{"id":1416,"date":"2020-07-10T10:00:41","date_gmt":"2020-07-10T08:00:41","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1416"},"modified":"2020-07-10T18:40:04","modified_gmt":"2020-07-10T16:40:04","slug":"%d1%81%d0%be%d0%be%d1%82%d0%b5%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b2-%d0%bd%d0%b5-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d1%8f%d1%8e%d1%82-%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bd","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/07\/10\/%d1%81%d0%be%d0%be%d1%82%d0%b5%d1%87%d0%b5%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d0%b8%d0%ba%d0%be%d0%b2-%d0%bd%d0%b5-%d1%80%d0%b0%d0%b7%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d1%8f%d1%8e%d1%82-%d0%b3%d1%80%d0%b0%d0%bd\/","title":{"rendered":"Xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni biz uchun juda muhim"},"content":{"rendered":"<p>So\u2018nggi yillarda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini qo\u2018llab-quvvatlash, shuningdek, huquq hamda manfaatlarini har tomonlama himoyalashga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1594417007.3213.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o\u2018rinbosari Erkin \u00adHamroyev bilan suhbatimiz mazkur yo\u2018nalishdagi sa\u2019y-harakatlar, jumladan, vazirlikning chet ellardagi vatandoshlar bilan hamkorligi xususida bo\u2018ldi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u2014 Erkin Jalilovich, taraqqiyotga erishgan davlatlar tajribasiga e\u2019tibor qaratsak, bunda vatandoshlar bilan yo\u2018lga qo\u2018yilgan aloqalar muhim o\u2018rin \u00adtutishiga guvoh bo\u2018lamiz.\u00a0<\/strong><strong>Ochig\u2018i, tan olish kerak, biz uzoq yillar mobaynida ushbu masalaga yetarlicha ahamiyat bermadik. Prezident \u00adShavkat Mirziyoyevning sa\u2019y-harakatlari va tashabbusi tufayli oxirgi to\u2018rt yilda vatandoshlar bilan izchil hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yildi. Ayting-chi, mana shunday pragmatik muloqotning \u00admuhimligi nimada?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 To\u2018g\u2018ri aytasiz, hozirgi vaqtda ko\u2018plab vatandoshlarimiz iqtisodiyotimiz, ijti\u00admoiy soha, ilm-fan, madaniyat, sport va boshqa yo\u2018nalishlarni rivojlantirishga, o\u2018zlarining tarixiy Vatani \u2014 O\u2018zbekistonning obro\u2018sini oshirish hamda uning tashqi dunyo bilan \u00admunosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo\u2018shib kelishmoqda.<\/p>\n<p>Vatandoshlar bilan hamkorlik qilishning uzoq muddatli va mustahkam tizimini \u00adyaratish hamda 2017 \u2014 2021 yillarda O\u2018zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u2018nalishi bo\u2018yicha Harakatlar \u00adstrategiyasida belgilangan vazifalarni to\u2018laqonli amalga oshirish maqsadida \u00adPrezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilning 25 oktyabr kuni \u00abXorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan \u00adhamkorlik sohasida O\u2018zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomil\u00adlashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p>Ushbu hujjat asosida Xorijda is\u00adtiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O\u2018zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi va ular bilan hamkorlikni rivojlantirish bo\u2018yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Asosiy maqsad \u2014 vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, davlat tomonidan ularni rag\u2018batlantirish, salohiyatlarini mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlashga, davlatimizning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlashga jalb qilishdir.<\/p>\n<p>Mavjud ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, bugungi kunda xorijiy davlatlardagi O\u2018zbekiston \u00adfuqarolarining soni 2,5 milliondan ortiq (Rossiya Federatsiyasida 1,5 mln.dan, AQShda 100 mingdan, Qozog\u2018istonda 140 mingdan, Qirg\u2018izistonda 13 mingdan, Tojikistonda 5 mingdan ziyod, Yevropa davlatlarida 50 ming, Yaponiyada esa 4 mingga yaqin).