{"id":1027,"date":"2020-05-11T23:01:26","date_gmt":"2020-05-11T21:01:26","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1027"},"modified":"2020-05-12T10:26:36","modified_gmt":"2020-05-12T08:26:36","slug":"ozbekcha-o%ca%bbzbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-senatining-to%ca%bbrtinchi-yalpi-majlisi-to%ca%bbg%ca%bbrisida-axborot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/11\/ozbekcha-o%ca%bbzbekiston-respublikasi-oliy-majlisi-senatining-to%ca%bbrtinchi-yalpi-majlisi-to%ca%bbg%ca%bbrisida-axborot\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to\u02bbrtinchi yalpi majlisi to\u02bbg\u02bbrisida AXBOROT"},"content":{"rendered":"<p>2020-yil 11-may kuni Toshkent shahrida O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to\u02bbrtinchi yalpi majlisi bo\u02bblib o\u02bbtdi.<\/p>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to\u02bbrtinchi yalpi majlisi to\u02bbg\u02bbrisida AXBOROT\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/e81\/XPI_4814.jpg\" alt=\"O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to\u02bbrtinchi yalpi majlisi to\u02bbg\u02bbrisida AXBOROT\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Unda hukumat a\u02bczolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Videokonferensaloqa tarzida o\u02bbtkazilgan ushbu yalpi majlisni O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila\u00a0Narbayeva\u00a0olib bordi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Senat a\u02bczolari tomonidan 20 ta masala, shu jumladan, 10 ta qonun ko\u02bbrib chiqilgan yalpi majlis ishi Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali hamda \u201cUzreport\u201d telekanalida to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri namoyish etildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dastlab senatorlar\u00a0<strong>\u201cSalomatlik\u201d ordenini\u00a0ta\u02bcsis\u00a0etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi\u00a0<\/strong>hamda<strong>\u00a0\u201cSog\u02bblom turmush\u201d medalini\u00a0ta\u02bcsis\u00a0etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi qonunlarini<\/strong>\u00a0muhokama etishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dunyo miqyosida koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda mamlakatimizda davlatimiz rahbari rahnamoligida tezkor va muhim choralar amalga oshirilib, fidoyi shifokorlar, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari, saxovatpesha insonlar, karantin sharoitida xalqimiz matonati bilan pandemiyani jilovlashga muvaffaq bo\u02bblinmoqda. Shu munosabat bilan \u201cSalomatlik\u201d ordenini\u00a0ta\u02bcsis\u00a0etishni davrning o\u02bbzi taqozo etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ushbu orden ikki darajadan iborat bo\u02bblib, I darajali \u201cSalomatlik\u201d ordeni bilan tibbiyot sohasini rivojlantirish, zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va aholi salomatligini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qo\u02bbshganlar taqdirlanadi. II darajali orden bilan esa aholi salomatligini muhofaza qilish, turli kasalliklarning barvaqt oldini olish va bartaraf etishda faol ishtirok etgan shaxslar mukofotlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xuddi shuningdek, aholi orasida sog\u02bblom turmush tarzini shakllantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishni keng targ\u02bbib qilish, jismoniy tarbiya va badantarbiyani kundalik turmush tarziga aylantirib, jamoatchilikka shaxsiy namuna bo\u02bblayotgan hamyurtlarimiz xizmatlarini e\u02bctirof etish maqsadida \u201cSog\u02bblom turmush\u201d medali\u00a0ta\u02bcsis\u00a0etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cSalomatlik\u201d ordeni hamda \u201cSog\u02bblom turmush\u201d medali bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur qonunlar senatorlar tomonidan ma\u02bcqullandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u02bbng Senat a\u02bczolari\u00a0<strong>\u201cFaxriy murabbiy\u201d ordenini\u00a0ta\u02bcsis\u00a0etish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni<\/strong>ni\u00a0ko\u02bbrib chiqdi. Ushbu Qonunga ilova sifatida \u201cFaxriy murabbiy\u201d ordeni to\u02bbg\u02bbrisida nizom hamda ordenning tavsifi tasdiqlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Nizomga ko\u02bbra \u201cFaxriy murabbiy\u201d ordeni bilan yoshlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, yosh iste\u02bcdod egalarini har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlash, ularning bilim va qobiliyatlarini yana-da rivojlantirishga munosib hissa qo\u02bbshgan yurtdoshlarimiz taqdirlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qolaversa, mazkur orden o\u02bbzining chuqur bilim va boy hayotiy tajribasi bilan yoshlar ma\u02bcnaviyatini yuksaltirish va aholi o\u02bbrtasida sog\u02bblom turmush tarzini keng targ\u02bbib qilish borasida shaxsiy namuna ko\u02bbrsatib kelayotgan, davlat va jamiyat oldidagi yuksak xizmatlari bilan alohida e\u02bctibor qozongan O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin. Senat a\u02bczolari ushbu Qonunni ma\u02bcqulladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Parlament yuqori palatasi a\u02bczolari to\u02bbrtinchi yalpi majlis doirasida\u00a0<strong>\u201c2020-yil uchun O\u02bbzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuniga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonunini<\/strong>\u00a0ko\u02bbrib chiqishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur Qonun Prezidentimizning \u201cKoronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta\u02bcsirini yumshatish bo\u02bbyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni hamda \u201cKoronavirus pandemiyasi davrida O\u02bbzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta\u02bcminlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o\u02bbz vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qaroriga muvofiq qabul qilingan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonunning qabul qilinishi koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O\u02bbzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini ta\u02bcminlash va ustuvor yo\u02bbnalishlarini inobatga olgan holda xarajatlarni optimallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Farmonga muvofiq Inqirozga qarshi kurashish jamg\u02bbarmasi tashkil etilganligi munosabati bilan respublika byudjetidan ajratiladigan mablag\u02bblarning chegaralangan miqdorlariga o\u02bbzgartirishlar kiritilib, Qonunning 5-ilovasi yangi tahrirda berilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining qarorlariga asosan ayrim davlat boshqaruv organlari tuzilmasida ma\u02bcmuriy o\u02bbzgartirishlar amalga oshirilganligi, shuningdek, yillik byudjet to\u02bbg\u02bbrisidagi qonun birinchi marta joriy etilishi munosabati bilan amaliyotda yuzaga kelayotgan ayrim holatlardan kelib chiqib, boshqa o\u02bbzgartirishlar ham kiritish zarurati paydo bo\u02bblgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, Prezidentimizning qaroriga asosan respublika hamda mahalliy byudjetlardan amalga oshiriladigan xarajatlarni qisqartirish yuzasidan tegishli tadbirlar belgilangan va ular ijrosining huquqiy asoslari Qonunda belgilangan. Xususan, respublika byudjetidan advokatlar tomonidan yuridik yordam ko\u02bbrsatilganligi uchun haq to\u02bblash, fermer xo\u02bbjaliklari tomonidan iste\u02bcmol qilinadigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun hamda nodavlat maktabgacha ta\u02bclim tashkilotlari uchun beriladigan subsidiyalar mahalliy byudjetlar orqali moliyalashtirishi belgilanayotganligi sababli hududiy byudjetlarga beriladigan transfertlar ko\u02bbpaytirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonun bilan koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida Davlat byudjetining barqarorligini ta\u02bcminlash maqsadida byudjet xarajatlari\u00a0optimallashtirilmoqda\u00a0hamda ustuvor yo\u02bbnalishlarga, ya\u02bcni\u00a0koronavirus\u00a0pandemiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta\u02bcsirini yumshatish bo\u02bbyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga safarbar qilinishi nazarda tutilgan. Qonun senatorlar tomonidan ma\u02bcqullandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra \u201c<strong>Yer uchastkalarini noqonuniy olib qo\u02bbyganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O\u02bbzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni<\/strong>\u00a0ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonun bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, shuningdek, Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksiga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jinoyat kodeksi \u201cYer uchastkalarini olib qo\u02bbyish