{"id":1504,"date":"2020-09-23T16:16:10","date_gmt":"2020-09-23T14:16:10","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1504"},"modified":"2020-09-23T16:16:10","modified_gmt":"2020-09-23T14:16:10","slug":"%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/09\/23\/%d0%b2%d1%8b%d1%81%d1%82%d1%83%d0%bf%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b5-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82%d0%b0-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83-3\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p>Muhtaram Rais Vo\u2018lkan Bozkir janoblari!<\/p>\n<p>Muhtaram Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari!<\/p>\n<p>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/p>\n<p>Xonimlar va janoblar!<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1600903970.2704.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda \u2013 koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo\u2018lib o\u2018tmoqda.<\/p>\n<p>Bunday global falokat sayyoramizda so\u2018nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko\u2018rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o\u2018zaro bog\u2018liq ekanini, o\u2018rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o\u2018ta muhimligini isb\u043etladi.<\/p>\n<p>Shu yo\u2018lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o\u2018zaro sa\u2019y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas\u2019uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog\u2018liqni saqlash tashkilotining maqomi<\/p>\n<p>va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.<\/p>\n<p>Maqsadimiz \u2013 har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta\u2019minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.<\/p>\n<p>Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to\u2018g\u2018risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o\u2018z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim.<\/p>\n<p>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p>Biz O\u2018zbekistonda KOVID-19 qayd etilgan dastlabki kunlardan boshlab barcha sa\u2019y-harakat va resurslarimizni bu xavfli kasallikni jilovlash va eng asosiysi \u2013 odamlar hayotini saqlab qolishga qaratdik.<\/p>\n<p>Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun ijtimoiy himoya va sog\u2018liqni saqlash tizimlari keskin kuchaytirilmoqda, aholiga, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli ko\u2018mak ko\u2018rsatilmoqda. Shu maqsadda maxsus jamg\u2018armalar tuzildi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, sinovli damlarda bizga beg\u2018araz yordam ko\u2018rsatgan barcha do\u2018st va hamkorlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.<\/p>\n<p>Biz xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi samarali kurashish bo\u2018yicha barcha harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlaymiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashning dolzarb muammolariga bag\u2018ishlangan sammitni o\u2018tkazish bo\u2018yicha taklifini ma\u2019qullaymiz.<\/p>\n<p>Hurmatli Bosh Assambleya sessiyasi ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Bundan uch yil muqaddam men Birlashgan Millatlar Tashkilotining oliy minbaridan O\u2018zbekistonning tub islohotlarni amalga oshirish bo\u2018yicha qarori qat\u2019iy ekanini aytgan edim.<\/p>\n<p>Jamiyatni siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy modernizatsiya qilish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli chora-tadbirlarimiz natijasida yangi O\u2018zbekiston shakllanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizdagi demokratik o\u2018zgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili Parlamentga o\u2018tkazilgan saylovlar aholi va partiyalarning siyosiy faolligi, fuqarolik jamiyati institutlarining roli, ommaviy axborot vositalarining ta\u2019siri oshganini namoyish etdi.<\/p>\n<p>Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o\u2018rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Inson huquqlari sohasidagi holat ham butunlay o\u2018zgardi. Majburiy va bolalar mehnati to\u2018liq tugatildi. Inson huquqlari bo\u2018yicha Milliy strategiya qabul qilindi.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bo\u2018lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig\u2018iga javoban shu yilning o\u2018zida 50 ming yurtdoshimizga O\u2018zbekiston fuqaroligi berildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda diniy erkinlik borasida ham vaziyat keskin yaxshilandi. Millatlararo totuvlik va dinlararo bag\u2018rikenglikni yanada mustahkamlash biz uchun doimiy muhim vazifadir.<\/p>\n<p>Sudlarning chinakam mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta\u2019minlashga yo\u2018naltirilgan keng qamrovli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlari qabul qilinib, mustaqil tuzilma \u2013 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jadal davom ettirilmoqda. Biz birinchi marta kambag\u2018allikni kamaytirish haqidagi qat\u2019iy qarorimizni ochiq e\u2019lon qildik.Bunga tadbirkorlikni rivojlantirish va qo\u2018shimcha ish o\u2018rinlari yaratish, investitsiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-hunarlarga o\u2018rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko\u2018rsatish orqali erishmoqdamiz.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko\u2018pini yoshlar tashkil etadi. Respublikamizda har bir yigit-qizning jamiyatda munosib o\u2018rin egallashi va o\u2018z salohiyatini namoyon etishi uchun ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O\u2018zbekistonda Yoshlar parlamentlari, Yoshlar ishlari agentligi faoliyat ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Avgust oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida yoshlar huquqlariga bag\u2018ishlangan Samarqand xalqaro forumi muvaffaqiyatli o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, yana bir bor Yoshlar huquqlari to\u2018g\u2018risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tashabbusini qo\u2018llab-quvvatlashga chaqiraman.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini ta\u2019minlashda parlamentlar rolini oshirish to\u2018g\u2018risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Hurmatli do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida tub o\u2018zgarishlar<\/p>\n<p>yuz bermoqda. Biz mintaqa davlatlari o\u2018rtasida yaxshi qo\u2018shnichilik va o\u2018zaro ishonch, do\u2018stlik va hurmat muhitini yaratishga erishdik.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusga asosan muntazam o\u2018tkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari umumiy yutug\u2018imiz bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Oxirgi to\u2018rt yilda O\u2018zbekistonning qo\u2018shni davlatlar bilan o\u2018zaro savdo hajmi salkam besh barobarga o\u2018sdi.