<\/p>\n<p>Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarda 49 000 dan ortiq (Rossiya Federatsiyasida 17 488, Qozog\u2018istonda 17 000 dan ziyod, Janubiy Koreyada 10 000 ga yaqin, Polshada 1600 dan ortiq, Yevropaning \u00adboshqa davlatlarida 1000 dan ko\u2018p, \u00adYaponiyada 700 dan ziyod) o\u2018zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, fuqarolarimizning aksariyati xorijga borganidan so\u2018ng O\u2018zbekis\u00adton Respublikasining diplomatik vakolatxonalari konsullik ro\u2018yxatida turmasligi hamda chet el davlatlardagi shaxsiy ma\u2019lumotlarning qonun tomonidan himoyalanganligi (shaxsning roziligisiz oshkor etmaslik) ular to\u2018g\u2018risida aniq ma\u2019lumotlar olish, ayrim hollarda huquq va erkinliklarini himoya qilish bo\u2018yicha tezkor yordam ko\u2018r\u00adsatishga to\u2018siq bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda yuqorida aytib o\u2018tganimdek, xorijdagi ko\u2018plab vatandoshlarimiz respublikamizning rivojlanishida bevosita qatnashish maqsadida O\u2018zbekistonga qaytib kelib, o\u2018zlarining hissalarini qo\u2018shishmoqda. Xususan, ular safidan yuqori malakali mutaxassislar O\u2018zbekiston Respublikasining davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari hamda joylardagi ijro hokimiyati va \u00adboshqa davlat tashkilotlariga ishga qabul qilindilar. Hozir 130 nafardan ortig\u2018i rahbar hamda mas\u2019ul lavozimlarda faoliyat olib bormoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarimiz xorijdagi hamyurtlarimiz tomonidan tuzilgan tashkilotlar, o\u2018zbek milliy va madaniy markazlari bilan yaqin aloqalar o\u2018rnatgan, oxirgi yillarda ular bilan birgalikda 700 dan ziyod tadbirlar \u2014 uchrashuvlar, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar, videokonferensiyalar, konsert\u00adlar uyushtirilganini alohida aytib o\u2018tish o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O\u2018zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasidan ko\u2018zlangan maqsad haqida ham batafsil to\u2018xtalib o\u2018tsangiz.<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Mazkur konsepsiya \u2014 davlatning ushbu yo\u2018nalishdagi siyosatining prinsiplari, maqsadlari va mexanizmlarini namoyon etadigan qarashlarning yagona tizimidir.<\/p>\n<p>Hujjatning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>\u2014 xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan prinsiplari va normalari, istiqomat qilayotgan mamlakatning qonunlari hamda O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shart\u00adnomalari asosida chet ellardagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda yordam ko\u2018rsatish;<\/p>\n<p>\u2014 O\u2018zbekiston madaniy, ilmiy hamda ma\u2019naviy merosini keng targ\u2018ib qilish, uni \u00addunyoda o\u2018rganish va ommalashtirish, istiqomat qilayotgan mamlakatlarida o\u2018zbek tilini, madaniyatini hamda an\u2019analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan \u00advatandoshlarimizning faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash, ularning O\u2018zbekistonda ta\u2019lim olish imkoniyatlarini kengaytirish;<\/p>\n<p>\u2014 O\u2018zbekiston Respublikasining ijti\u00admoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga hamda uning xorijiy mamlakatlar bilan o\u2018zaro manfaatli va do\u2018stona munosabatlarini rivojlantirishga o\u2018z hissasini qo\u2018shishni istagan vatandoshlar hamda ular tomonidan tuzilgan tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;<\/p>\n<p>\u2014 O\u2018zbekiston hududida vatandoshlarning kasbiy, shu jumladan, tadbirkorlik, sarmoya\u00addorlik, ilmiy, ma\u2019rifiy hamda madaniy faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy shart-\u00adsharoitlar yaratish;<\/p>\n<p>\u2014 O\u2018zbekistonda olib borilayotgan keng ko\u2018lamli ijtimoiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy-siyosiy islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlash, shuningdek, O\u2018zbekiston Respublikasining \u00adxalqaro obro\u2018-e\u2019tiborini yanada mustahkamlashga vatandoshlar salohiyatini jalb qilish.