{"id":1339,"date":"2020-06-14T15:21:36","date_gmt":"2020-06-14T13:21:36","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1339"},"modified":"2020-06-14T15:21:36","modified_gmt":"2020-06-14T13:21:36","slug":"%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bb%d0%b5%d0%b2%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b4%d0%b5%d0%b9%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b8%d0%b5-%d0%ba%d0%b0%d1%80%d0%b0","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/06\/14\/%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b4%d0%bb%d0%b5%d0%b2%d0%b0%d0%b5%d1%82-%d0%b4%d0%b5%d0%b9%d1%81%d1%82%d0%b2%d0%b8%d0%b5-%d0%ba%d0%b0%d1%80%d0%b0\/","title":{"rendered":"Ayrim toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali mamlakatimizga kirish va chiqishga ruxsat berildi"},"content":{"rendered":"<p>Koronavirus infeksiyasi bilan bog\u02bbliq vaziyat yaxshilanib borayotgan mamlakatlar bilan xalqaro aviaqatnovlarni qayta yo\u02bblga qo\u02bbyish, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari hamda investitsiya loyihalari doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Ayrim toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali mamlakatimizga kirish va chiqishga ruxsat berildi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/e5e\/983044b777ba6e295bb7fa9975465563.jpg\" alt=\"Ayrim toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali mamlakatimizga kirish va chiqishga ruxsat berildi\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Respublika maxsus komissiyaning axborot berishicha, joriy yilning 15-iyunidan quyidagi toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo\u02bblgan davlatlarga:<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">a)O\u02bbzbekiston Respublikasidan kirish va chiqishga ruxsat berildi:<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a\u02bczolari;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; investitsiya loyihalari doirasidagi O\u02bbzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlar mutaxassislari;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; davolanish uchun kelayotgan (chiqayotgan) shaxslar;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; xorijda yaqin qarindoshlari yoxud og\u02bbir kasal bo\u02bblgan qarindosh-urug\u02bblari mavjud bo\u02bblgan shaxslar;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari so\u02bbrovlariga asosan O\u02bbzbekiston Respublikasi orqali boshqa davlatlarga olib o\u02bbtilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) shaxslar;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; O\u02bbzbekiston Respublikasida doimiy ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yashovchi fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolari;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; o\u02bbqish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun fuqarolarga O\u02bbzbekiston Respublikasidan chiqishga ruxsat berildi. Bunda, aviaqatnovlar sanitariya qoidalari va normalariga qat\u02bciy amal qilgan holda tashkil etiladi.<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo\u02bblgan (yashil reyslar) \u2014 Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo\u02bblib turgan) kirib kelgan shaxslar\u00a0<b>KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI;<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) \u2014 Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo\u02bblib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida\u00a0<b>UY KARANTINI\u00a0<\/b>nazoratiga olinadi;<\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">&#8211; koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reyslar \u2014 evakuatsiya reyslari) \u2014 qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg\u02bboniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida\u00a0<b>KARANTIN<\/b>\u00a0nazoratida\u00a0<b>SAQLANADI.<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo\u02bblgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo\u02bblgan, shuningdek, og\u02bbir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O\u02bbzbekiston Respublikasiga kelish uchun\u00a0<b>AVIABILETLAR REALIZATSIYA QILINMAYDI.<\/b><\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1340,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1339","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1339","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1339"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1339\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1341,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1339\/revisions\/1341"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1340"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1339"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1339"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1339"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}