{"id":1177,"date":"2020-05-27T10:59:50","date_gmt":"2020-05-27T08:59:50","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1177"},"modified":"2020-05-27T10:59:50","modified_gmt":"2020-05-27T08:59:50","slug":"%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%ba%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%b8%d0%b8-%d1%80%d0%b5%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/27\/%d0%be%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%b5%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d1%8b-%d0%ba%d1%80%d0%b8%d1%82%d0%b5%d1%80%d0%b8%d0%b8-%d1%80%d0%b5%d0%b0%d0%bb%d0%b8%d0%b7%d0%b0%d1%86%d0%b8%d0%b8-%d0%bf%d1%80%d0%be%d0%b5\/","title":{"rendered":"Prezident: Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yo\u02bbqqa chiqarishi mumkin"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 26-may kuni investitsiya masalalari muhokamasiga bag\u02bbishlangan videoselektor yig\u02bbilishi avvalida mamlakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to\u02bbxtalib o\u02bbtildi. Davlatimiz rahbari, jumladan, shunday dedi:<!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Prezident: Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yo\u02bbqqa chiqarishi mumkin\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/4f4\/c143c770_23af_6f3a_224f_b2b00019ffeb.jpg\" alt=\"Prezident: Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yo\u02bbqqa chiqarishi mumkin\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u2013 Keyingi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni respublikamizda ham ko\u02bbpayganligi qayd etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aytish kerakki, aksariyat hudud va korxona rahbarlari, fuqarolarimiz karantin choralarining yumshatilganini \u201ckasallik tugadi\u201d deb, noto\u02bbg\u02bbri qabul qilmoqdalar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugungacha chet eldan olib kelingan fuqarolarimiz soni 47 mingtani tashkil etmoqda. Afsuski, ularning, ayniqsa keyingi ikki hafta davomida kirib kelganlarning aksariyatida koronavirus aniqlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bemorlarning qariyb 50 foizini ham xorijdan kelgan fuqarolar tashkil etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi 10 kunda 3,5 ming odam havo yo\u02bbllari, 7 mingga yaqin vatandoshimiz chegara postlari orqali yurtimizga kirib kelishi kutilyapti. Bunga qo\u02bbshimcha yana 100 ming nafardan ortig\u02bbi O\u02bbzbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fuqarolarimiz qaytib kelayotgan davlatlar hamda qo\u02bbshni mamlakatlardagi vaziyatning og\u02bbirligini hisobga olib, xotirjamlikka berilish mumkin emas.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/fcb8de72-f9a9-e0fc-5b3d-736b3727cffc.jpg\" width=\"640\" height=\"427\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, bozorlar, savdo komplekslari, banklarda ijtimoiy masofaga amal qilmaslik, ko\u02bbcha-ko\u02bbyda tibbiy niqob taqmaslik, bemalol va xotirjam bo\u02bblib, uylarda turli tadbirlar o\u02bbtkazish holatlari ko\u02bbpaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bunday salbiy holatlar kasallikni aniqlash, oldini olish va davolash uchun qilayotgan barcha harakatlarimiz, byudjetdan olinayotgan trillionlab xarajatlarimiz natijadorligini yo\u02bbqqa chiqarishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Respublika komissiyasi viloyat hokimlari bilan birga bir kun muddatda epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlarning toifasini qayta ko\u02bbrib chiqsin hamda karantin choralarini kuchaytirish bo\u02bbyicha taklif kiritsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi \u201cqizil\u201d va \u201csariq\u201d hududlarda kunlik test olish sonini oshirishi lozim. Bunda tibbiyot muassasalari, bozorlar, banklar va aholi ko\u02bbp joylarda nazorat testlar olishni ko\u02bbpaytirsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu o\u02bbrinda bir muhim masalaga e\u02bctiborni qaratmoqchiman. Pandemiyaning iqtisodiyotga ta\u02bcsirini yumshatishga qaratilgan 16 ta hujjat qabul qildik. Lekin joylarda ushbu qarorlar ijrosini tashkil etish oqsamoqda, yaratilayotgan sharoit va imtiyozlarni fuqarolar va tadbirkorlarga manzilli yetkaza olmayapmiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy Majlis palatalari joylarda xalq deputatlari kengashlari bilan birga pandemiyaga oid Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi yuzasidan parlament va kengashlarning ta\u02bcsirchan nazoratini yo\u02bblga qo\u02bbyish kutilgan natija berishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, tuman, shahar, viloyat hokimlari, vazirlar har oyda bir marta Prezident qarorlari ijrosi bo\u02bbyicha brifing o\u02bbtkazib, ommaviy axborot vositalari, parlament vakillari va keng jamoatchilik oldida hisobot berib borsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Albatta, karantin choralarini yumshatish oqibatida 19 mingdan ziyod (91 foiz) sanoat, 9 mingta (76 foiz) qurilish, 51 mingta (52 foiz) xizmat ko\u02bbrsatish, 45 mingta (44 foiz) savdo korxonalarining faoliyati tiklandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Buning natijasida may oyida soliq va bojxona tushumlari o\u02bbtgan oyning mos davriga nisbatan 230 milliard so\u02bbmga, tovar-xom ashyo birjasida qurilish materiallari savdosi hajmi esa 20 foizga ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tijorat banklari tomonidan kredit ajratish hajmi o\u02bbtgan oyning mos davriga nisbatan 13 foizga o\u02bbsdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu boradagi ishlarimizni karantin talablariga qat\u02bciy amal qilgan holda, ham tarmoq, ham hudud kesimida manzilli tarzda davom ettirishimiz lozim.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/a84d10fc-791d-d799-b4a1-3a20b018cf69.jpg\" width=\"640\" height=\"427\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/93a32c81-1dbe-0ae7-3f80-dae8969d76c4.jpg\" width=\"640\" height=\"427\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/www.prezident.uz\/uploads\/294ecfa6-10a8-c8a3-85bb-11efb38c3c95.jpg\" width=\"640\" height=\"431\" \/><\/p>\n<div><\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1178,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1177","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1177","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1177"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1177\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1179,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1177\/revisions\/1179"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1178"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1177"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1177"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1177"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}