<\/p>\n<p>Ayni paytda mazkur hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi izchil davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Ma\u2019lumki, chet eldagi vatandoshlarni yurtimiz rivoji uchun hissa qo\u2018shishga jalb qilish maqsadida ularga muayyan yengilliklar yaratib berish ko\u2018zda tutilgan. Xo\u2018sh, vatandoshlarimizning salohiyatidan foydalanish, ularni \u00adVatanga investitsiya kiritishga rag\u2018batlantirish bo\u2018yicha qanday rejalar ishlab chiqildi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 2019 yil 25 martda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining \u00abO\u2018zbekiston Respublikasiga xorijdan ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizomni tasdiqlash haqida\u00bbgi qarori qabul qilingan. Mazkur hujjatga ko\u2018ra, vatandoshlarga tasdiqnoma berish uchun imtiyozli tartib joriy etilgan, tasdiqnoma olish uchun to\u2018lov miqdori kamaytirilgan.<\/p>\n<p>Shu asosda O\u2018zbekiston Respublikasi \u00adBandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan vatandoshlarga mamlakatimiz hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Qolaversa, 2019 yil 17 aprelda O\u2018zbekis\u00adton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xorijda yashayotgan \u00advatandoshlar va ularning oila a\u2019zolarini O\u2018zbekistonga taklif etishni rasmiylashtirish, ko\u2018p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiy\u00adlashtirish bo\u2018linmalari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi belgilangan.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan joriy yil iyun oyida Farg\u2018ona viloyatiga amalga oshirilgan tashrif davomida vatandoshlar bilan tizimli ishlash bo\u2018yicha bir qator vazifalar berildi.<\/p>\n<p>Ushbu topshiriqlarni amalga oshirish maqsadida 2020 yilning ikkinchi yarmida Tashqi ishlar vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda xorijdagi vatandoshlarimizning investitsion salohiyatini, ularning bilim hamda tajribasini O\u2018zbekistondagi taraqqiyot jarayonlariga jalb etish, ular orasidan investorlar, malakali mutaxassislar, xalqaro tashkilotlar vakillari, olim va talabalardan iborat \u00abOltin daftar\u00bb reyestrini shakllantirish, ularga muayyan yengilliklar \u00adyaratib berish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Pandemiya davrida Vatanga qaytish istagida bo\u2018lgan yurtdoshlarimiz bilan bog\u2018liq ayrim muammolar yuzaga kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda ko\u2018plab murojaatlar paydo bo\u2018ldi. Ayting-chi, O\u2018zbekistonga qaytishni istagan vatandoshlarimizning hammasi olib kelindimi? Shu haqda ma\u2019lumot bersangiz.<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Dunyo bo\u2018ylab COVID-19 pandemiyasi \u00adtarqalishi bois O\u2018zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo\u2018yicha Respublika maxsus komissiyasi tashkil etildi.<\/p>\n<p>Ushbu komissiyaning tegishli bayoniga muvofiq, 2020 yilning 16 martidan mamlakatimizda tegishli karantin choralari qo\u2018llanilmoqda. Shular qatorida, O\u2018zbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan doimiy aviaqatnovlarni vaqtincha to\u2018xtatdi.<\/p>\n<p>Chet ellardagi O\u2018zbekistonga qaytish istagini bildirgan fuqarolarimizning o\u2018sha davlatlardagi O\u2018zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan tegishli ro\u2018yxati shakllantirilib, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan, charter reyslar orqali respublikamizga olib kelinmoqda. Shu kunga qadar 89 182 nafar (shundan 27 348 nafari charter reyslar, 1 245 nafari temir yo\u2018l qatnovlari va 60 589 nafari avtotransport orqali) O\u2018zbekiston fuqarosi respublikamizga qaytarildi. Ayni vaqtda 90 mingga yaqin fuqarolarimiz O\u2018zbekistonga qaytish istagini bildirgan va tegishli ro\u2018yxatga kiritilgan.