{"id":1487,"date":"2020-09-08T11:52:46","date_gmt":"2020-09-08T09:52:46","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1487"},"modified":"2020-09-08T12:08:36","modified_gmt":"2020-09-08T10:08:36","slug":"ozbekcha-%d0%bc%d1%83%d1%81%d1%82%d0%b0%d2%9b%d0%b8%d0%bb-%d1%9e%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d0%bd-%d1%8f%d0%bd%d0%b3%d0%b8-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%b3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/09\/08\/ozbekcha-%d0%bc%d1%83%d1%81%d1%82%d0%b0%d2%9b%d0%b8%d0%bb-%d1%9e%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%be%d0%bd-%d1%8f%d0%bd%d0%b3%d0%b8-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%b3\/","title":{"rendered":"Mustaqil O\u2018zbekiston \u2013 yangi strategiya, yangi imkoniyatlar"},"content":{"rendered":"<p>Bugun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripovning ushbu sarlavha ostidagi maqolasi \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d gazetasida chop etildi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\" style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1599582214.7913.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cShu kunlarda mediamakonda O\u2018zbekiston mustaqilligining 29 yilligiga bag\u2018ishlangan maqolalarga keng o\u2018rin berilmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu maqolalar va intervyularni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Bir tomondan, bu mustaqillik yillarida erishilgan natijalar to\u2018g\u2018risidagi rasmiy hisob\u043etlar bo\u2018lsa, boshqa tomondan, mavjud yutuqlarga nisbatan tanqidiy qarashlardan iboratdir.<\/p>\n<p>Birinchi toifadagi maqolalar muayyan sabablarga ko\u2018ra (bizda ko\u2018plab raqamlar bilan to\u2018ldirilgan zerikarli matnlarni o\u2018qishni yoqtirishmaydi), kamdan-kam hollarda top maqolalar safiga kirsa, ikkinchi toifadagilar esa juda faol o\u2018qiladi.<\/p>\n<p>Jarangdor sarlavha va bayonotlar, aniq fakt va dalillarsiz (asosan taxmin va uydirmalar) yengil matnlar o\u2018quvchilar e\u2019tiborini tortadi, munozaralar qo\u2018zg\u2018atadi va ba\u2019zida u yoki bu voqealar, qabul qilingan qarorlarni qanday anglashimizga ta\u2019sir qiladi. Bunday noxolis axborotlar jamiyatda zamonaviy O\u2018zbekistonga nisbatan biryoqlama qarashlar keng tarqalishiga sabab bo\u2018layotgani ham sir emas.<\/p>\n<p><em><strong>Bu kabi maqolalar nimalarni anglatadi? O\u2018zbekistonning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini \u201cdohiyona baholash\u201dga asoslangan bu turdagi afsonalarning mohiyati nimada?<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Bunday noxolis axborotlar, eng avvalo, aholida tashqi siyosatga nisbatan shubha uyg\u2018otmoqda. Ya\u2019ni tashqi siyosatning faollashuvi va uning ochiqligi mamlakatning xalqaro maydonda zaifligini ko\u2018rsatadi va mustaqillikka tahdid tug\u2018diradi, degan fikr va qarashlar paydo bo\u2018layotgani sezilib qolmoqda. Ba\u2019zilar biz Rossiya ta\u2019sirida, boshqalar Xitoy, yana birlari esa Amerika ta\u2019sirida qoldik, deb hisoblashadi. Fikrlar rasmiy Toshkentning muayyan davlatlar bilan olib borayotgan muzokaralar jarayoni haqidagi yangiliklarning mohiyatiga qarab o\u2018zgarib turibdi.<\/p>\n<p>Xalqaro moliya tuzilmalari yoki iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan harakatlarga ham katta shubha bilan qaraydiganlar kam emas.