{"id":1105,"date":"2020-05-19T09:33:15","date_gmt":"2020-05-19T07:33:15","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1105"},"modified":"2020-05-19T09:36:46","modified_gmt":"2020-05-19T07:36:46","slug":"ozbekcha-koronavirus-pandemiyasi-davrida-aholi-va-tadbirkorlik-subyektlarini-qo%ca%bbllab%e2%80%91quvvatlash-bo%ca%bbyicha-navbatdagi-chora%e2%80%91tadbirlar-to%ca%bbg%ca%bbrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/19\/ozbekcha-koronavirus-pandemiyasi-davrida-aholi-va-tadbirkorlik-subyektlarini-qo%ca%bbllab%e2%80%91quvvatlash-bo%ca%bbyicha-navbatdagi-chora%e2%80%91tadbirlar-to%ca%bbg%ca%bbrisida\/","title":{"rendered":"Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo\u02bbllab\u2011quvvatlash bo\u02bbyicha navbatdagi chora\u2011tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>f a r m o n i<\/strong><!--more--><\/p>\n<p><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo\u02bbllab\u2011quvvatlash bo\u02bbyicha navbatdagi chora\u2011tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/f69\/rasmiy.jpg\" alt=\"Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo\u02bbllab\u2011quvvatlash bo\u02bbyicha navbatdagi chora\u2011tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy o\u02bbsish va investitsiyaviy faollikni rag\u02bbbatlantirish, ishlab chiqarish sur\u02bcatlarini tiklash, aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko\u02bbpaytirish va tadbirkorlik subyektlarini qo\u02bbllab\u2011quvvatlash maqsadida:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>1. Quyidagilar 2020-yilning 1-iyunidan 1-sentyabrigacha bo\u02bblgan davrda\u00a0mol-mulk solig\u02bbi va yer solig\u02bbini to\u02bblashdan ozod qilinsin:<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>kichik tadbirkorlik subyektlari;<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">bozorlar va savdo komplekslari,kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog\u02bblomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo\u02bblovchi tashish, maishiy xizmatlar ko\u02bbrsatish, binolarni, shu jumladan, banketlar o\u02bbtkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug\u02bbullanuvchi yuridik shaxslar.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>2.\u00a0Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko\u02bbrinishida davlat tomonidan qo\u02bbshimcha qo\u02bbllab\u2011quvvatlash\u00a0taqdim etilsin:<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969\u2011son va 2020-yil 3-apreldagi PF\u20115978\u2011son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo\u02bblib\u2011bo\u02bblib to\u02bblash) berilgan, 2020-yil aprel va may oylari uchun to\u02bblanishi lozim bo\u02bblgan mol-mulk solig\u02bbi va yer solig\u02bbi summalari;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2020-yil 15-may holatiga yer solig\u02bbi va mol\u2011mulk solig\u02bbi bo\u02bbyicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil bo\u02bblgan penya va jarimalar summalari.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">3. Tadbirkorlik subyektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbini to\u02bblash bo\u02bbyicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi berilganligi ma\u02bclumot uchun qabul qilinsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo\u02bblmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga tovarlarni (iste\u02bcmol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan<strong>\u00a0bojxona boji va aksiz solig\u02bbini to\u02bblash muddatini\u00a0<\/strong>2020-yil 1-iyulgacha kechiktirishni qo\u02bbllash huquqi, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to\u02bblash sharti bilan berilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">4. Belgilansinki, 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo\u02bblgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg\u02bbarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo\u02bblgan yuridik shaxslar bundan mustasno)\u00a0<strong>ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi<\/strong>.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">5. Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo\u02bbyicha mavjud bo\u02bblgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentyabrgacha to\u02bbxtatilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag\u02bblarini hisobdan chiqarish va o\u02bbtkazish bo\u02bbyicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mikrofirma va kichik korxonalarga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo\u02bbyicha ijro etilmagan to\u02bblov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">6. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi \u201cAholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yana-da kengaytirishga oid qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PQ-4701-son qaroriga asosan O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi resurslari hisobidan yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratilishi bo\u02bbyicha o\u02bbtkazilayotgan eksperiment Toshkent shahriga tatbiq etilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">7. 14 yoshgacha bolalari bo\u02bblgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to\u02bblgunga qadar bola parvarishi bo\u02bbyicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020-yil 1-iyundan boshlab qo\u02bbshimcha 10 foizga oshirilsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">8. Tadbirkorlik faoliyatini qo\u02bbllab-quvvatlash davlat jamg\u02bbarmasi (keyingi o\u02bbrinlarda \u2013 Jamg\u02bbarma) tomonidan quyidagi foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo\u02bbshimcha qo\u02bbllab-quvvatlash choralari joriy etilsin:<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan investitsiyaviy kreditlar bo\u02bbyicha, Jamg\u02bbarma to\u02bbg\u02bbrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilishining birinchi yili davomida;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2020-yil 1-oktyabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag\u02bblarini to\u02bbldirish uchun milliy valyutada 500 million so\u02bbmgacha beriladigan kreditlar bo\u02bbyicha Jamg\u02bbarma to\u02bbg\u02bbrisidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida 10 foizlik punkt miqdorida.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">9. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo\u02bbyicha vakil koronavirus pandemiyasi davrida taqdim etilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlash choralarining to\u02bbliq va o\u02bbz vaqtida qo\u02bbllanilishi ustidan monitoring o\u02bbrnatsin va qonun buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo\u02bbllash bo\u02bbyicha takliflar kiritsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">10. O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, byudjetdan tashqari Pensiya jamg\u02bbarmasiga (zaruriyat bo\u02bblganda) soliq imtiyozlari berilishi va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining oshishi natijasida olinmay qolinadigan daromadlar munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg\u02bbarmasi hisobidan subsidiyalar ajratsin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O\u02bbzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0Prezidenti\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Sh.MIRZIYOYEV<\/strong><\/p>\n<p><i>Toshkent shahri,<\/i><\/p>\n<p><i>2020-yil 18-may<\/i><\/p>\n<div class=\"news-props\">\n<div class=\"prop\"><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1106,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1105","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1105","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1105"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1105\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1109,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1105\/revisions\/1109"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1106"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1105"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1105"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1105"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}