{"id":1348,"date":"2020-06-15T15:58:59","date_gmt":"2020-06-15T13:58:59","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1348"},"modified":"2020-06-15T16:06:04","modified_gmt":"2020-06-15T14:06:04","slug":"ozbekcha-toshkent-avtovokzalidan-qaysi-hududlarga-avtobuslar-qatnovi-tiklandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/06\/15\/ozbekcha-toshkent-avtovokzalidan-qaysi-hududlarga-avtobuslar-qatnovi-tiklandi\/","title":{"rendered":"\u201cToshkent\u201d avtovokzalidan qaysi hududlarga avtobuslar qatnovi tiklandi?"},"content":{"rendered":"<p>Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq 15-iyundan \u201csariq\u201d va \u201cyashil\u201d toifaga kiruvchi hududlar o\u02bbrtasida mahalliy yo\u02bbnalishlarda avtobuslar harakati qayta yo\u02bblga qo\u02bbyilgani haqida xabar bergan edik.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"\u201cToshkent\u201d avtovokzalidan qaysi hududlarga avtobuslar qatnovi tiklandi?\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/70c\/photo_2020_06_15_15_04_33.jpg\" alt=\"\u201cToshkent\u201d avtovokzalidan qaysi hududlarga avtobuslar qatnovi tiklandi?\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<p>Avtobuslar qaysi hududlarga boradi? Chiptalar narxi qancha? Avtovokzalda karantin qoidalariga to\u02bbliq rioya qilinmoqdami?<\/p>\n<p>O\u02bbzA muxbirlari shu kabi savollarga javob topish maqsadida \u201cToshkent\u201d avtovokzalida bo\u02bblib qaytdi.<\/p>\n<p>Avtovokzalga kirishda tana haroratingiz o\u02bblchanadi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo\u02bblganlarga avtovokzal xizmatlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi. Hududda maxsus yo\u02bblakchalar qilingan, o\u02bbrindiqlar, kassa oldida ijtimoiy masofa saqlanishini eslatuvchi belgilar o\u02bbrnatilgan.<\/p>\n<p>\u2013 Avtovokzalda Respublika maxsus komissiyasining barcha talablari amalga oshirilmoqda. Jumladan, hudud har to\u02bbrt soatda dezinfeksiya qilinmoqda. Yo\u02bblovchilar chipta xarid qilish uchun vokzalga kelishi shart emas. Ular avtoticket.uz (http:\/\/%D0%B0vtoticket.uz) veb-sayti orqali kerakli yo\u02bbnalishni osongina topishi va chiptalarni tezkorlik bilan xarid qilishi mumkin. Bundan tashqari, 71-207-87-00 ishonch telefoni orqali ham qo\u02bbshimcha ma\u02bclumot olish imkoniyati yaratilgan, \u2013 dedi \u00abO\u02bbzavtovokzal\u00bb DUK direktori vazifasini bajaruvchi Mirakbar Ikromov.<\/p>\n<p>Kassa xodimidan qaysi yo\u02bbnalishlarga avtobuslar qo\u02bbyilganini so\u02bbradik. Ma\u02bclum qilishicha, Samarqand, Qarshi, Termiz, Denov, Navoiy, Urganch va Nukusga chiptalar bor. Yo\u02bbl haqqi oshirilmagan, karantindan oldingi narxlar saqlab qolingan.<\/p>\n<p>Avtovokzalda avtobuslar yo\u02bblovchilarni \u201ckutib\u201d turibdi. Avtobuslar yo\u02bblga chiqishidan avval va manziliga yetib borganidan so\u02bbng ham dezinfeksiya qilinadi.<\/p>\n<p>\u2013 Korxonamiz parkini zamonaviy avtobuslar bilan ta\u02bcminlash uchun Xitoyning \u201cZhengzhou Yutong Bus Co. Ltd.\u201d kompaniyasidan 168 ko\u02bbp o\u02bbrindiqli avtobus sotib olganmiz. Pandemiyagacha korxona 19 shaharlararo va 19 xalqaro yo\u02bbnalishda muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelayotgan edi. Bugun karantin qoidalariga rioya qilish bo\u02bbyicha haydovchilarga tegishli ko\u02bbrsatmalar berildi. Biz fuqarolarimizga zamonaviy xizmat ko\u02bbrsatish, ularni manziliga xavfsiz va qulay sharoitlarda yetkazishga alohida e\u02bctibor qaratyapmiz, \u2013 dedi \u201cUzautotrans Service\u201d kompaniyasi bosh direktori Azizjon Hamroaliyev.<\/p>\n<p>\u2013 O\u02bbttiz yildan buyon haydovchilik qilaman. Yana yurtdoshlarimizning uzog\u02bbini yaqin qilish uchun xizmatga bel bog\u02bbladik. Niqoblarni har ikki soatda, kombinezonni esa bir kunda almashtirish bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatma oldik. Yo\u02bblovchilarni belgilangan manzilga olib borgunimizcha biror joyda to\u02bbxtamaymiz. Bunga ehtiyoj ham yo\u02bbq. 51 yo\u02bblovchiga mo\u02bbljallangan avtobusda yo\u02bblovchilar uchun barcha qulayliklar bor. Yumshoq o\u02bbrindiqlar tepasida havo deflektori, individual yoritish chiroqlari, konditsioner, karnay joylashgan, telefonni quvvatlash qurilmasi mavjud. Avtobus salonida hojatxona ham bor, \u2013 dedi haydovchi Tojiboy Parpiyev.<\/p>\n<\/div>\n<div><\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div class=\"news-props\">\n<div class=\"prop\"><span class=\"pull-right\">Xurshid QODIROV, Oqil G\u02bbULOMOV (surat), O\u02bbzA<\/span><\/div>\n<div><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1349,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1348","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1348","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1348"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1351,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1348\/revisions\/1351"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1349"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}