{"id":1528,"date":"2020-11-08T12:38:45","date_gmt":"2020-11-08T10:38:45","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1528"},"modified":"2020-11-08T12:40:38","modified_gmt":"2020-11-08T10:40:38","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d1%80%d0%b0%d0%b1","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/11\/08\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d0%be%d0%b7%d0%b4%d1%80%d0%b0%d0%b2%d0%b8%d0%bb-%d1%80%d0%b0%d0%b1\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti sog\u2018liqni saqlash sohasi xodimlarini tabrikladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalo, o\u2018z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g\u2018oyat mas\u2019uliyatli va sharafli ishga bag\u2018ishlagan siz, azizlarni kasb bayramingiz \u2013 Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o\u2018zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug\u2018 kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o\u2018z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya sharoitida chinakam salomatlik posbonlari bo\u2018lib maydonga chiqayotganingiz har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu xavfli kasallikka chalingan ming-minglab yurtdoshlarimizning shifo topib, oilasi bag\u2018riga qaytayotganida, hech shubhasiz, sizlarning beqiyos xizmatlaringiz bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, bu mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o\u2018z hayotini xavf-xatarga qo\u2018yib, jasorat va matonat namunasini ko\u2018rsatib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlariga o\u2018z nomimdan, butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hurmatli tibbiyot xodimlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz o\u2018z oldimizga xalqimizni har tomonlama rozi qilishdek ulug\u2018 vazifani qo\u2018ygan ekanmiz, bu maqsadga erishish yo\u2018lida sog\u2018liqni saqlash tizimini jadal rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat qaratmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi to\u2018rt yilda bu borada sizlar bilan birga ulkan ishlarni amalga oshirdik. Bu davrda sohaga doir 200 ga yaqin me\u2019yoriy-huquqiy hujjat, jumladan, O\u2018zbekiston Respublikasi sog\u2018liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganini qayd etish lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizda birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar takomillashib bormoqda. Onalar va bolalar o\u2018limining oldini olish, kasalliklarni barvaqt aniqlash, oilalarda sog\u2018lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatni oshirish, aholining o\u2018rtacha umr ko\u2018rish darajasini uzaytirish bo\u2018yicha sezilarli natijalar qo\u2018lga kiritilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ma\u2019lumki, 2020 yil O\u2018zbekiston sog\u2018liqni saqlash tizimi uchun mislsiz sinov, ayni vaqtda izchil rivojlanish, yangi tajriba orttirish yili bo\u2018ldi.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Soha rivoji uchun davlat byudjetidan 14,8 trillion so\u2018m yoki 2019 yilga nisbatan 1,2 barobar ko\u2018p mablag\u2018 ajratilgani, shuningdek, Investitsiya dasturiga muvofiq ushbu tizimga 1,15 trillion so\u2018m mablag\u2018 yo\u2018naltirilgani mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, katta ishlarni amalga oshirish imkonini berdi. Jumladan, markazda va joylarda qisqa muddatda davolash-profilaktika muassasalari, karantin zonalari hamda saralash-taqsimlash markazlari barpo etildi, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 4 ming o\u2018rinli ko\u2018p tarmoqli maxsus shifoxona ishga tushirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018z vaqtida ko\u2018rilgan bunday chora-tadbirlarimiz bugun ijobiy natija berayotganini alohida ta\u2019kidlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayni vaqtda reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar hamda bolalarga tibbiy yordam ko\u2018rsatish sifatini oshirish va ko\u2018lamini kengaytirish maqsadida zamonaviy tibbiyot markazlari, xususan, Toshkent shahrida Ikkinchi perinatal markaz, ilg\u2018or tibbiy texnologiyalar bilan jihozlangan, yiliga 1500 dan ziyod murakkab tibbiy amaliyotni bajarish imkonini beradigan Bolalar milliy tibbiyot markazi foydalanishga topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Soha xodimlarining mehnatini munosib rag\u2018batlantirish, oylik maoshlarini ko\u2018paytirish, pandemiya sharoitida ishlayotgan shifokorlarga qo\u2018shimcha haq to\u2018lash bo\u2018yicha yangi tizim joriy etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil olis qishloq va ovullarda 798 ta oilaviy poliklinika tashkil etilib, ularda ijtimoiy dorixona, kechayu kunduz ishlaydigan tez tibbiy yordam shoxobchasi, ayollar maslahatxonalari, qizlar salomatligi xonalari faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilgani ham muhim ishlarimiz qatoriga kiradi. Shuningdek, akusher-ginekolog, xirurg, stomatolog, terapevt, pediatr kabi 5 ta yo\u2018nalishdagi tor soha mutaxassislari faoliyatini yo\u2018lga qo\u2018yish hisobidan qishloq ahliga malakali ambulatoriya yordami ko\u2018rsatadigan