{"id":1389,"date":"2020-06-28T15:00:09","date_gmt":"2020-06-28T13:00:09","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1389"},"modified":"2020-06-28T15:00:37","modified_gmt":"2020-06-28T13:00:37","slug":"ozbekcha-ozbekiston-va-bmt-barqaror-rivojlanish-maqsadlariga-erishish-yolida-hamkorlik","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/06\/28\/ozbekcha-ozbekiston-va-bmt-barqaror-rivojlanish-maqsadlariga-erishish-yolida-hamkorlik\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo\u2018lida hamkorlik"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi imzolanganiga 75 yil to\u2018ldi. Xalqaro huquq vositasi bo\u2018lgan mazkur hujjat 1945 yil 26 iyun kuni San-Fransisko (AQSh) shahrida 50 ta davlat, jumladan, sobiq SSSR, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Ukraina va Fransiya tomonidan imzolangan.<\/p>\n<p><!--more--><\/p>\n<div class=\"description-img text-center\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/uploads\/post\/1593291666.5.jpg\" alt=\"\" \/><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">1945 yil 24 oktyabr kuni kuchga kirgan BMT Nizomida tashkilotning tuzilmasi, mojarolarni hal qilish va tajovuzkor harakatlar, tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarga javob berishning asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Ushbu sana BMT tashkil topgan kun sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/%D0%9D%D0%A6%D0%9F%D0%A7-1.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi BMT Bosh kotibi chaqirig\u2018iga javoban, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topganiga 75 yil to\u2018lishi munosabati bilan \u00abBMT 75 yoshda: kelajakka nigoh\u00bb mavzuidagi turkum global munozaralarni uyushtirmoqda.<\/p>\n<p>Global munozaralarning dastlabkisi \u00abO\u2018zbekiston va BMT: Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo\u2018lidagi hamkorlik\u00bb deb nomlandi. Anjuman O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hamda BMTning O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.<\/p>\n<p>26 iyun kuni videokonferensaloqa shaklida o\u2018tkazilgan ushbu xalqaro forum ishida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, O\u2018zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, BMT Bosh kotibining o\u2018rinbosari va Tashkilot tashkil topgan kunning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko\u2018rish bo\u2018yicha Maxsus maslahatchisi Fabritsio Xoxshild, BMT Bosh kotibining o\u2018rinbosari, BMTning Jenevadagi bo\u2018limi bosh direktori Tatyana Valovaya, BMT Bosh kotibining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo\u2018yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German, BMTning O\u2018zbekistondagi Doimiy vakili Helena Freyzer, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari, elchilar, shuningdek O\u2018zbekiston hukumati a\u2019zolari, vazirlar, parlament a\u2019zolari, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud rahbarlari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjumanning rasmiy ochilishida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Forum ishtirokchilariga tabrigini O\u2018zbekiston parlamenti Senatining Raisi T.Norboyeva o\u2018qib eshittirdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari o\u2018z tabrigida \u201cO\u2018zbekiston BMTning Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro shartnomalarning maqsad va tamoyillariga sodiq hamda o\u2018z zimmamizga olgan majburiyatlarimizni og\u2018ishmasdan bajarib kelmoqdamiz. Bu biz amalga oshirayotgan, 2017-2021 yillarga mo\u2018ljallangan Milliy harakatlar strategiyasining eng muhim yo\u2018nalishlaridan biridir\u201d, deya ta\u2019kidlagan.<\/p>\n<p>Anjuman ishtirokchilari e\u2019tiboriga BMT Bosh kotibi Antonio Gutterishning video-murojaati namoyish etildi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/%D0%9D%D0%A6%D0%9F%D0%A7-3.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMT Bosh kotibining o\u2018rinbosari va Tashkilot tashkil topgan kunning 75 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko\u2018rish bo\u2018yicha Maxsus maslahatchisi F.Xoxshild hamda BMT Bosh kotibining o\u2018rinbosari, BMTning Jenevadagi Bo\u2018limi Bosh direktori T.Valovaya anjuman ishtirokchilarini qutladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o\u2018rinbosari, Inson huquqlari bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ta\u2019kidlaganidek, ushbu xalqaro forum BMT Nizomi imzolangan tarixiy kunda o\u2018tkazilayotganida, uning ishida BMT va ushbu nufuzli Tashkilotning butun dunyodagi tuzilmalaridan oliy darajadagi vakillar ishtirok etayotganida hamda mazkur anjuman yer yuzidagi insonlar hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikning muhimligini alohida urg\u2018ulashda o\u2018ziga xos ramziy ma\u2019no bor.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyodagi yagona, tom ma\u2019noda universal xalqaro tashkilot hisoblanadi. BMT davlatlarning o\u2018z sarhadlaridan tashqariga chiqadigan masalalarni hal etib kelmoqdaki, bu muammolarga bironta mamlakatning yolg\u2018iz o\u2018zi yechim topishi mushkul.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan 28 yil muqaddam yangi demokratik davlat \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi \u2013 Tashkilotning teng huquqli a\u2019zosiga aylandi. Shundan buyon biz o\u2018z masalalarimizni hal etishda doim BMT ko\u2018magiga tayanib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ta\u2019kidlaganidek, \u201cOldimizda turgan muammolarni hech bir mamlakat, hech qaysi jamiyat yakka holda hal eta olmaydi va shuning uchun barcha sa\u2019y-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur. Biz nafaqat so\u2018zlashimiz, balki tinglashimiz ham lozim\u201d.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/dunyo.info\/admin\/uploads\/%D0%9D%D0%A6%D0%9F%D0%A7-4.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta\u2019kidlaganidek, \u00abO\u2018zbekiston BMT tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi\u00bb.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u2019lumki, bundan besh yil avval BMTga a\u2019zo-davlatlar 2030 yilgacha mo\u2018ljallangan Barqaror rivojlanish kun tartibini qabul qilgandi. O\u2018zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo\u2018yicha Milliy indikatorlar hayotga samarali tadbiq etilmoqda. Mamlakatimiz Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo\u2018yicha o\u2018zining ilk Ixtiyoriy milliy sharhini keng jamoatchilik muhokamasidan o\u2018tkazib, BMT Iqtisodiy va Ijtimoiy kengashiga taqdim etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xalqaro forum munozaralari doirasida bugungi kunda BMT oldida turgan dolzarb muammolar va O\u2018zbekistonning xalqaro maydonda ortib borayotgan roli atroflicha muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Onlayn-muloqot ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan g\u2018oya va takliflar 2020 yil sentyabrida davlat boshliqlari va BMT rahbariyati muhokamasi uchun taqdim etilishi kutilmoqda.<\/p>\n<p><strong>Inson huquqlari bo\u2018yicha<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>Milliy markazining<\/strong><\/p>\n<p><strong>matbuot xizmati<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi imzolanganiga 75 yil to\u2018ldi. Xalqaro huquq vositasi bo\u2018lgan mazkur hujjat 1945 yil 26 iyun kuni San-Fransisko (AQSh) shahrida 50 ta davlat, jumladan, sobiq SSSR, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSh, Ukraina va Fransiya tomonidan imzolangan.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1390,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1389"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1392,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1389\/revisions\/1392"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1390"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}