{"id":1451,"date":"2020-08-10T18:52:48","date_gmt":"2020-08-10T16:52:48","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1451"},"modified":"2020-08-10T18:52:48","modified_gmt":"2020-08-10T16:52:48","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/08\/10\/%d0%bd%d0%b0-%d1%81%d0%be%d0%b2%d0%b5%d1%89%d0%b0%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d0%be%d0%b4-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d1%81%d0%b5%d0%b4%d0%b0%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%be%d0%bc-%d0%bf\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo\u2018lib o\u2018tgan yig\u2018ilishda atrof-muhitni muhofaza qilish va sog\u2018liqni saqlash masalalari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va xavfsizligini oshirish, ekologik osoyishtalikni ta\u02bcminlash, chiqindilarni qayta ishlash tizimini takomillashtirish masalalari bo\u2018yicha 10-avgust kuni yig\u2018ilish o\u2018tkazdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1597113191.5499.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabarida keltirilishicha, videokonferensaloqa shaklida o\u2018tgan tadbir boshida davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog\u2018liq vaziyatga to\u2018xtalib o\u2018tdi. Xususan, barcha hududlarda davolash o\u2018rinlari va tibbiy uskunalar soni bir necha barobar ko\u2018paytirilgani, tez tibbiy yordam va davolash sifati yaxshilangani natijasida oxirgi bir haftada mamlakatimiz bo\u2018yicha koronavirusdan sog\u2018ayish ko\u2018rsatkichi oshgani qayd etildi. Fuqarolar hayoti va sog\u2018lig\u2018i himoyasini yana-da kuchaytirgan holda, pandemiya sharoitida yashash va ishlashda davom etish, karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish muhimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta\u02bcminlashga muhim siyosiy masala sifatida qaralmoqda. Orol dengizining qurigan tubida o\u2018rmonzorlar barpo etilib, Orolbo\u2018yidagi shahar va tumanlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar jadal amalga oshirilmoqda. Atrof-muhitni va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida chiqindilarni yig\u2018ish va qayta ishlash bo\u2018yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hozirgi pandemiya sharoitida bu masalalar yana-da dolzarb ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>\u2013 Chiqindi tizimini tartibga solish \u2013 hayotimiz, sog\u2018lig\u2018imiz uchun eng muhim vazifalardan biri. Bu inson salomatligi va xavfsizligi, millat kelajagi bilan bog\u2018liq dolzarb masala, \u2013 dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>So\u2018nggi uch yilda chiqindilarni boshqarish sohasiga byudjetdan ajratilgan 390 milliard so\u2018m hisobiga 742 ta maxsus texnika sotib olingan, 204 ta poligon modernizatsiya qilingan.<\/p>\n<p>Tanqidiy ruhda o\u2018tgan yig\u2018ilishda sohada muammolar hali ko\u2018pligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Misol uchun, Izboskan, G\u2018uzor, Chust, Buvayda, Urgut va Shahrixon tumanlarida tozalash xizmati qamrovi respublika ko\u2018rsatkichidan 2 baravar past. Toshkent viloyatida byudjet hisobidan olingan 32 ta, Qashqadaryoda 23 ta maxsus texnika talon-toroj qilingan. \u201cToza hudud\u201d korxonalarining debitor qarzdorligi yuqori.<\/p>\n<p>Joriy yil mart oyida o\u2018tkazilgan yig\u2018ilishda sohadagi ishlar tanqid qilinib, tegishli topshiriqlar berilgan edi. Bugun ularning ijrosi ko\u2018rib chiqildi, qo\u2018shimcha vazifalar belgilandi.<\/p>\n<p>Hozirda sanitar tozalash xizmatlari bilan aholini qamrab olish darajasi 66 foizni tashkil etadi. Yig\u2018ilishda yil yakunigacha bu ko\u2018rsatkichni 90 foizga yetkazish, sohaga xususiy korxonalarni keng jalb etish zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Chiqindilarni qayta ishlashni tartibga solish bo\u2018yicha 14 ta hududdagi tumanlar kesimida alohida qarorlar qabul qilinishi hamda ularning ijrosi yuzasidan nazorat tizimi yo\u2018lga qo\u2018yilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Nodavlat sektor chiqindilarni yig\u2018ish va qayta ishlashda yaxshi samara bermoqda. Qayerda shunday korxonalar ishlayotgan bo\u2018lsa, xizmat sifati ham yuqori, aholi ham rozi. Misol uchun, \u201cBio Texno Eko\u201d kompaniyasi 6 million dollardan ziyod kredit hisobiga 78 ta maxsus texnika va uskunalar xarid qilib, Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlaridagi 285 ming aholiga tozalash xizmati ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Joylarda shunday loyiha qilaman, degan tadbirkorlar ko\u2018p. Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga Qoraqalpog\u2018iston va viloyatlarda davlat-xususiy sheriklik asosida jami 31 ta klaster tashkil etish yuzasidan ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n<p>Ushbu loyihalar hisobiga maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini yil yakunigacha 25 foizgacha, 2021 yilda kamida 35 foizga yetkazish zarurligi belgilandi.<\/p>\n<p>Sanitar-ekologik talabga javob bermaydigan 51 ta chiqindi poligonini maqbullashtirish, bundan tashqari, qurilish chiqindilari uchun 26 ta poligon hamda ularni qayta ishlovchi klasterlar tashkil etish muhimligi aytildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb etilgan mablag\u2018lar natijadorligi ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga bu mablag\u2018lar evaziga boshlangan loyihalarni jadallashtirib, qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan ko\u2018rsatmalar berildi. Davlatimiz rahbari sohani kamxarj va tejamkor texnikalar bilan ta\u02bcminlash muhimligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Muhokamada ekologik nazoratni kuchaytirish masalasiga ham alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Ayrim zavodlar havoga me\u02bcyordan ortiqcha tashlanma chiqarib, atrof-muhitga salbiy ta\u02bcsir ko\u2018rsatmoqda. Bunday holatlar fuqarolarning haqli e\u02bctiroziga sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Shu bois Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo\u2018mitasiga havo ifloslanishini tezkor tahlil qiladigan mobil laboratoriyalar bilan har bir hududni ta\u02bcminlash topshirig\u2018i berildi. Bosh vazir o\u2018rinbosariga atrof-muhitga yuqori va o\u2018rta xavfli 240 ta yirik sanoat korxonasida zamonaviy lokal tozalash inshootlarini o\u2018rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo\u2018yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo\u2018mitasi rahbariyati hamda viloyat hokimlarining hisob\u043eti eshitildi.<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1306,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1451","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1451","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1451"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1451\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1452,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1451\/revisions\/1452"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1306"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1451"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1451"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1451"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}