<\/p>\n<p>Muayyan ekspert doiralarida bu yo\u2018nalishdagi siyosat iqtisodiy mustaqillikning zaiflashuvi va \u201cerkin harakatlanish\u201d yo\u2018qotilishiga olib kelishi mumkinligi, bu, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan global iqtisodiy inqiroz, jahon bozorlaridagi yuqori o\u2018zgaruvchanlik sharoitida xavflidir, degan fikrlar keng tarqalmoqda. Ammo bunday bayonotlarning barchasi hech qanday dalilga ega emas yoki faktlar bilan tasdiqlanmaydi.<\/p>\n<p><em><strong>Shu bois, bunday vaziyatda \u201cBugungi O\u2018zbekiston qayerga qarab bormoqda?\u201d degan savolga aniq va dalillar asosida javob berish orqali jamiyatda xolis fikrni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Shubhasiz, oxirgi to\u2018rt yilda iqtisodiy va siyosiy islohotlarni chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar avvalgisidan farq qiladi. Maqsad va vazifalar o\u2018zgarishsiz qolgan bo\u2018lib, ularga erishish mexanizmlari va yo\u2018llari aniq belgilangan. Mamlakatning mustaqilligi va ravnaqi, xalq farovonligining o\u2018sishi o\u2018zgarmas maqsad bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ochiq tan olish kerakki, avvalgi uzoq muddatli strategiya ko\u2018proq muayyan \u201cstatus-kvo\u201dni, iqtisodiy rivojlanishning erishilgan darajasini saqlab qolishga qaratilgan edi. Ushbu strategiya yakkalanish va avtarkiya tufayli tashqi xatarlarni maksimal darajada kamaytirish, ya\u2019ni ichki bozorni o\u2018rnatilgan monopoliyalarga bog\u2018lab qo\u2018ygan holda milliy iqtisodiyotni izolyatsiyalashni nazarda tutgan edi.<\/p>\n<p>Natijada ko\u2018p yillar davomida faqat muayyan bir kafolatlangan \u201cqulaylik zonasi\u201dni saqlash asosiy vazifaga aylandi. Muammolarni hal qilish o\u2018rniga biz o\u2018zimizni aldab, ularni yo\u2018q deb hisoblab, ulardan o\u2018zimizni to\u2018sib qo\u2018yishni afzal ko\u2018rdik. Tashqaridan kelgan innovatsiya va yangiliklar o\u2018z potensialini amalga oshirish uchun imkoniyat emas, balki xavf va tahdid sifatida qabul qilindi. Tashqaridagi har narsaga o\u2018zimizga bosim sifatida qarab, ularga to\u2018siq qo\u2018yib, ko\u2018p sohalarda turg\u2018unlikka duch keldik.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida, jadal rivojlanayotgan dunyo prinsipial jihatdan yangi iqtisodiy siyosatni, barcha yo\u2018nalishda \u2014 iqtisodiyot, ta\u2019lim, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, gumanitar kabi sohalarda katta o\u2018zgarishlar uchun yangi imkoniyatlarni topishga qaratilgan faol tashqi iqtisodiy strategiyani talab qildi. Zamonning o\u2018zi davlat boshqaruvini tashkil etishda, shu jumladan, tashqi siyosat sohasida yangicha qarash va fikrlashni talab qildi.<\/p>\n<p>Tabiiyki, bunday sharoitda muqarrar o\u2018zgarish zarurligini anglash ehtiyoji paydo bo\u2018ldi. Bu odatiy zarurat yoki bir joyda qolib ketish emas, balki munosib rivojlanishni ta\u2019minlashning yagona yo\u2018li ekanini anglashdir.<\/p>\n<p><strong>Barcha sohalarda, davlat boshqaruvi, jamiyat, ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyotda uyg\u2018onish boshlandi.<\/strong><\/p>\n<p>Prezident navbatdagi Uyg\u2018onish davri (renessans) uchun sharoit yaratish haqida gapirganda, bu shunchaki balandparvoz so\u2018zlar emas, balki O\u2018zbekiston rivojlanishini yangi relslarga qo\u2018yadigan haqiqiy ishlardir.