cIlm, ma\u02bcrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish\u201d Davlat dasturiga muvofiq, yangi O\u2018zbekistonni barpo etish bo\u2018yicha barcha sohalarda islohotlarni qat\u02bciy davom ettirdik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi va xalqaro reyting agentliklari tahlillariga ko\u2018ra, bu yilgi sinovlarga qaramasdan, O\u2018zbekiston dunyoning sanoqli davlatlari qatorida ijobiy o\u2018sish sur\u02bcatlarini saqlab qoldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yevropa Ittifoqi tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda mamlakatimizga kengaytirilgan savdo preferensiyalari \u2013 GSP+ tizimini tatbiq etish bo\u2018yicha muhim qadamlar tashlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu tizim kelgusida respublikamizda ishlab chiqariladigan 6 ming turdagi mahsulotlarni Yevropa bozoriga boj to\u2018lamasdan olib kirish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu, o\u2018z navbatida, birgina to\u2018qimachilik mahsulotlarining yillik eksportini 300 million dollarga oshirish uchun sharoit yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Joriy yilda mamlakatimizning xalqaro moliya bozorlariga chiqish imkoniyatlari yana-da yaxshilandi, ilk bor milliy valyutada 2 trillion so\u2018mlik davlat yevroobligatsiyalari past foizlarda joylashtirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil respublikamizda 197 ta yirik, minglab kichik va o\u2018rta korxonalar hamda infratuzilma obyektlari barpo etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jumladan, \u201cNavoiyazot\u201dda ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksi hamda azot kislotasi zavodi, Muborak, Gazli va Sho\u2018rtan neft-gaz korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish qurilmalari, Toshkent metallurgiya zavodi kabi yirik quvvatlar ishga tushirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgina energetika sohasida xorijiy investorlar bilan davlat-xususiy sheriklik asosida 6 ta yangi elektr stansiyasini barpo etish ishlari boshlandi. Ularning umumiy qiymati 2 milliard dollar bo\u2018lib, 2 ming 700 megavatt quvvatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent shahrida 2 ta yangi metro stansiyasi va ilk bor, 18 kilometrlik yerusti metrosi foydalanishga topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qishloq xo\u2018jaligidagi islohotlar, yer maydonlari to\u2018liq xususiy klaster va kooperatsiyalarga berilgani paxtachilikda hosildorlikni bir yilda o\u2018rtacha 10 foizga oshirish imkonini yaratdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Meva-sabzavotchilik, g\u2018allachilik va chorvachilikda ham 500 ga yaqin klaster va kooperatsiyalar faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi. Buning natijasida, pandemiyaning salbiy ta\u02bcsiriga qaramasdan, 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil 91 ming gektar yer maydoni qaytadan foydalanishga kiritildi. 133 ming gektar yoki o\u2018tgan yilubga nisbatan 2 barobar ko\u2018p maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tadbirkorlikni keng qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha ko\u2018plab imtiyoz va yengilliklar berildi. Tadbirkorlik subyektlariga 100 trillion so\u2018m yoki 2016 yilubga nisbatan qariyb 4 barobar ko\u2018p kreditlar ajratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2020 yil aholini ijtimoiy himoya qilish borasida tub burilish yili bo\u2018ldi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, aholining muayyan qatlami o\u2018rtasida kambag\u2018allik mavjudligini birinchi marta tan olib, uni qisqartirish bo\u2018yicha keng qamrovli ishlarni boshladik. Barcha tuman va shaharlarda, har bir mahallada ehtiyojmand oilalar, ayollar va yoshlar bilan manzilli ishlash bo\u2018yicha mutlaqo yangi tizim joriy etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qisqa muddatda bu tizim orqali 527 ming fuqaroning bandligi ta\u02bcminlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, o\u2018zini o\u2018zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda ko\u2018pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini qonuniy tarzda yo\u2018lga qo\u2018ydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dehqon xo\u2018jaligi va tomorqa yer egalariga 300 milliard so\u2018m imtiyozli kredit va subsidiya ajratilgani ham qishloq aholisini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashda yangi yo\u2018nalishga aylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Toshkent shahri, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farg\u2018ona viloyatlarida tashkil etilgan IT parklarda, 500 dan ortiq zamonaviy kompaniyalar ish boshladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yakunlanayotgan yilda markazlashgan ichimlik suv ta\u02bcminotini yaxshilash uchun 3 trillion so\u2018m yoki 2016 yilga nisbatan 5 barobar ko\u2018p mablag\u2018 ajratildi. Natijada aholining toza ichimlik suvi bilan ta\u02bcminlanish darajasi 73 foizga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birgina joriy yilda ijtimoiy nafaqa oluvchilar qamrovi 2 barobarga oshirilib, 1 million 200 ming nafarga yetkazildi. Ushbu maqsadlarga byudjetdan 2016 yilgiga nisbatan 5 barobar ko\u2018p mablag\u2018 ajratildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta\u02bclim bilan qamrab olish darajasi 4 yil davomida 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bog\u2018chalar soni esa 3 barobarga ko\u2018payib, 14 mingdan oshdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil oliy ta\u02bclimga qabul parametrlari 2016 yilga nisbatan 2,5 barobarga o\u2018sdi, yoshlarimizni oliy ta\u02bclim bilan qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ehtiyojmand oilalarning mingga yaqin qizlari ilk bor oliy o\u2018quv yurtlariga alohida davlat grantlari asosida qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston \u201cOchiq ma\u02bclumotlarni kuzatish\u201d xalqaro indeksida 125 pog\u2018onaga ko\u2018tarilib, 44-o\u2018rinni egalladi. Bunda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi 20 ta yo\u2018nalish bo\u2018yicha ko\u2018rsatkichlarni oshkor qilib borish amaliyoti joriy etilgani muhim ahamiyat kasb etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cIqtisodiy erkinlik\u201d reytingida ham mamlakatimizning 26 pog\u2018ona ko\u2018tarilgani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir e\u02bctirofi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan jazolar tayinlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jazo muddatini o\u2018tayotgan va tuzalish yo\u2018liga qat\u02bciy kirgan 616 nafar fuqaro afv etildi. Sudlar mustaqilligi ta\u02bcminlanishi natijasida joriy yilning o\u2018zida 719 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston fuqarolari qayerda bo\u2018lmasin, ularning konstitutsiyaviy huquqlari ishonchli himoya qilinmoqda. \u201cMehr-3\u201d operatsiyasi amalga oshirilib, Suriyadan yana 98 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar Vatanimizga olib kelingani buning yaqqol tasdig\u2018idir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahonda kechayotgan murakkab geosiyosiy jarayonlar, koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqiroz sharoitida, O\u2018zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faol olib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro maydondagi qat\u02bciy sa\u02bcy-harakatlarimiz natijasida yurtimizning nufuzi va obro\u2018-e\u02bctibori tobora yuksalmoqda. Mamlakatimiz tarixda birinchi marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo\u2018yicha kengashiga a\u02bczo etib saylandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yaqinda AQSH davlat departamenti tomonidan O\u2018zbekiston diniy erkinlik sohasidagi \u201cmaxsus kuzatuvdagi davlatlar\u201d ro\u2018yxatidan chiqarilgani ham keng ko\u2018lamli demokratik islohotlarimizning e\u02bctirofidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining oliy minbaridan ilgari surgan global va mintaqaviy tashabbuslarimiz dunyo hamjamiyati tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinib, qo\u2018llab-quvvatlanmoqda.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1556,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1555","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1555","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1555"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1557,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1555\/revisions\/1557"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1556"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}