{"id":1094,"date":"2020-05-16T20:49:36","date_gmt":"2020-05-16T18:49:36","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1094"},"modified":"2020-05-16T20:58:36","modified_gmt":"2020-05-16T18:58:36","slug":"uzbekistan-airways-%d1%81%d0%be%d0%be%d0%b1%d1%89%d0%b8%d0%bb%d0%b0-%d0%be-%d0%b2%d0%be%d0%b7%d0%be%d0%b1%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bd%d0%b5%d0%ba%d0%be%d1%82%d0%be%d1%80","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/16\/uzbekistan-airways-%d1%81%d0%be%d0%be%d0%b1%d1%89%d0%b8%d0%bb%d0%b0-%d0%be-%d0%b2%d0%be%d0%b7%d0%be%d0%b1%d0%bd%d0%be%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d0%b8-%d0%bd%d0%b5%d0%ba%d0%be%d1%82%d0%be%d1%80\/","title":{"rendered":"Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekistonda eksport salohiyatini oshirish va eksportchilarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan keng ko\u02bblamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan faol tashqi iqtisodiy siyosat natijasida eksport tarkibida tayyor mahsulot ulushining ko\u02bbpayishi va yangi xorijiy bozorlarning o\u02bbzlashtirilishiga erishilmoqda.<!--more--><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/0e6\/photo_2020_05_15_14_27_18.jpg\" alt=\"Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat tomonidan eksportchilarni qo\u02bbllab-quvvatlash bo\u02bbyicha yaratilgan mexanizmlardan biri \u2013 bu Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag\u02bbbatlantirish agentligi tashkil etilganligi va tadbirkorlarga eksport faoliyatini rivojlantirish uchun bir qancha moliyaviy ko\u02bbmaklar berish joriy qilinganligidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Misol uchun, 2019-yildan buyon 52 turdagi mahsulotlarni temir yo\u02bbl transporti orqali eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizigacha qismini Eksportni rag\u02bbbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berish tizimi mavjud.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahon bozorlarida raqobat keskinlashib borayotgan bugungi sharoitda an\u02bcanaviy bozorlarda o\u02bbz o\u02bbrnini mustahkamlash va yangi bozorlarga kirib borish orqali eksport hajmlarini oshirish uchun tadbirkorlarni davlat tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlashni yana-da kengaytirish zarurati yuzaga keldi. Ayniqsa, jahonda keng tarqalgan koronavirus pandemiyasi oqibatlari natijasida kutilayotgan global iqtisodiy inqiroz sharoitida davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini yana-da qo\u02bbllab-quvvatlash va rag\u02bbbatlantirish har jihatdan muhim sanaladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi \u201cEksport faoliyatini yana-da qo\u02bbllab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorining qabul qilinishi eksportchi korxonalarni davlat tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlash va rag\u02bbbatlantirishlarning mantiqiy davomi bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur hujjatda eksport faoliyati bilan shug\u02bbullanuvchi tadbirkorlar uchun bir qator yengillik va imtiyozlar belgilab berilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qaror eksport faoliyatini qo\u02bbllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha harakatlar strategiyasini \u201cIlm, ma\u02bcrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili\u201dda amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni o\u02bbzida ifoda etgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xo\u02bbsh, ushbu qaror eksport faoliyati bilan shug\u02bbullanuvchi tadbirkorlarga nima beradi? Birinchidan, mahalliy eksport qiluvchi tadbirkorlarga 68 turdagi mahsulotlarni eksport qilishda, eksport bo\u02bbyicha nafaqat temir yo\u02bblda, balki havo va avto transportida tashish xarajatlarining 50 foizgacha bo\u02bblgan qismi Eksportni rag\u02bbbatlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ikkinchidan, eksport qiluvchilar garov sifatida sug\u02bburta xizmatlaridan foydalanganda sug\u02bburta mukofotini qoplashga Eksportni rag\u02bbbatlantirish agentligi tomonidan kompensatsiya taqdim etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Uchinchidan, O\u02bbzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari bo\u02bbyicha olib o\u02bbtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan barcha turdagi majburiy to\u02bblovlar va ijro xujjatlari bo\u02bbyicha qarzdorligini tekshirish amaliyoti 2021-yil 1-yanvargacha bekor qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Muxtasar aytganda, ushbu qarorning ijrosi mahalliy tadbirkorlar tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish orqali an\u02bcanaviy bozorlardagi o\u02bbrnini mustahkamlash hamda yangi bozorlarga jadal kirib borishiga turtki bo\u02bbladi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1095,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1094","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1094","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1094"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1094\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1097,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1094\/revisions\/1097"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1095"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1094"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1094"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1094"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}