<\/p>\n<p><strong>O\u2018z-o\u2018zidan ravshanki, ko\u2018pchilik qayta moslashishi va odatdagi \u201cqulaylik zonasi\u201ddan chiqib ketishi kerakligi aniq, lekin hamma ham yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslasha olmaydi. Kimdir sodir bo\u2018layotgan voqealar jadalligi ortidan shunchaki ulgurmaydi. Shunday sharoitda shubhalar muqarrar, va natijada barcha yangiliklarni tanqid qilish yuzaga keladi. Ko\u2018pchilik odatiy turmush tarzini o\u2018zgartirishni istamasligi natijasida amalga oshirilayotgan o\u2018zgarishlarni inkor etib, qabul qilmaslikni afzal ko\u2018radi.<\/strong><\/p>\n<p>Bunday kayfiyatlar barcha davlatlar qatori bizni ham cheklab o\u2018tmagan inqiroz paytida yanada kuchaymoqda. Daromadi yoki daromad manbaini yo\u2018qotgan fuqarolarning muammolari, ba\u2019zi mansabdor shaxslarning beparvoligi ayrim skeptik kishilar va qo\u2018shtirnoq ichidagi ekspertlar uchun mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha, jumladan, tashqi siyosatdagi islohotlarni shubha ostiga qo\u2018yish uchun qulay sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Biroq amaldagi strategiya tashqi va ichki siyosatda rivojlanishning yangi drayverlarini faol ravishda ishlab chiqish va ulardan foydalanishga qaratilgan mutlaqo pragmatik yo\u2018ldir.<\/p>\n<p><em><strong>Yangi yo\u2018nalishning afzalligi nimada, u mustaqilligimizni qay tarzda mustahkamlaydi?<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Avvalo, tashqi siyosat nuqtai nazaridan olganda, hozirgi kunda O\u2018zbekiston xalqaro jarayonlarda yanada faol ishtirok etib, mintaqaviy va global kun tartibini belgilashda dadillik bilan qatnashmoqda. Ayni paytda biz o\u2018zimizning yakkalangan dunyomizda yashayotganimiz yo\u2018q, atrofimizda sodir bo\u2018layotgan jarayonlarni hisobga olishga majburmiz.<\/p>\n<p>Pandemiya tufayli yuzaga kelgan muammolarni samarali hal etish uchun raqobat kuchayayotgan bir sharoitda resurslar va savdo bozorlariga kirish har qachongidan ham muhim. Bunday vaziyatda Toshkent o\u2018zining milliy manfaatlaridan kelib chiqib, eng muhim iqtisodiy va siyosiy muammolarni hal qilishda xalqaro maydonda o\u2018z pozitsiyasini faol ravishda ilgari surmoqda. Zamonaviy O\u2018zbekistonning mustaqilligi va salohiyati avtarkiya va o\u2018z-o\u2018zini yakkalash orqali emas, balki faol xalqaro hamkorlik orqali ta\u2019minlanmoqda.<\/p>\n<p>Masalan, biz ko\u2018p tomonlama tashkilotlarga a\u2019zolik imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishni boshladik.<\/p>\n<p>Ilgari O\u2018zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish bo\u2018yicha BMT doirasidagi tashabbusi yillar davomida taniqli va muhim tashabbus bo\u2018lib kelgan.<\/p>\n<p>So\u2018nggi 3 yilning o\u2018zida rasmiy Toshkentning tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 3 ta rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu hujjatlar Markaziy Osiyo mintaqasida o\u2018zaro hamkorlikni mustahkamlash, ma\u2019rifiy va diniy bag\u2018rikenglik, turizmni rivojlantirish kabi sohalarga daxldordir. Barcha rezolyutsiyalarda nafaqat joriy masalalar, balki O\u2018zbekiston va mintaqa uchun haqiqatda muhim ahamiyatga ega jihatlar yoritilgan. Orol muammosini hal qilishga yo\u2018naltirilgan va rasmiy Toshkent uchun muhim amaliy ahamiyatga ega bo\u2018lgan yana bir tashabbus hozirgi kunda samarali amalga oshirilmoqda. Bunda so\u2018z Orolbo\u2018yi hududi aholisi xavfsizligini ta\u2019minlash uchun BMT shafeligida ko\u2018p tomonlama sheriklik asosida Trast fondi tuzish haqida bormoqda.<\/p>\n<p><strong>Trast fondi faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash uchun donorlarning 26,1 million AQSh dollari miqdoridagi mablag\u2018lari jalb qilindi. 