tizim ish boshladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda respublikamizda ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining umumiy soni 18 taga yetkazildi, hududlarimizda ularning 18 ta filiali tashkil etildi. Ushbu markazlarda buyrak va jigar transplantatsiyasi bilan bog\u2018liq murakkab operatsiyalar o\u2018tkazilmoqda. Hatto viloyatlarimiz markazlarida ham ochiq yurakda kardiojarrohlik operatsiyalari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi vaqtda yurtimizda 5805 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Ular tibbiy xizmat sifatini oshirish va raqobat muhitini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayni paytda 70 dan ortiq xususiy tibbiyot muassasasi koronavirus infeksiyasi bo\u2018yicha laboratoriya xizmatlarini ko\u2018rsatish, 25 ta shunday klinika esa diagnostika va davolash bilan shug\u2018ullanmoqda. Aytish kerakki, xususiy sektorni kuchaytirish borasidagi ishlarimiz bugungi murakkab vaziyatda o\u2018zini to\u2018la oqlamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosidagi tibbiy ob\u2019ektlar soni ham ko\u2018payib bormoqda. Joriy yilda umumiy qiymati 51,4 milliard so\u2018mni tashkil etadigan 9 ta davlat-xususiy sheriklik hamda 187 ta autsorsing shaklidagi loyihalar amalga oshirilgani ham shundan dalolat beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Respublikamizda Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg\u2018armasini tashkil etganimizdan xabaringiz bor. Jamg\u2018arma mablag\u2018lari hisobidan Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi 150 ta zamonaviy \u201cFord\u201d tibbiy yordam avtomashinasi bilan ta\u2019minlandi. Natijada yurtimiz bo\u2018yicha tez tibbiy yordam avtomashinalari soni 2514 taga yetdi. Eng muhimi, mazkur tizimda xizmat sifati yaxshilanib bormoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda birinchi marta Gemodializ xizmatlari bo\u2018yicha konsepsiya ishlab chiqilib, hozirgi kunda uni amalga oshirishga kirishildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim masala \u2013 soha uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash bo\u2018yicha ham muhim loyihalar amalga oshirilmoqda. Bu borada 2020 yilda tibbiyot yo\u2018nalishidagi oliy o\u2018quv yurtlariga qabul kvotalari bakalavriat bosqichi uchun 27 foiz, magistratura yo\u2018nalishida 28 foiz va klinik ordinatura tizimida 22 foizga oshirilgani va yangi mutaxassisliklar bo\u2018yicha kadrlar tayyorlash yo\u2018lga qo\u2018yilgani g\u2018oyat muhim ahamiyatga egadir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi vaqtda Germaniya, Italiya, Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Belarus, Ukraina kabi davlatlarning oliy ta\u2019lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalar zarur mutaxassisliklar bo\u2018yicha qo\u2018shma ta\u2019lim dasturlari asosida o\u2018qitilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muhtaram soha xodimlari!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, sog\u2018liqni saqlash tizimidagi barcha islohotlarimiz natijasi avvalo hurmatli shifokor va hamshiralar, yoshlarga tibbiyot sirlarini o\u2018rgatayotgan professor-o\u2018qituvchilar, ilmiy xodimlarning fidokorona mehnati, mahorat va tajribasiga bog\u2018liq ekanini hammamiz yaxshi tushunamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o\u2018tkazilgan katta anjumanda sizlar bilan birga mamlakatimiz sog\u2018liqni saqlash tizimini bugungi kun talablari asosida rivojlantirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, sog\u2018lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etish, diagnostika va davolash jarayonlariga raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuvlarni tatbiq qilish bilan bog\u2018liq eng muhim va dolzarb vazifalarni belgilab oldik.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Butun xalqimiz qatori bugungi og\u2018ir sinovlardan mardona o\u2018tayotgan, zamonamizning chinakam qahramonlari bo\u2018lgan siz, tibbiyot xodimlari ana shunday mas\u2019uliyatli vazifalarni ado etishda faol ishtirok etib, barchaga o\u2018rnak va namuna bo\u2018lasizlar, deb ishonaman.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarning mashaqqatli va olijanob mehnatingizni munosib qadrlash, tizim uchun malakali kadrlar tayyorlash, mamlakatimiz sog\u2018liqni saqlash sohasining raqobatbardoshligini oshirish, Jahon sog\u2018liqni saqlash tashkiloti va xorijiy tibbiyot markazlari bilan amaliy hamkorlikni kuchaytirish, telemeditsinani rivojlantirish masalalari bundan buyon ham doimiy e\u2019tiborimiz markazida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sizlarni qutlug\u2018 kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qo\u2018lingiz dard ko\u2018rmasin, hamisha sog\u2018-omon bo\u2018ling, aziz shifokorlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1529,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1528"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1530,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1528\/revisions\/1530"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1529"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}