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimiz ushbu sinovli kunlarda bir-birini yolg\u2018iz qoldirmasdan, o\u2018zaro yelkadosh bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Bugun Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo\u2018lsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo\u2018laklariga chuqur integratsiyasini ta\u2019minlashdir.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini ochishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Bugungi kunda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta\u2019minlash sohasida ham samarali hamkorlik olib borilmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global antiterror strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Biz ushbu strategiya doirasidagi Mintaqaviy qo\u2018shma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bag\u2018ishlangan xalqaro konferensiyani o\u2018tkazish tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, mintaqamizning ko\u2018hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega. Biz 2021 yilda YuNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida \u201cMarkaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida\u201d degan mavzuda xalqaro forumni o\u2018tkazishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Hurmatli sessiya ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Biz Afg\u2018onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qilamiz. 2018 yil mart oyida o\u2018tkazilgan Afg\u2018oniston bo\u2018yicha oliy darajadagi Toshkent konferensiyasi afg\u2018on muammosini yechish uchun xalqaro hamjamiyat sa\u2019y-harakatlarini safarbar etishda yangi bosqich bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Biz joriy yilning sentyabr oyida Doha shahrida afg\u2018on siyosiy kuchlari o\u2018rtasida boshlangan tinchlik muzokaralarini to\u2018la qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Bu muzokaralar jafokash afg\u2018on zaminida tinchlik va barqarorlik o\u2018rnatishiga umid qilamiz.<\/p>\n<p>Mintaqada iqtisodiy integratsiya jarayonlariga Afg\u2018onistonni keng jalb etish maqsadida \u201cSurxon \u2013 Puli Xumri\u201d elektr uzatish tarmog\u2018ini, Mozori Sharifdan Hind okeani portlariga chiqadigan temir yo\u2018l qurilishi kabi yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga kirishdik.<\/p>\n<p>Fikrimizcha, Afg\u2018onistonda tinchlik va barqarorlik o\u2018rnatish masalalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy e\u2019tibor markazida bo\u2018lib qolishi zarur.<\/p>\n<p>Faqat birgalikda va yaqin hamkorlik orqali biz afg\u2018on xalqining ezgu orzu-umidlarini ro\u2018yobga chiqarishimiz mumkin. Bu borada \u201cBeqaror va vayronkor vaziyatdan \u2013 tinchlik va bunyodkorlik sari\u201d degan tamoyil asosida ish olib borish muhimdir. Shu boisdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afg\u2018on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko\u2018rsatadigan qo\u2018mita tashkil etish lozim. Ushbu qo\u2018mitaning asosiy vazifasi Afg\u2018onistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko\u2018mak berishdan iborat bo\u2018lishi zarur.<\/p>\n<p>Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!<\/p>\n<p>Davrimizning o\u2018tkir muammolaridan yana biri \u2013 global iqlim o\u2018zgarishlaridir. Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy ta\u2019sirini his etmoqda. Ming afsuski, bunday o\u2018zgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf tug\u2018dirmoqda.<\/p>\n<p>E\u2019tiboringizni yana bir bor Orol dengizi qurishining halokatli oqibatlariga qaratmoqchiman. Orolbo\u2018yi hududi ekologik fojianing markaziga aylandi. Biz mavjud ahvolni yaxshilash uchun bu yerda ikki million gektar yangi o\u2018simlik maydonlari va daraxtzorlar yaratish, tuproq qatlamini shakllantirish bo\u2018yicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz tashabbusi bilan Orolbo\u2018yi mintaqasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson xavfsizligi bo\u2018yicha ko\u2018p tomonlama sheriklik trast fondi tuzildi. Umid qilamizki, ushbu fond og\u2018ir ekologik hududda yashayotgan aholiga amaliy yordam ko\u2018rsatish uchun xalqaro hamjamiyatning tayanch platformasi bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Biz Orolbo\u2018yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e\u2019lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etamiz. Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq bo\u2018lardi.<\/p>\n<p>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida yana bir fikrni ta\u2019kidlashni istardim. Jahonning turli nuqtalarida notinchlik saqlanib qolayotgani, ziddiyat va zo\u2018ravonliklar ortib borayotgani, ekologik ofatlar va boshqa zamonaviy xatarlar qashshoqlik va kambag\u2018allikning global muammolarini kuchaytirmoqda.<\/p>\n<p>Bu muammolar ayniqsa pandemiya sharoitida keskin tus olmoqda. Tobora tashvishli ohang kasb etayotgan qashshoqlikning ovozi butun dunyo hamjamiyatini, barchamizni bezovta qilishi zarur.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan qashshoqlikni tugatish va kambag\u2018allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash hamda ushbu masalalarga bag\u2018ishlangan global sammitni o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Qadrli do\u2018stlar!<\/p>\n<p>Barchamizga ravshanki, pandemiyadan keyingi dunyoning ijtimoiy-iqtisodiy manzarasi butunlay boshqacha tus oladi.<\/p>\n<p>Biz xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo\u2018lidagi umumiy xatarlarga qarshi yangicha yondashuvlar asosida va yaqin hamkorlikda ishlashimiz zarur.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining muvofiqlashtiruvchi xalqaro tuzilma sifatidagi markaziy o\u2018rnini yanada kuchaytirish lozim.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston jahonning barcha mamlakatlari bilan keng ko\u2018lamli va o\u2018zaro manfaatli sheriklikni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning institutlari bilan amaliy muloqotni rivojlantirish uchun doimo tayyor.<\/p>\n<p>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1505,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1504","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1504","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1504"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1504\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1506,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1504\/revisions\/1506"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1505"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1504"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1504"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1504"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}