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida, Rossiya, Turkiya va boshqa ayrim davlatlarda COVID-19 pandemiyasi bilan bog\u2018liq karantin choralari bosqichma-bosqich yengillashtirilayotganligi bois ushbu davlatlarga mehnat migranti sifatida ketgan fuqarolarimiz o\u2018z ish joylariga qaytmoqda va O\u2018zbekistonga qaytish qarorini o\u2018zgartirmoqda.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Koronavirusga qarshi kurashda xorijdagi vatandoshlarimiz ham o\u2018z yordamini berayotganini ko\u2018rib, eshitib turibmiz. Mana shu saxovat ishlarida qaysi davlatlardagi vatandoshlarimizni alohida e\u2019tirof etgan bo\u2018lardingiz?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Bu ko\u2018rinmas \u00abyov\u00bbga qarshi kurashda kimnidir alohida e\u2019tirof etish unchalik ham to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi, deb hisoblamayman. Chunki ushbu pandemiya tufayli qiyin va nochor ahvolga tushib qolgan fuqarolarimizga xorijdagi barcha saxiy vatandoshlarimiz, homiylar, ishbilarmon doiralar vakillari mablag\u2018lari hamda diplomatik vakolatxonalardagi xodimlarimiz o\u2018z hisoblaridan ko\u2018mak berilmoqda.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda ta\u2019kidlash joizki, koronavirus pandemiyasi oqibatida qiyin ahvolda qolgan Rossiya Federatsiyasidagi O\u2018zbekiston fuqarolariga bir martalik moddiy yordam to\u2018lanadigan \u00abMehr\u00bb loyihasi joriy qilindi.<\/p>\n<p>Mazkur mablag\u2018larning asosiy qismini elchixonaning maxsus ochilgan hisob varag\u2018iga homiylar tomonidan tushgan mablag\u2018lar tashkil etadi. To\u2018lovlar quyidagi toifadagi fuqarolarga ajratilmoqda. Xususan, nogironligi bo\u2018lganlar, qaramog\u2018ida 2 yoshga to\u2018lmagan farzandi bor hamda homiladorlik \u00admuddati 7 oydan oshgan ayollar, COVID-19 tashxisi tasdiqlangan fuqarolar hamda \u00adRossiya oliy ta\u2019lim muassasalarining \u00adkunduzgi ta\u2019lim shaklida tahsil olayotgan talabalar.<\/p>\n<p>Shu kabi xayriya aksiyalari Vatanimizning xorijiy davlatlardagi barcha diplomatik va konsullik muassasalarining kundalik ish faoliyatiga aylanib ulgurgan.<\/p>\n<p>Bugungi kunda chet eldagi vakolatxonalarimiz tomonidan homiylik mablag\u2018larini jalb qilgan holda 43 mingdan ziyod fuqarolarimizga moliyaviy va moddiy yordam \u00adko\u2018rsatildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda hozirgi vaqtda chet elda bo\u2018lib turgan fuqarolarimizdan sabr-toqatli bo\u2018lishni va o\u2018zlari turgan davlatlardagi karantin qoidalariga qat\u2019iy rioya qilishlarini yana bir bor so\u2018rab qolamiz.<\/p>\n<p><strong>\u2014 Vatandoshlar haqida so\u2018z yuritganda mehnat migrantlari \u00adxususida alohida to\u2018xtalishimiz tabiiy. Bugungi kunda eng ko\u2018p mehnat migrantlari Rossiya Federatsiyasida faoliyat yurityapti. Ularga qulaylik va yengilliklar \u00adyaratishda yana qanday yangiliklar bo\u2018lishi mumkin? Boshqa mamlakatlarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz ahvoli qanday?<\/strong><\/p>\n<p>\u2014 Bugungi kunda O\u2018zbekiston Respublikasining Rossiya hududida, jumladan, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk \u00adshaharlarida hamda Qozog\u2018iston hududida \u2014 Nur-Sulton, Olmaota, Oqtau shaharlarida diplomatik va konsullik vakolatxonalar \u00adfaoliyat yuritib kelmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Qozog\u2018istondagi Sari\u00adag\u2018ash hamda Rossiya Federatsiyasining Tula, Samara va Saransk shaharlarida Bosh \u00adkonsulxonalarni ochish masalalari ko\u2018rib \u00adchiqilmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Janubiy Koreya, Rossiyadagi elchixona hamda konsullik muassasalarimizda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakillari o\u2018z faoliyatlarini olib bormoqda. Hozirgi kunda agentlikning Turkiya, Latviya va Finlyandiyada vakolatxonalarini ochish bo\u2018yicha muzokaralar olib borilyapti.