tartibini\u00a0buzish\u201d uchun javobgarlik belgilangan besh qismdan iborat 1731-moddasi bilan to\u02bbldirilmoqda. Ushbu moddaning birinchi qismiga ko\u02bbra, yer uchastkalarini olib qo\u02bbyish tartibini buzish, shunday harakatlar uchun ma\u02bcmuriy jazo qo\u02bbllanilganidan keyin sodir etilgan bo\u02bblsa, bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy ishlar yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazo belgilash nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moddaning ikkinchi qismida esa javobgarlikni\u00a0og\u02bbirlashtirilgan\u00a0holatlar ko\u02bbrsatilgan bo\u02bblib, yer uchastkalarini olib qo\u02bbyish tartibini buzish \u2014 olib qo\u02bbyilayotgan yer uchastkasidagi bino, boshqa imorat, inshoot yoki dov-daraxtlar yoxud ularning qismlarini, zararning o\u02bbrni mazkur mol-mulkning bozor qiymati bo\u02bbyicha oldindan va to\u02bbliq qoplamagan holda buzib tashlashga sabab bo\u02bblsa, shunday harakatlar uchun ma\u02bcmuriy jazo qo\u02bbllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilsa, muayyan huquqdan cheklangan holda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Moddaning uchinchi qismida xuddi shunday harakatlar ko\u02bbp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo\u02bblsa, aybdor uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va to\u02bbrtinchi qismiga muvofiq, xuddi shunday harakatlar ko\u02bbpchilik uchun xavfli bo\u02bblgan usulda yoki juda ko\u02bbp miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo\u02bblsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekiston Respublikasining Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksi yer uchastkalarini olib qo\u02bbyish uchun javobgarlik ko\u02bbrsatilgan 613-moddasi bilan to\u02bbldirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonunning qabul qilinishi yer uchastkasini olib qo\u02bbyish tartibiga rioya etmaganlik hamda buning oqibatida mulkdorlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish orqali fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlari hamda qonuniy manfaatlarini ta\u02bcminlashga xizmat qiladi. Qonun senatorlar tomonidan ma\u02bcqullandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan keyin\u00a0<strong>\u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o\u02bbzgartishlar va qo\u02bbshimcha kiritish to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni<\/strong>\u00a0ham muhokama markazida bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonun bilan o\u02bbta og\u02bbir jinoyatlar bo\u02bbyicha hodisa sodir bo\u02bblgan joyni ko\u02bbzdan kechirish, tintuv, ko\u02bbrsatuvlarni hodisa sodir bo\u02bblgan joyda tekshirish, tergov eksperimenti, shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaxsni ushlash jarayonida o\u02bbtkaziladigan shaxsiy tintuv va boshqa jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxsga nisbatan qo\u02bbllaniladigan protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etish shartligi belgilanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Alohida qayd etish joizki, himoyachidan voz kechish jarayoni majburiy tartibda videoyozuv orqali qayd etilishi nazarda tutilmoqda. O\u02bbz navbatida videoyozuv materiallari bayonnomaga ilova qilinadi. Shu bilan birga, himoyachining himoya ostidagi shaxs bilan xoli uchrashishining videoyozuv orqali qayd etilishiga yo\u02bbl qo\u02bbyilmasligi belgilandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonunning qabul qilinishi jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarining huquq va erkinliklarining himoya qilishini mustahkamlaydi. Senatorlar Qonunni ma\u02bcqulladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra\u00a0<strong>\u201cToshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo\u02bblgan shaxslar \u2013 O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro\u02bbyxati to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasining Qonuniga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish haqida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni\u00a0<\/strong>ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etilganidek, mazkur Qonunda tizimni isloh qilishga qaratilgan yangiliklar nazarda tutilmoqda. Xususan, \u201cdoimiy propiska\u201d so\u02bbzlari \u201cyashash joyi bo\u02bbyicha ro\u02bbyxatga olish\u201d so\u02bbzlariga almashtirilmoqda. Bundan tashqari, fuqarolarga