{"id":1410,"date":"2020-07-09T13:14:02","date_gmt":"2020-07-09T11:14:02","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1410"},"modified":"2020-07-09T13:14:02","modified_gmt":"2020-07-09T11:14:02","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/07\/09\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd%d0%b0-%d0%b5%d0%b4%d0%b8%d0%bd%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti: Pandemiyadan kuchli bo\u2018lib chiqishning birdan bir yo\u2018li \u2013 kichik biznes va tadbirkorlikka qulay muhit yaratish"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o\u2018tkazilgan videoselektor yig\u2018ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini so\u2018zsiz ta\u2019minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1594267524.8144.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, pandemiyadan kuchli bo\u2018lib chiqishning birdan bir yo\u2018li \u2013 bu kichik biznes va tadbirkorlikka qulay muhit yaratish, dedi davlatimiz rahbari.<\/p>\n<p>Murakkab sharoitga qaramay, ushbu sohani har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha zarur choralar ko\u2018rilmoqda, lekin ba\u2019zi hududlarda bu boradagi ishlar qoniqarli emasligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Karantin talablarining yumshatilishi natijasida korxonalar faoliyati tiklandi. Biroq 69 mingta tadbirkorning faoliyatini jonlantirish kerakligi, joylardagi rahbarlar 9 oy yakuni bo\u2018yicha ularning kamida 70 foizini, yil yakuniga qadar to\u2018liq quvvat bilan ishlashiga mas\u2019ul va javobgarligi belgilandi.<\/p>\n<p>Mamlakat miqyosidagi mutasaddilarga hududlarga borib tushumi kamaygan korxonalar bilan tizimli ishni yo\u2018lga qo\u2018yish vazifasi yuklatildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ta\u2019kidlanganidek, tadbirkorlar karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yong\u2018in xavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelmoqda. Shu bois, tadbirkorlarning murojaatlari va takliflari asosida joriy tartiblarni qayta ko\u2018rib chiqib, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushunarli shaklda aholiga yetkazish topshirig\u2018i berildi.<br \/>\n<img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/57.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018tgan yilda ro\u2018yxatdan o\u2018tgan tadbirkorlarning, ya\u2019ni, yangi biznes sub\u2019ektlarining 23 mingtasi yoki 24 foizi bugungi kunda faoliyat ko\u2018rsatmayapti. Mas\u2019ul rahbarlar ular bilan muloqot qilishi, tez fursatlarda ularni ishga tushirish choralari ko\u2018rilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Bunda tadbirkorga ko\u2018proq sharoit yaratib berish, jumladan, elektr, gaz, suv ta\u2019minoti, yo\u2018l, kredit bilan bog\u2018liq masalalarni yechib berish lozimligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo\u2018llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqish topshirig\u2018i berildi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o\u2018qitish, sub\u2019ektni ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi.<\/p>\n<p>Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta\u2019minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Xizmat ko\u2018rsatishni rivojlantirish uchun eng qulay, ko\u2018p va yuqori daromadli ish joylari tashkil etish mumkin bo\u2018lgan 31 ta o\u2018rta shaharlarda infratuzilmani yaxshilash, yer resurslari va bino-inshootlardan to\u2018g\u2018ri foydalanish, rejalashtirish, boshqaruv va jamoat transportini to\u2018g\u2018ri tashkil etish aholi daromadi o\u2018sishiga keskin turtki beradi.<\/p>\n<p>Ushbu shaharlarni xizmat ko\u2018rsatish markazlariga aylantirish, buning uchun shahar rahbarlariga tizim yaratish va aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish topshirig\u2018i berildi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda soliq tizimini isloh qilish bo\u2018yicha aniq choralar ko\u2018rilishi natijasida biznes ixtiyorida 2019 yilda 12 trillion so\u2018m qoldi, 2020 yilda yana 11 trillion so\u2018m mablag\u2018 qolishi kutilmoqda. Endi yangi vazifa, ya\u2019ni, \u201cSoliq idorasi \u2013 tadbirkorga ko\u2018makchi\u201d tizimini yo\u2018lga qo\u2018yish topshirig\u2018i berildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, 1 iyuldan boshlab ilk marotaba tadbirkorlarga qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ining bir qismini qaytarish mexanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali joriy yilning birgina uchinchi choragida tadbirkorlarga 700 milliard so\u2018mni aylanma mablag\u2018 sifatida o\u2018zida qoldirish imkoniyati yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, mutasaddilarga ushbu yangi tizim imkoniyatlarini barcha tadbirkorlar e\u2019tiboriga yetkazish va ijrosini barcha hududlarda samarali tashkil etish vazifasi yuklatildi.<\/p>\n<p>Undan tashqari, Prezident joylarda haligacha tadbirkorlarga yer va bino-inshootlar ajratishda ko\u2018plab to\u2018siqlar mavjudligini ko\u2018rsatib o\u2018tdi. Bularni ochiq savdoga, elektron auksionga chiqarish jarayonlarini jonlantirish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>\u2013 Sohadagi o\u2018zgarishlarni odamlar sezishi kerak, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda buni keng yoritib borish zarur, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<br \/>\n<img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/58.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim masala \u2013 byudjet daromadlari ijrosini ta\u2019minlash. Davlatimiz rahbari bu borada ko\u2018rilayotgan choralarning samarasini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda, shuningdek, kambag\u2018allikni kamaytirish bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlarga ham to\u2018xtab o\u2018tildi. Davlatimiz rahbari kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta xonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.<\/p>\n<p>Ehtiyojmand aholini ishga joylashtirish ko\u2018rsatkichi eng past sektorlar ta\u2019kidlanar ekan, ularning rahbarlariga jazo choralari ko\u2018rildi.<\/p>\n<p>Jumladan, Farg\u2018ona tumani hokimi Nosirov, Yakkabog\u2018 tumani prokurori Mustafayev, G\u2018uzor va Chortoq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Raxmonov va Abdurayimov, Muborak tumani va Qo\u2018qon shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Temirov va Turdiqulovlarni egallab turgan lavozimlaridan ozod etish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Sho\u2018rchi tumani hokimi Xudayberganov, Kattaqo\u2018rg\u2018on, Koson va Payariq tumanlari ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari Otamurodov, Otaqulov va Shermuxamedov, Narpay, G\u2018allaorol tumanlari va Guliston shahar soliq inspeksiyalari boshliqlari Dehqonov, Mamayev va Radjabovlarga nisbatan oxirgi ogohlantirish sifatida \u201chayfsan\u201d e\u2019lon qilinishi belgilandi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/59.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/60.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/61.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":782,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1410","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1410","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1410"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1410\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1411,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1410\/revisions\/1411"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/782"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1410"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1410"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1410"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}