{"id":1138,"date":"2020-05-24T00:35:11","date_gmt":"2020-05-23T22:35:11","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1138"},"modified":"2020-05-24T00:40:39","modified_gmt":"2020-05-23T22:40:39","slug":"ozbekcha-o%ca%bbzbekiston-xalqiga-ramazon-hayiti-tabrigi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/24\/ozbekcha-o%ca%bbzbekiston-xalqiga-ramazon-hayiti-tabrigi\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qadrli va muhtaram vatandoshlar!<!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"O\u02bbzbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/dd1\/d80b0853_2b33_c0d1_f893_e1411a57d57e.jpg\" alt=\"O\u02bbzbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigi\" border=\"0\" \/><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Avvalambor, siz azizlarni, yurtimizdagi barcha mo\u02bbmin-musulmonlarni, nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-ukalarimiz, opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, iymon-e\u02bctiqodli xalqimizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, samimiy tilaklarimni bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ramazoni sharif ezgulik, xayru saxovat va mehr-oqibat oyi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma\u02bcnaviy hayotida azal-azaldan alohida o\u02bbrin egallab keladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu qutlug\u02bb oyda sabru qanoat, shukronalik, ruhiy poklanish, mehr va ko\u02bbmakka muhtojlarga yana-da e\u02bctiborli bo\u02bblish, savobli amallar qilishdek olijanob fazilatlar bu yil yurtimizda har qachongidan ham yaqqol namoyon bo\u02bbldi, desam, o\u02bbylaymanki, sizlar ham bu fikrga qo\u02bbshilasiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mard va matonatli xalqimiz koronavirus pandemiyasi, boshimizga tushgan turli sinovlar va tabiiy ofatlar sharoitida \u201cOlloh sabr-toqatli insonlar bilan birgadir\u201d, degan ilohiy o\u02bbgitga amal qilib, tushkunlikka berilmasdan, yana-da ahil va birdam bo\u02bblib, insonparvarlik, hamjihatlikning yuksak numunasini ko\u02bbrsatganini jahon hamjamiyati e\u02bctirof etmoqda.<br \/>\nBu bilan har qancha faxrlansak, arziydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Asrlar davomida xalqimiz ongida bag\u02bbrikenglik, mehr-muruvvat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mustahkam iroda kabi ibratli fazilatlarni shakllantirishda tabarruk Ramazon oyiga xos qadriyatlarning o\u02bbrni va ta\u02bcsiri albatta beqiyosdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu yil karantin tufayli Ramazon amallari va ibodatlarini ado etishda yuzaga kelgan ma\u02bclum qiyinchiliklarni to\u02bbg\u02bbri tushunib, bu masalaga oqilona yondashgan, ayni vaqtda \u201cSaxovat va ko\u02bbmak\u201d umumxalq harakatida faol ishtirok etayotgan himmati baland tadbirkorlarimiz va fermerlarimizga, turli kasb egalari bo\u02bblgan keksayu yosh barcha vatandoshlarimizga shu ulug\u02bb ayyom kunlarida yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Aziz do\u02bbstlar!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ma\u02bclumki, hozirgi kunda butun dunyo ahli kabi biz ham koronavirus pandemiyasi bilan bog\u02bbliq mushkul vaziyatni boshimizdan o\u02bbtkazmoqdamiz. Shu o\u02bbrinda bir haqiqatni eslatib o\u02bbtishni zarur, deb bilaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Karami keng Alloh taolo muqaddas Qur\u02bconi karimda insonlarni mas\u02bculiyatli sinov kunlarida sabr va qanoatli bo\u02bblishga da\u02bcvat etib, \u201cAlbatta, qiyinchilik bilan birga yengillik ham bordir\u201d, deb marhamat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Chindan ham, har qaday tashvish ortida yengillik va yorug\u02bblik borligini koronavirus kasalligidan sog\u02bbayib chiqayotgan, tabiiy ofatlar tufayli uy-joyidan ayrilgan, lekin davlatimiz va el-yurtimzning katta yordami va ko\u02bbmagi bilan o\u02bbz hayotini yangitdan yo\u02bblga qo\u02bbyib olayotgan minglab vatandoshlarimiz qalbdan his etmoqdalar.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu ma\u02bcnoda, bugungi qiyinchiliklar albatta o\u02bbtib ketadi, hali qancha xursandchilik kunlar, bayram va hayitlarni barchamiz birgalikda nishonlaymiz, deb ishonaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shubhasiz, har qanday mashaqqatni mehnat va matonat, sabru chidam bilan mardona yengib o\u02bbtgan olijanob xalqimiz bu sinovlardan yana-da kuchli va qudratli bo\u02bblib chiqadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ana shunday qat\u02bciy ishonch va ko\u02bbtarinki kayfiyat bilan bugungi kunda yurtimizni taraqqiy ettirish yo\u02bblida davrning o\u02bbzi talab etayotgan, biz boshlagan keng ko\u02bblamli islohot<br \/>\nva o\u02bbzgarishlarni bir yoqadan bosh chiqarib, izchil amalga oshirib, oldimizga qo\u02bbygan ulkan marralarga albatta erishamiz.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Siz, aziz va muhtaram vatandoshlarimni ezgu niyatlar ro\u02bbyobga chiqadigan, xayrli amallar uchun behisob savoblar yog\u02bbiladigan, o\u02bbzaro birdamlik, do\u02bbstlik va ahillik tuyg\u02bbulari tarannum etiladigan shukuhli Iyd-ul-Fitr bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Fursatdan foydalanib, jahondagi barcha mo\u02bbmin-musulmon birodarlarimizni ham xalqimiz nomidan samimiy qutlab, ularga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilayman.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Niyati pok, maqsadlari ulug\u02bb xalqimizning ushbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlari va duolari ijobat bo\u02bblsin!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Parvardigori olam doimo yo\u02bblimizni ham, yuzimizni ham yorug\u02bb qilsin! Yurtimizni, elimizni turli balo-qazolardan O\u02bbzi asrasin!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Vatanimiz tinch, xalqimiz sog\u02bb-salomat bo\u02bblsin!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ramazon hayiti barchamizga muborak bo\u02bblsin!<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>Shavkat Mirziyoyev,<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>\u00a0<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti<\/b><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1139,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1138","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1138","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1138"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1138\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1141,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1138\/revisions\/1141"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1139"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1138"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1138"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1138"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}