{"id":1304,"date":"2020-06-10T12:12:00","date_gmt":"2020-06-10T10:12:00","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1304"},"modified":"2020-06-10T12:12:00","modified_gmt":"2020-06-10T10:12:00","slug":"%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b0%d0%b2-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/06\/10\/%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b7%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d0%bd%d1%82-%d1%80%d0%b5%d1%81%d0%bf%d1%83%d0%b1%d0%bb%d0%b8%d0%ba%d0%b8-%d1%83%d0%b7%d0%b1%d0%b5%d0%ba%d0%b8%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%bd-%d1%88%d0%b0%d0%b2-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta\u2019minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag\u2018ishlangan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi."},"content":{"rendered":"<p>Koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun katta sinov bo\u2018lmoqda. Vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta\u2019sir ko\u2018rsatyapti. Jahon bankining prognozi bo\u2018yicha 2020-yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQShda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, O\u2018zbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy o\u2018sish bo\u2018lishi taxmin qilinmoqda.<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/gov.uz\/media\/aa08ae02-c028-ff1a-1ca4-a8fe857fe95f.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>O\u2018tgan uch oyda yurtimizda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so\u2018m soliq imtiyozlari berildi, Inqirozga qarshi kurashish jamg\u2018armasidan 3,6 trillion so\u2018m ajratildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda davlatimiz rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qo\u2018llash orqali joriy yil iqtisodiyotda o\u2018sish sur\u2019atlarini ta\u2019minlash uchun barcha imkoniyatlar borligini ta\u2019kidlab, shu boradagi 8 ta asosiy yo\u2018nalishni ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Birinchi \u2013 iqtisodiyot va byudjet barqarorligini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>ikkinchi \u2013 kambag\u2018allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish;<\/p>\n<p>uchinchi \u2013 bank tizimidagi islohotlarni jadallashtirish;<\/p>\n<p>to\u2018rtinchi \u2013 to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalarni ko\u2018paytirish;<\/p>\n<p>beshinchi \u2013 eksport salohiyatini oshirish va valyuta tushumlarini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>oltinchi \u2013 sanoatda raqobatbardoshlikni kuchaytirish;<\/p>\n<p>yettinchi \u2013 kichik biznesni rivojlantirish;<\/p>\n<p>sakkizinchi \u2013 raqamli texnologiyalarni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi.<\/p>\n<p>Birinchi masala muhokama qilinar ekan, byudjet tushumi va xarajatlarini optimallashtirish topshirildi. Korxonalar faoliyatini qayta tiklash va soliq ma\u2019muriyatchiligini yaxshilash hisobiga qo\u2018shimcha daromadlarni ta\u2019minlash, tashqi qarz bitimlarini tuzishda belgilangan cheklovdan oshmaslik bo\u2018yicha ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n<p>Ikkinchi yo\u2018nalish bo\u2018yicha bu yil 810 mingta doimiy ish o\u2018rnini qayta tiklash, 310 ming doimiy va 633 mingta mavsumiy ish o\u2018rni yaratish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Kecha, 8 iyun kuni qabul qilingan \u201cTadbirkorlik faoliyati va o\u2018zini o\u2018zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Prezident qaroriga muvofiq, o\u2018zini o\u2018zi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24 tadan 67 taga ko\u2018paytirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag\u2018allik darajasi yuqori bo\u2018lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko\u2018maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo\u2018yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalarni 3\u00a0yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo\u2018naltirish taklifi bildirildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, bank tizimida katta islohotlar belgilangan. Yig\u2018ilishda bu choralarni jadallashtirib, davlat ulushiga ega o\u2018nta bankda transformatsiya jarayonini o\u2018z vaqtida amalga oshirish, foiz stavkalarini inflyatsiyaga qarshi siyosat bilan uyg\u2018unlashgan holda pasaytirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Joriy yilda to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalarni \u00a0jalb etish va o\u2018zlashtirish bo\u2018yicha Bosh vazir o\u2018rinbosarlariga topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Pandemiya sharoitida eksportni oshirish va valyuta tushumlarini ta\u2019minlash juda dolzarb masala. Tashqi bozorlarda talabning keskin kamayishi eksportchi korxonalarimizga jiddiy ta\u2019sir qilmoqda.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan, beshinchi ustuvor yo\u2018nalish o\u2018laroq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga eksport ko\u2018rsatkichini 2019-yilgidan kam bo\u2018lmagan miqdorda ta\u2019minlash bo\u2018yicha qo\u2018shimcha choralar ko\u2018rish yuzasidan topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida e\u2019tibor qaratildi. Ayrim tarmoqlarda xomashyoni chuqur qayta ishlash va qo\u2018shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishning yaxlit zanjiri yaratilmagani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Misol uchun, misni qayta ishlash 25 foiz, ipakchilikda 20 foizga ham yetmaydi. Tarmoqlararo kooperatsiya ham to\u2018liq yo\u2018lga qo\u2018yilmagan. Jumladan, elektrotexnika va qishloq xo\u2018jaligi sohalarida \u00a0o\u2018zaro kooperatsiya hisobiga kamida 80 million dollarlik mahsulot tayyorlasa bo\u2018ladi. Yoki kimyo sanoati to\u2018qimachilik uchun sintetik tola va poliester, avtomobilsozlik hamda qurilish materiallari sohasiga kord va turli bo\u2018yoqlar, oziq-ovqat sanoatiga aromatizatorlar yetkazib berishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bois zamonaviy texnologiyalar transferini yo\u2018lga qo\u2018yish, tarmoqlarning energiya samaradorligi va raqobatdoshligini oshirishni nazarda tutuvchi Sanoat siyosati strategiyasini ishlab chiqish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Kimyo, to\u2018qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, elektr texnikasi hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida e\u2019tibor qaratish, davlat korxonalarini isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda kichik biznes iqtisodiyotning o\u2018sish nuqtasi etib belgilangan. Yig\u2018ilishda tadbirkorlarga erkin raqobat muhitini yaratish uchun xususiy mulkchilikni himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh etish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yuqori texnologiyali tarmoqlarda kichik biznes hissasi kamligi qayd etilib, bunday sub\u2019ektlarni davlat tomonidan rag\u2018batlantirish mexanizmini ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi. Hududlarda kichik sanoat zonalari tashkil etish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, kecha, 8-iyun kuni Prezidentimiz huzurida o\u2018tkazilgan taqdimot chog\u2018ida raqamli texnologiyalarni tezkor rivojlantirish, ularni barcha tarmoqlarda keng joriy qilish vazifalari kelishib olingan edi. Bu boradagi ishlarni bugun belgilangan sakkizinchi ustuvor yo\u2018nalishga muvofiq tashkil qilish lozimligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda mutasaddi rahbarlar iqtisodiyotni rivojlantirish bo\u2018yicha qisqa va o\u2018rta muddatda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan o\u2018z takliflarini bildirdi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/gov.uz\/media\/0d726514-9bb2-1ed3-bd1a-8535da6e1ab4.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1306,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1304","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1304","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1304"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1304\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1307,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1304\/revisions\/1307"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1306"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1304"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1304"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1304"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}