2020 yilda qariyb 200 million AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit va grant mablag\u2018lari jalb etilishi kutilmoqda. Birinchi arizani qabul qilish doirasida fond tomonidan 2 ta loyiha moliyalashtirildi.<\/strong><\/p>\n<p>Uzoq yillardan beri ilk marta O\u2018zbekiston nomzodligi BMTning maxsus organlariga ilgari surilmoqda. Oktyabr oyida O\u2018zbekiston BMTning Inson huquqlari kengashiga o\u2018z nomzodini taqdim etishi zarur. Mutaxassislarning fikri va prognozlaridan kelib chiqadigan bo\u2018lsak, O\u2018zbekistonda kengashning yangi a\u2019zosi bo\u2018lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.<\/p>\n<p>Eng muhimi, mana shunday yondashuv natijasida O\u2018zbekistonning obro\u2018si ortib bormoqda. Yana bir omil \u2014 mamlakatni modernizatsiya qilish jarayoniga jalb etgan holda BMT loyihalari, dasturlari va uning tuzilmalari resurslaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligidir.<\/p>\n<p>Yuqorida aytib o\u2018tilganlarning barchasi O\u2018zbekistonning xalqaro maydondagi faoliyatidan ayrim misollardir.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, bugungi kunda Toshkent mintaqaviy rivojlanishning asosiy masalalari va dinamikasini shakllantirayotgan muhim ishtirokchilardan biriga aylanganini ham alohida qayd etish joiz. Jahon hamjamiyatiga yuzlangan holda O\u2018zbekiston boshqa davlatlarni Markaziy Osiyo mintaqasiga o\u2018zgacha nazar bilan qarashga va uning mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlaridan eng yuqori darajada foydalanishga undamoqda.<\/p>\n<p>Buning yorqin misoli O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining Markaziy Osiyo rahbarlarining Maslahat uchrashuvini tashkil etish borasidagi tashabbusidir. Bu noyob format.<\/p>\n<p>Yaxshi eslaymizki, oldinlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari faqatgina ikki tomonlama tashriflar yoki MDH va ShHT doirasidagi oliy darajadagi tadbirlarda, shuningdek, boshqa xalqaro doiralarda uchrashgan.<\/p>\n<p>Ayni paytda bevosita uchrashuvlar uchun imkoniyat mavjud. Maslahat uchrashuvlari \u2014 bu Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil ravishda, boshqalarning aralashuvisiz va vositachiligisiz muhim mintaqaviy masalalarni muhokama qilishi va yechimlar ishlab chiqishi mumkin bo\u2018lgan platformadir.<\/p>\n<p>Yana bir misol \u2014 20 yildan beri hal qilinmagan chegara masalalari keskinlik manbai, ta\u2019sir o\u2018tkazish vositasi va har qanday vaqtda \u201csavdolashish\u201d predmetiga aylanishi mumkin edi. Bugungi kunda bunday ssenariylarni amalga oshirish imkoniyatlari keskin kamaydi. O\u2018zbekiston Qirg\u2018iziston va Tojikiston bilan davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish to\u2018g\u2018risidagi muhim hujjatlarni imzoladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda viza tartiblari soddalashtirildi, qo\u2018shni davlatlar bilan chegaralarda o\u2018nlab nazorat punktlari ochildi. Natijada har kuni o\u2018zbek-qirg\u2018iz chegarasini kesib o\u2018tgan fuqarolar soni 30 ming kishiga, o\u2018zbek-tojik chegarasida esa 20 ming kishiga yetdi.<\/p>\n<p>Chegara masalasidan tashqari, qo\u2018shnilar bilan yana bir murakkab masala kun tartibidan chiqarildi. Ya\u2019ni suv-energetika muammosi bo\u2018yicha o\u2018zaro anglashuvga erishildi. Yaqin kelajakdagi rejalar Markaziy Osiyo energetik halqasini to\u2018liq formatda ishga tushirishdan iboratdir. Hozir O\u2018zbekiston Qozog\u2018iston va Qirg\u2018iziston bilan mavsumiy ravishda, Tojikiston bilan umumiy energetik halqa doirasida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Bu, o\u2018z navbatida, aholi va sanoat sohalarining elektr energiyasiga bo\u2018lgan ehtiyojini, ayniqsa, qish mavsumida talab eng yuqori bo\u2018lgan paytda to\u2018liq qondirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Mintaqaning savdo-iqtisodiy sohadagi mavjud imkoniyatlari ochilmoqda. 