nafaqat birinchi va ikkinchi darajadagi qarindoshlari yashab turgan manzilga, balki ularning egaligida bo\u02bblgan boshqa manzildagi uy-joy maydoniga ham doimiy ro\u02bbyxatga turish imkoniyati yaratilmoqda. Qolaversa, er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilingan taqdirda propiskani yo\u02bbqotish bo\u02bbyicha qoidalar bekor qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Oliy Majlis palatalari, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoxud O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimlarga saylangan, tayinlangan, tasdiqlangan fuqarolar hamda davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo\u02bbjalik boshqaruvi organlariga, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlariga ishga taklif etilayotgan yuqori malakali mutaxassislar, tor ixtisoslikdagi mutaxassislar, shuningdek, ularning oila a\u02bczolari belgilangan tartibda doimiy propiska qilingandan so\u02bbng, ular boshqa ishga o\u02bbtishi yoki lavozimdan ozod etilishi yashash joyi bo\u02bbyicha doimiy ro\u02bbyxatdan chiqarilishga olib kelishiga oid qoida chiqarib tashlanmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo\u02bbjalik boshqaruvi organlarida hamda boshqa davlat tashkilotlarida uzluksiz besh yil va undan ortiq bo\u02bblgan davr mobaynida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar\u00a0<em>(texnik, xizmat ko\u02bbrsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlaridan tashqari)<\/em>\u00a0tegishli organ yoki tashkilot rahbarining ma\u02bclumotnomasiga ko\u02bbra, shuningdek, ularning oila a\u02bczolariga doimiy ro\u02bbyxatga turish bo\u02bbyicha yangi band kiritilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur Qonunning qabul qilinishi O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolarining poytaxtda doimiy ro\u02bbyxatga olinishi tartib-taomillari liberallashtiriladi. Senatorlar tomonidan Qonun ma\u02bcqullandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan keyin Senat a\u02bczolari\u00a0<strong>\u201cO\u02bbzbekiston Respublikasining Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksiga tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilishini ta\u02bcminlashga qaratilgan qo\u02bbshimcha va o\u02bbzgartishlar kiritish haqida\u201dgi Qonuni<\/strong>\u00a0muhokama qildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonun bilan Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeks<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">yerga egalik qiluvchining taklifiga asosan belgilangan qishloq xo\u02bbjaligi ekinlarini ekish haqida rasman ogohlantirilganligiga qaramay tomorqa yer uchastkasidan asossiz ravishda oqilona foydalanmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 651-modda bilan to\u02bbldirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biroq ushbu norma amaliyotda turlicha talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Jumladan, undagi tomorqa yer uchastkasidan \u201casossiz ravishda\u201d yoki \u201coqilona\u201d foydalanmaslik\u00a0yoxud\u00a0\u201csamarasiz\u201d foydalanish kabi tushunchalar qonun hujjatlarida ochib berilmagan. Bu esa tegishli idoralar tomonidan javobgarlikka tortishda korrupsiya va boshqa suiiste\u02bcmolliklarga zamin yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining ko\u02bbrsatmasiga asosan ishlab chiqilayotgan \u201cShaxsiy tomorqa xo\u02bbjaligi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qonun loyihasida yuqoridagi kabi qonun hujjatlarimizda mavhum bo\u02bblgan tushunchalarni ochib berish, shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish va aholi daromadini oshirish masalalariga alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonun bilan Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksga kiritilayotgan qo\u02bbshimcha tez kunlarda o\u02bbzining dolzarbligi va ahamiyatini ham yo\u02bbqotadi. Shu jihatdan Qonunni rad etish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra\u00a0<strong>\u201cDavlat boji to\u02bbg\u02bbrisida\u201d O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuniga o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritish haqida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni<\/strong>\u00a0ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonun bilan O\u02bbzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo\u02bblgan O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda ko\u02bbchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi bekor qilinmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, notarial amaliyotda, xususan, bitimlarni tasdiqlaganlik va meros ishlarini rasmiylashtirganlik uchun davlat bojini undirishning o\u02bbziga xos xususiyatlariga aniqlashtiruvchi o\u02bbzgartish va qo\u02bbshimchalar kiritilmoqda. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun esa undiriladigan ayrim davlat boji to\u02bblovlaring miqdorlari optimallashtirilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, \u201cFaoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonunga muvofiq litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat boji undirilishi bo\u02bbyicha Qonunga tegishli qo\u02bbshimcha kiritilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shunga ko\u02bbra, \u201cDavlat boji to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Qonunga advokatlik tuzilmalari, ularning\u00a0ta\u02bcsis\u00a0hujjatlariga kiritilgan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar, yuridik maslahatxonalarning nizomlarini davlat ro\u02bbyxatidan o\u02bbtkazganlik hamda yuridik maslahatxonalarni hisobga olganlik uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha kiritilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonunning qabul qabul qilinishi davlat boji stavkalari optimallashtirilishi va davlat bojini undirishning o\u02bbziga xos xususiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi. Senatorlar Qonunni ma\u02bcqulladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra\u00a0<strong>\u201cNoshirlik faoliyati to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonuni<\/strong>ni\u00a0ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etilganidek, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi \u201cNoshirlik va matbaa sohasini yana-da rivojlantirishga oid qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarorida 2020-yil 1-iyuldan boshlab noshirlik faoliyatini litsenziyalash hamda matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartiblarini bekor qilib, noshirlik va matbaa faoliyatini boshlaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor etish tizimini joriy qilish belgilangan. Ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, qonundagi litsenziyalash bilan bog\u02bbliq normalarni chiqarib tashlash talab etiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, senatorlar qonunda elektron noshirlik mahsulotini tayyorlash va tarqatish tartibini nazarda tutuvchi normalar mavjud emasligiga e\u02bctibor qaratishdi. Bundan tashqari, mamlakatimizda diniy mazmundagi materiallarni tayyorlashga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo\u02bbyicha qo\u02bbmita tomonidan o\u02bbtkazilgan ekspertizadan keyingina yo\u02bbl qo\u02bbyiladi. Qonunni shu nuqtayi nazardan yangi normalar bilan to\u02bbldirish zarur, deb topildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yuqoridagilarga asoslanib, \u201cNoshirlik faoliyati to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi O\u02bbzbekiston Respublikasi Qonunini rad etish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u02bbng senatorlar\u00a0<strong>O\u02bbzbekistonning\u00a0Yevroosiyo\u00a0iqtisodiy ittifoqi (YEOII) bilan hamkorligi masalasi<\/strong>ni\u00a0ko\u02bbrib chiqishdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Avval xabar berilganidek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan ma\u02bclumotlar va hisob-kitoblar Senat qo\u02bbmitalari va maxsus ishchi guruhi yig\u02bbishlarida yetakchi ekspert va mutaxassislarning ishtirokida chuqur tahlillar asosida muhokama qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Jo\u02bbqorg\u02bbi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shahar Kengashlari tomonidan ham muhokama qilindi. Yalpi majlisda ham ushbu masala qizg\u02bbin bahs-munozaralarga sabab bo\u02bbldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">YEOII doirasida hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbyish tarafdorlarining fikriga ko\u02bbra, ushbu tashkilot bilan hamkorlik tashqi savdo hajmining o\u02bbsishi, mamlakatimizda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klasterlar, sanoat va savdo zonalarini tashkil etishda mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlarini yana-da kengaytiradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, qishloq xo\u02bbjaligi mahsulotlarini YEOIIga a\u02bczo davlatlarga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirmasdan eksport qilish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir e\u02bctiborli tomoni shundaki, YEOII bilan hamkorlik transport-kommunikatsiya va yuklar tranziti sohasidagi manfaatlariga ijobiy ta\u02bcsir qiladi. YEOIIga a\u02bczo davlatlarda o\u02bbz mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizga keng imkoniyat yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbzbekistonning YEOIIda \u201ckuzatuvchi davlat\u201d sifatida ishtirok etishi mazkur tashkilot doirasida olib borilayotgan ishlardan xabardor bo\u02bblishi va natijada tahlillar asosida to\u02bbg\u02bbri xulosa qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qarshi ovoz bergan senatorlar iqtisodiyotimizning qator tarmoqlarida ishlab chiqarish sur\u02bcatlarining pasayishi, muayyan darajada ish o\u02bbrinlarining yo\u02bbqotilishi, investitsiya faoliyati va sanoat modernizatsiya jarayonlarining sustlashishiga olib kelishi mumkinligini bildirishdi. Shuningdek, muayyan davrda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari narxlarining oshishi, ularning raqobatbardoshligiga salbiy ta\u02bcsir qilishi hamda ichki bozorda import mahsulotlari hajmi ko\u02bbpayishini ham ta\u02bckidlashdi. Bundan tashqari, respublikaning savdo saldosi va to\u02bblov balansi holati yomonlashishi xavfi borligi qayd etildi. Mamlakatimiz manfaatlari uchun Jahon savdo tashkilotiga a\u02bczolik masalasi dolzarbroq ekanligi ham aytib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qizg\u02bbin va ochiq munozara yakunida senatorlar O\u02bbzbekiston Respublikasining YEOIIda \u201ckuzatuvchi davlat\u201d maqomida ishtirok etish taklifini ma\u02bcqullashdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur masala bo\u02bbyicha Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Kun tartibidagi navbatdagi masala\u00a0<strong>2017\u20132021-yillarda O\u02bbzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo\u02bbnalishi bo\u02bbyicha Harakatlar strategiyasini \u201cIlm, ma\u02bcrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili\u201dda amalga oshirishga oid davlat dasturining 2020-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti<\/strong>\u00a0ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlash joizki, umumiy qiymati 18,2 trln. so\u02bbm va 10,3\u00a0mlrd. AQSH dollariga teng loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan Davlat dasturi ijrosini ta\u02bcminlash va doimiy monitoring qilib borish yuzasidan Hukumatda yaxlit tizim yaratilgan. Pandemiya davrida respublikada makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyot tarmoqlarining uzluksiz ishlashini ta\u02bcminlash, aholi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida Moliya vazirligi huzurida 10 trln. so\u02bbm miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg\u02bbarmasi tashkil etilib, qator amaliy chora-tadbirlar ko\u02bbrilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Dasturga muvofiq joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilishi belgilangan 15 ta banddan 3 tasining bajarish muddati uzaytirilgan. Ushbu masala bo\u02bbyicha tegishli qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra senatorlar\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo\u02bbyicha vakilining (ombudsmanning) 2019-yildagi faoliyati to\u02bbg\u02bbrisidagi hisoboti<\/strong>ni\u00a0eshitdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlanganidek, Vakil va uning mintaqaviy vakillari tomonidan 8 ta asosiy soha bo\u02bbyicha ishlar qilingan. Xususan, inson huquqlari to\u02bbg\u02bbrisidagi milliy qonun hujjatlarini takomillashtirish, unga rioya etilishini monitoring qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko\u02bbrib chiqish, aholi va davlat organlari vakillari huquqiy ongi va xabardorligini oshirish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish, jazoni ijro etish muassasalariga muntazam kirib turish orqali qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g\u02bbayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo\u02bbllashning oldini olish sohasida qator ishlar qilingan. Monitoring davomida qamoqda saqlanayotgan shaxslar bilan jamoaviy 3000 dan ortiq uchrashuvlar va 248 kishi bilan yakka tartibda suhbatlar o\u02bbtkazilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, majlisda senatorlar tomonidan Ombudsmanning hisoboti tanqidiy-tahliliy tarzda ko\u02bbrib chiqildi. Jumladan, Vakil tomonidan shikoyatlarni ko\u02bbrib chiqish uchun viloyat hokimliklariga 773 ta so\u02bbrov xati yuborilgan bo\u02bblsa-da, ularning 180 dan ortig\u02bbiga o\u02bbz vaqtida javob berilmagan. 