{"id":1455,"date":"2020-08-12T11:18:38","date_gmt":"2020-08-12T09:18:38","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1455"},"modified":"2020-08-12T11:20:23","modified_gmt":"2020-08-12T09:20:23","slug":"%d0%b8%d0%bd%d1%84%d0%be%d1%80%d0%bc%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d0%be-%d0%bd%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%b3%d0%b8%d0%b8","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/08\/12\/%d0%b8%d0%bd%d1%84%d0%be%d1%80%d0%bc%d0%b0%d1%86%d0%b8%d1%8f-%d0%be-%d0%bd%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%be%d0%bd%d0%b0%d0%bb%d1%8c%d0%bd%d0%be%d0%b9-%d1%81%d1%82%d1%80%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%b3%d0%b8%d0%b8\/","title":{"rendered":"YOSHLAR-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot, inson huquqlari ustuvorligi sari"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda \u201cYoshlar-2020: global hamjihatlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari\u201d mavzusidagi inson huquqlari bo\u02bbyicha Samarqand veb-forumi o\u02bbz ishini boshladi.<\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Tadbirda ishtirok etish maqsadida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, inson huquqlari bo\u02bbyicha milliy institutlar, xalqaro va milliy nodavlat notijorat tuzilmalari vakillari, olimlar, ekspertlar, huquqshunoslar, faol yoshlar \u2013 jami 1000 dan ziyod kishi ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Anjumanning ikki kunlik dasturida 50 dan ortiq ma\u02bcruza rejalashtirilgan bo\u02bblib, 15 mamlakatdan 40 xalqaro ma\u02bcruzachi va 10 nafar milliy ma\u02bcruzachi so\u02bbzga chiqishi kutilmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Veb-forumning 4 ta yalpi majlisi davomida \u201cYoshlar huquqlari bo\u02bbyicha xalqaro standartlarning rivojlanishi\u201d, \u201cYoshlar huquqlari va Barqaror rivojlanish maqsadlari\u201d, \u201cYoshlar uchun inson huquqlari bo\u02bbyicha ta\u02bclim\u201d, \u201cTinchlik va xavfsizlikni ilgari surishda yoshlarning roli: 2030-yilgacha yana-da xavfsizroq kelajakka nazar\u201d mavzulari yuzasidan munozaralar bo\u02bblib o\u02bbtadi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Ishtirokchilar 2017-yil 19-sentyabrda O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan BMTning 72-sessiyasida taklif qilingan xalqaro tashabbuslar doirasida ishlab chiqilgan Yoshlar huquqlari bo\u02bbyicha xalqaro konvensiya loyihasini ko\u02bbrib chiqadilar. Navqiron avlodning hozirgi zamonda dunyo miqyosida e\u02bctirof etilishi zarur bo\u02bblgan huquqlari o\u02bbz aksini topgan mazkur tom ma\u02bcnodagi yangi hujjat muhokamasi Samarqand forumining asosiy voqealaridan biri hisoblanadi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Zero, ushbu sohada majburiy mazmunga ega muayyan xalqaro hujjat haligacha qabul qilinmagan. Bu esa butun dunyoda yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy qonunchilik bazasini shakllantirishni murakkablashtirmoqda.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, aholining yoshlar qismiga kimlar mansubligini aniqlash bo\u02bbyicha xalqaro mezonlar ishlab chiqish zarurati ham mavjud. Shu ma\u02bcnoda, yoshlar salohiyatini munosib baholash imkonini beradigan ushbu konvensiya kelgusida yosh avlod hayotiga doir ko\u02bbplab yo\u02bbnalishlar yana-da shiddatli rivojlanishi uchun xizmat qilishi tayin.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Bu haqda so\u02bbz borganda, parlament tizimida yoshlarning roli haligacha munosib qadrlanmayotganini misol sifatida keltirish mumkin. Hozir dunyo miqyosida 30 yoshgacha bo\u02bblgan parlament a\u02bczolari 2,2 foizdan ham ozroqni tashkil etishi ham buni yaqqol tasdiqlaydi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shunga qaramay, parlamentlarning ozchilikdan iborat ana shu navqiron a\u02bczolari ko\u02bbplab masalalar bo\u02bbyicha o\u02bbz qarashlariga ega. Ular mustaqil yondashuv asosida zarur qonun hujjatlarini ishlab chiqishda aholining katta qismini tashkil etuvchi yoshlar ishonchini qozonib kelmoqdalar.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Shu nuqtayi nazardan, Yoshlar huquqlari bo\u02bbyicha xalqaro konvensiyaning BMT tomonidan oliy darajada qabul qilinishi barcha davlatlar yoshlar muammolariga alohida e\u02bctibor qaratishiga turtki beradi. Yanada muhimi, maxsus konvensiya yoshlarga ularning rivojlanish maqsadlarini yana-da jadallashtirishga yo\u02bbnaltirilgan yangi bosqichdagi huquqlarni taqdim etadi.<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1456,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1455","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1455","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1455"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1458,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1455\/revisions\/1458"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1456"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}