2016 yildan 2019 yilgacha bo\u2018lgan muddatda mintaqa hududlari o\u2018rtasidagi savdo hajmi qariyb 2 barobar oshib, 7 milliard AQSh dollaridan ortdi. Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida nafaqat mintaqadan tashqari savdo sheriklariga intilish, balki yaqin bozorlarni egallash imkoniyati paydo bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistonga nisbatan yangi siyosat natijasida ham mintaqa uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Biz avvalgidek o\u2018zimizni Afg\u2018onistondan to\u2018sib qo\u2018ymayapmiz, balki ushbu davlatni o\u2018zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarga jalb qilmoqdamiz. Afg\u2018onistonda barqarorlikni ta\u2019minlash, uning tranzit va infratuzilma salohiyatini ishga solish mintaqalararo savdoni rivojlantirishga, Markaziy va Janubiy Osiyoning o\u2018zaro bog\u2018liqligini mustahkamlashga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirishga kuchli turtki berishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<strong>Pragmatizmga asoslangan siyosat<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nBugungi kunda ko\u2018pchilik O\u2018zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida ishtirok etishi yuzasidan yondashuv o\u2018zgarganidan tashvishda. Ammo biz bu vaziyatni uchinchi tomon bosimi nazariyasisiz, xolisona baholasak, aslida nima o\u2018zgargan? Eng avvalo, nafaqat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga, balki ko\u2018p tomonlama tuzilmalarga nisbatan munosabat qayta ko\u2018rib chiqilganini aytish lozim. Hozir O\u2018zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lishi bo\u2018yicha muzokaralar faol bosqichda. O\u2018tgan yili O\u2018zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a\u2019zo bo\u2018ldi. Boshqacha qilib aytganda, Toshkentning global va mintaqaviy maydonlardagi faol ishtiroki ularning amaliy ahamiyati va foydaliligiga bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Xalqaro tuzilmalarni ko\u2018pincha manfaatlarimizga ziyon qilgan holda ko\u2018r-ko\u2018rona inkor etish pozitsiyasi o\u2018z o\u2018rnini davlat manfaatlari uchun ustuvor bo\u2018lgan va amaliy natijalarga qaratilgan pragmatik yo\u2018nalishga bo\u2018shatdi. Ushbu mantiqdan kelib chiqib, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga nisbatan yondashuv qayta ko\u2018rib chiqildi va hamkorlikning eng maqbul shakli \u2014 kuzatuvchi maqomida ishtirok etish tanlandi.<\/p>\n<p><strong>Shu bilan birga, O\u2018zbekiston harbiy yo\u2018nalishdagi turli tashkilotlarda ishtirok etishi haqidagi taxminlar mutlaqo asossizdir. Xuddi shu fikr mamlakat hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish g\u2018oyasiga ham tegishli.<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu uyushmalarga yondashuvlarning bunday o\u2018zgarishi yana nimalardan dalolat beradi? Eng avvalo, bu davlatning o\u2018z-o\u2018zini ta\u2019minlash imkoniyatiga ega ekani, xalqaro tashkilotlarda milliy manfaatlarni himoya qilish qobiliyatiga va o\u2018z pozitsiyalarini muvaffaqiyatli ilgari surishga ishonchidir.