<\/p>\n<p>Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida Rossiya Federatsiya\u00adsiga borgan, ammo mavjud cheklovlar sababli ishsiz qolgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash, ularning huquq hamda erkinliklarini ta\u2019minlash va himoya qilish maqsadida, O\u2018zbekiston Respublikasining vakolatxonalari konsullik okrugi hududidagi Mehnat vazirliklari, davlat mehnat inspeksiyalari, bandlikka ko\u2018maklashish markazlari hamda ishchi kuchiga ehtiyoji bo\u2018lgan turli korxona va tashkilotlar bilan doimiy ravishda muzokaralar hamda hamkorlik ishlarini olib borishmoqda.<\/p>\n<p>Qolaversa, vakolatxonalar tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolariga o\u2018z mehnat faoliyatlarini davom ettirayotgan davr mobaynida, ularning moslashishlari, ishga joylashish, hayotiy qiyin vaziyatga tushib qolgan taqdirda mehnat migrantlariga o\u2018z vaqtida zaruriy yordam ko\u2018rsatish imkoniyatlarini yanada ken\u00adgaytirish maqsadida \u00abRossiya migrantlari federatsiyasi\u00bb (Federatsiya migrantov Rossii) jamoat tashkilotining hududiy bo\u2018linmalari bilan o\u2018zaro hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining vakolatxonalari tomonidan bir necha bor yuborilgan yig\u2018ma-tahlil ma\u2019lumotlarda \u00abRab\u043eta v Rossii\u00bb elektron portali nafaqat Tashqi mehnat migratsiya agentligi tizimida, balki xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun ochiq bo\u2018lib, to\u2018liq ishga tushirilishi kerakligi ta\u2019kidlangan. O\u2018z navbatida, ushbu elektron portal Rossiya mehnat bozorini, uning doimiy va o\u2018zgaradigan talablarini tahlil qilishda hamda chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo\u2018lgan fuqarolarni kasbiy yo\u2018naltirilishida imkoniyat berishi ma\u2019lum qilingan.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi hududida karantin choralari bosqichma-\u00adbosqich yumshatilayotgani bois ushbu \u00addavlatda mehnat faoliyatini davom \u00adettirish niyatida bo\u2018lgan fuqarolar Bosh konsulxonalarga bo\u2018sh ish o\u2018rinlari to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotni olish uchun murojaat qilmoqdalar.<\/p>\n<p>Ishlash istagidagi fuqarolarga \u00abRab\u043eta v Rossii\u00bb elektron platformasi orqali ish izlash imkoniyati mavjudligi, ushbu platforma yordamida fuqaroning yashab turgan hududida bo\u2018sh ish o\u2018rinlari haqida ma\u2019lumotlarni doimiy ravishda olish mumkinligi ma\u2019lum qilinmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, boshqa mamlakatlardagi mehnat migrantlarining aksariyati hozirgi pandemiya sharoitida Vatanga qaytish niyatini bildirganini ham aytish o\u2018rinlidir.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, hozirgi kunda \u00adTashqi ishlar vazirligida ham konsullik \u00adxizmatlarini masofadan turib, ya\u2019ni interfaol usulda amalga oshirish yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda. Xususan, ayni paytda chet elda fuqarolik pasportini yo\u2018qotgan fuqarolarga \u00abO\u2018zbekistonga qaytish guvohnomasi\u00bbni rasmiylashtirish, chet elda yashab turgan fuqarolarimizga doimiy yoki vaqtinchalik konsullik ro\u2018yxatidan o\u2018tish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, \u00adkeyingi bosqichda fuqarolik holatlari (tug\u2018ilish, nikoh va boshqa guvohnomalar) bo\u2018yicha onlayn xizmatlar yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Omonulla FAYZIYEV<\/strong><\/p>\n<p><strong>(\u00abXalq so\u2018zi\u00bb) suhbatlashdi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00abXalq so\u2018zi\u00bb gazetasi 10.07.2020y.<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1413,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1416","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1416","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1416"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1416\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1425,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1416\/revisions\/1425"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1413"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1416"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1416"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1416"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}