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, O\u2018zbekiston harbiy yo\u2018nalishdagi turli tashkilotlarda ishtirok etishi haqidagi taxminlar mutlaqo asossizdir. Xuddi shu fikr mamlakat hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirish g\u2018oyasiga ham tegishli.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi respublikaning har qanday harbiy-siyosiy tashkilot yoki bloklarda ishtirok etishini, shuningdek, o\u2018zining hududida xorijiy harbiy bazalarni joylashtirishni taqiqlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<strong>Iqtisodiy mustaqillik amalda bo\u2018lishi kerak<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\nSo\u2018nggi vaqtlarda respublikamizning iqtisodiy jihatdan zaifligi haqida bahs-munozaralar ko\u2018p bo\u2018lmoqda. Darhaqiqat, iqtisodiy jihatdan to\u2018liq o\u2018z-o\u2018zini ta\u2019minlamasdan turib haqiqiy mustaqillik haqida jiddiy fikr yuritish mumkin emas. Xo\u2018sh, bu borada O\u2018zbekistonda asl holat qanday?<\/p>\n<p>Hozirgi iqtisodiy inqiroz va koronavirus pandemiyasini O\u2018zbekiston mintaqaning boshqa davlatlariga nisbatan yengilroq o\u2018tkazmoqda. Jahon banki prognozlariga ko\u2018ra, Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida O\u2018zbekiston yalpi ichki mahsuloti nafaqat qisqarmaydi, aksincha 1,5 foiz oshadi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan taqqoslaganda bizning umumiy eksport tarkibimiz ham mahsulotlar va bozorlar jihatidan ko\u2018proq diversifikatsiyalashgan. 2016 yildan boshlab eksport tovarlari tarkibi muttasil o\u2018sib bormoqda. Agar oldingi davr bilan taqqoslasak, masalan, 2010 yildan boshlab tashqi bozorlarga yetkazib beriladigan mahsulotlar soni qariyb 1,5 baravar oshgan.<\/p>\n<p><strong>Yangi savdo bozorlari faol rivojlanmoqda. Natijada o\u2018tgan yilning oxirida eksport hajmi pul ko\u2018rinishida 2016 yilga nisbatan 56 foiz oshdi. Shunday qilib, biz bir yoki ikkita eksport yo\u2018nalishiga qat\u2019iy qaram emasmiz. Shuningdek, biz bir turdagi eksport mahsulotiga bo\u2018lgan kuchli qaramlikni ham sezmaymiz.<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatda mustahkam xavfsizlikning \u201cmoliyaviy poydevori\u201d shakllangan. Joriy yilning 1 avgust holatiga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonning zaxira aktivlari 34,7 milliard dollarni tashkil etdi. Iqtisodchilar fikricha, joriy zaxiralar 20 oydan ortiq muddatga importni moliyalashtirish uchun yetarli hisoblanadi. Bu rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko\u2018rsatkich \u2014 3 oydan ancha ko\u2018pdir.<\/p>\n<p>So\u2018nggi ikki yil ichida O\u2018zbekiston yetakchi uchta xalqaro reyting agentligi \u2014\u00a0<strong>\u201cFitch\u201d, \u201cStandard&amp;Poor\u2019s\u201d va \u201cMoody\u2019s\u201d<\/strong>\u00a0tomonidan suveren reytinglarni oldi. Bu reytinglar davlat o\u2018z moliyaviy majburiyatlarini o\u2018z vaqtida va to\u2018liq hajmda bajarishga tayyorligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p><strong>Shu bilan birga, butun iqtisodiy tizim erkinlashmoqda, iqtisodiyotning real sektorida investitsiyalar va loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Umuman, yangicha ishbilarmonlik muhiti shakllanmoqda, investorlarda kafolat paydo bo\u2018lmoqda, bu esa ularda mamlakatimizga investitsiyalar kiritish istiqbollariga bo\u2018lgan ishonchni yanada orttiradi.<\/strong><\/p>\n<p>Tabiiyki, bunday sharoitda O\u2018zbekiston ko\u2018plab mamlakatlar, banklar va boshqa moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilish uchun ustuvor davlatga aylanmoqda. Katta salohiyatning mavjudligi va uning o\u2018zaro hamkorlikka ta\u2019sirini inobatga olib, ular sarmoya kiritishga tayyor. 2016 yildan buyon asosiy kapitalga jalb qilingan investitsiyalar va kreditlar hajmi qariyb\u00a0<strong>3<\/strong>\u00a0baravar oshdi. Ularning geografiyasi\u00a0<strong>51<\/strong>\u00a0ta sarmoyador mamlakat sonidan<strong>\u00a082<\/strong>\u00a0taga yetdi, shu jumladan, xalqaro moliyaviy institutlar hisobiga kengaydi.<\/p>\n<p><strong>So\u2018nggi ikki yil ichida O\u2018zbekiston yetakchi uchta xalqaro reyting agentliklari \u2014 \u201cFitch\u201d, \u201cStandard&amp;Poor\u2019s\u201d va \u201cMoody\u2019s\u201d tomonidan suveren reytinglarni oldi. Bu reytinglar davlat o\u2018z moliyaviy majburiyatlarini o\u2018z vaqtida va to\u2018liq hajmda bajarishga tayyorligini ko\u2018rsatadi.<\/strong><\/p>\n<p>Umuman olganda, yuqoridagi misollar idealistik tasavvurni yaratish yoki haqiqatdan qochishga urinish emasligini ta\u2019kidlash kerak. Xolisona aytganda, amalga oshirilayotgan strategiyada muayyan xavf va xarajatlar ham mavjud. Masalan, eksport hajmining o\u2018sishi bilan bir qatorda import hamda tashqi qarzning o\u2018sishi ham kuzatilmoqda.<\/p>\n<p>Biroq bu xavflarning barchasi maqbul, ob\u2019ektiv va nazorat qilinadigan darajada. Importning o\u2018sishi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun zarur bo\u2018lgan texnika va texnologiyalar yetkazib berilayotgani tufayli ro\u2018y bermoqda. Tashqi qarz YaIMning taxminan 29 foizini tashkil etadi, bu esa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodchilar o\u2018lchovi bo\u2018yicha mos ko\u2018rsatkichdir. Biz qo\u2018shimcha mablag\u2018larni infratuzilmani yangilash dasturlari va sanoatni modernizatsiya qilish uchun olyapmiz. Boshqacha aytganda, iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini yuksaltirish va uning eksport salohiyatini oshirishga sarmoya kirityapmiz. Demak, olingan kreditlar joriy xarajatlarni to\u2018lash uchun emas, balki kelajakka sarmoya qilinmoqda.<\/p>\n<p><strong>Shu bilan birga, barchamiz jamiyatda yutuqlarga erishish va taraqqiyotni yuksaltirish o\u2018z-o\u2018zidan bo\u2018lmasligini, bu yo\u2018lda o\u2018ziga xos murakkabliklar ham yuzaga kelishini to\u2018g\u2018ri anglashimiz lozim. Chunki, hayotda tez va hech qanday yo\u2018qotishlarsiz hal qilib bo\u2018lmaydigan muammolar ham mavjud. Barcha o\u2018zgarishlar uchun, birinchi navbatda, vaqt va izchillik kerak. Shu sababli amalga oshirilayotgan strategiyaning pirovard muvaffaqiyati va uning to\u2018liq amalga oshirilishi uchun biz jamiyat hayotidagi yangilanishlarni qo\u2018llab-quvvatlashimiz va bu yo\u2018lda birlashishimiz, hamisha oldinga qarab barqaror va og\u2018ishlarsiz harakat qilishimiz lozim.<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1488,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1487","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1487","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1487"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1487\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1492,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1487\/revisions\/1492"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1488"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1487"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1487"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1487"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}