134 ta so\u02bbrovga respublika vazirlik va idoralari tomonidan munosabat bildirilmagan. Ushbu masalalarga mas\u02bculiyatsizlik bilan yondashgan vazirlik va idoralarga tegishli chora ko\u02bbrish yuzasidan Parlament palatalariga tegishli tartibda ma\u02bclum qilinishi zarurligi borasida so\u02bbz yuritildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyatda gumon qilinuvchilar va mahkumlarga nisbatan noqonuniy ta\u02bcsir choralari ko\u02bbrilganligi to\u02bbg\u02bbrisida 138 ta shikoyat kelib tushganligi, bunday salbiy holatlarning nafaqat oqibatlariga chora ko\u02bbrish bilan cheklanish, balki ularga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borish lozimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabab hamda shart-sharoitlarni aniqlash natijalariga ko\u02bbra davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini ko\u02bbrib chiqish to\u02bbg\u02bbrisidagi taklif bilan Oliy Majlis palatalarining qo\u02bbmitalariga murojaat qilish vakolatini amalga oshirish, Oliy Majlis palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etish, ularga ko\u02bbrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etish huquqidan samarali foydalanish topshirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir jihat, 2019-yil davomida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo\u02bbyish, fuqarolar o\u02bbz vaqtida boshqa turar joy bilan ta\u02bcminlanmagan holda olib qo\u02bbyilganligi holatlarining oldini olishda Inson huquqlari bo\u02bbyicha vakil va uning mintaqaviy vakillari tomonidan o\u02bbz vaqtida tegishli davlat organlari va mahalliy davlat idoralari bilan hamkorlik ishlarini olib borish muhimligi ta\u02bckidlandi. Jumladan, Ombudsman faoliyatini yana-da takomillashtirish, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish hamda qo\u02bbllab-quvvatlashga doir qator takliflar bildirildi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yalpi majlisda\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Bosh prokurori prokuratura organlarining 2019-yildagi faoliyati to\u02bbg\u02bbrisida hisoboti<\/strong>\u00a0ham eshitildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etilganidek, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining ko\u02bbrsatmalari asosida prokuratura organlarini korrupsiyadan holi, chinakam xalq prokuraturasiga aylantirish, faoliyat samaradorligini tubdan oshirish borasida qator choralar ko\u02bbrilgan. Avvalo, halol, sadoqatli va professional xodimlar korpusini shakllantirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga tatbiq etish boshlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qonunlar ijrosi ustidan nazoratni ta\u02bcminlash barobarida fuqarolarga manzilli yordam ko\u02bbrsatish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni amalda bartaraf etishga ham alohida e\u02bctibor qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksportni kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi hayotiy muhim masalalarga ustuvor ahamiyat berilib, 15 mingdan ortiq tadbirkorning buzilgan huquqlari tiklanishi va muammolari bartaraf etilishi ta\u02bcminlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prokuratura organlarining faoliyati tahlili shuni ko\u02bbrsatmoqdaki, 2019-yilda ta\u02bclim sohasida tekshirilgan vazirlik va idoralarning 93 foizida 16,7\u00a0mlrd. so\u02bbmlik moliyaviy qonunbuzarliklar aniqlanib, bu ko\u02bbrsatkich 2018-yilga nisbatan 2,5 baravarga oshgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan birga, qonunlar ijrosiga bevosita mas\u02bcul idoralar tomonidan zimmalariga yuklatilgan vazifalarning to\u02bblaqonli bajarilmasligi joylarda ko\u02bbplab muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo\u02bblganligi aniqlangan. Masalan, fuqarolarning uylari buzilishi munosabati bilan tegishli kompensatsiya pullarining o\u02bbz vaqtida va to\u02bbliq berilmasligi, daraxtlarning noqonuniy kesilishi aholining haqli e\u02bctirozlariga sabab bo\u02bblgan. Bu borada prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 2,3 trln. so\u02bbm zararlar undirilishiga erishilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biroq iqtisodiy jinoyatlar bo\u02bbyicha tergov jarayonida jinoyatni fosh etish bilan birga, yetkazilgan zararni undirish, ya\u02bcni o\u02bbg\u02bbirlangan moddiy boyliklarni topib, qonuniy egasiga qaytarishda kamchiliklar mavjud. Shu bois, senatorlar tomonidan \u201cObod qishloq\u201d va \u201cObod mahalla\u201d dasturlarida belgilangan tadbirlarning bajarilishi, ayniqsa, qurilish ishlarining sifati va talablarga javob berishi bo\u02bbyicha doimiy nazorat o\u02bbrnatish zarurligi ko\u02bbrsatildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qurilish sohasida korrupsiyaga oid alomatlar oqibatida ro\u02bby berayotgan\u00a0talafotlar, ularning sabablari va shart-sharoitlarni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi. Prokuratura organlari bu masalalarda o\u02bbz nazoratini yana-da kuchaytirishi, ularga qonunlar bilan berilgan vakolatlardan keng foydalanishi zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, majlisda prokuratura organlari mamlakatda qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash va qonuniylikni mustahkamlash borasidagi faoliyat samaradorligini yana-da oshirishi lozimligi ko\u02bbrsatilib, tegishli vazifalar bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berildi. Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yildagi faoliyati to\u02bbg\u02bbrisidagi Markaziy bank Boshqaruvi Raisining hisoboti<\/strong>\u00a0eshitildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy bank tomonidan ichki bozorda narxlar barqarorligini ta\u02bcminlash yo\u02bbnalishida iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarni jilovlash hamda inflyatsiya darajasiga monetar omillarning ta\u02bcsirini kamaytirishga qaratilgan pul-kredit siyosatini amalga oshirish borasidagi ishlar to\u02bbg\u02bbrisida ma\u02bclumot berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etilganidek, hisobot yilida ijtimoiy dasturlar doirasida aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo\u02bbllab-quvvatlash ishlariga alohida e\u02bctibor qaratilgan. Qolaversa, investitsion muhitni yaxshilash va iqtisodiyotda uzoq yillar davomida shakllangan investitsion faollikni yuqori darajada ushlab turish maqsadida xorijiy va milliy valyutada ajratilgan kredit mablag\u02bblarining hajmi ko\u02bbpaygan. Jumladan, 2019-yilda tijorat banklari tomonidan xorijiy kredit liniyalari hisobidan 2,1\u00a0mlrd. AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u02bbtgan yil davomida tijorat banklarining iqtisodiyotga ajratilgan jami kredit qo\u02bbyilmalari 1,6 baravarga ko\u02bbpayib, 2020-yil 1-yanvar holatiga 208,6 trln. so\u02bbmni tashkil qilgan. Xususan, 2019-yilda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar 1,5 barobarga oshib, 58,4 trln. so\u02bbmga yetgan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar qoldig\u02bbi 1,6 barobarga oshgan. Bu esa joriy yilning 1-yanvar holatiga 40 trln. so\u02bbmni tashkil qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, aholining bandligini ta\u02bcminlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida jami 7,6 trln. so\u02bbm, shu jumladan, bevosita jismoniy shaxslarga 4,9 trln. so\u02bbm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bank tizimida\u00a0likvidlilikni\u00a0samarali tartibga solish, iqtisodiyotni kreditlash hajmining o\u02bbsish sur\u02bcatini\u00a0muvozanatlashtirish\u00a0hamda keng qamrovli kommunikatsion siyosat olib borish orqali iqtisodiyotdagi inflyatsion bosim va tasodiflarni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Majlisda xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, to\u02bblov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta\u02bcminlash maqsadida Markaziy bank hamda banklar faoliyatiga oid qabul qilingan qonunlarga muvofiq, 2020-yilda Markaziy bank tomonidan alohida e\u02bctibor qaratilishi zarur bo\u02bblgan qator vazifalar ham muhokama qilindi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shundan so\u02bbng\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2019-yildagi faoliyati to\u02bbg\u02bbrisidagi hisoboti<\/strong>\u00a0ham eshitildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ta\u02bckidlanganidek, Hisob palatasi o\u02bbtgan yildagi faoliyati davomida davlat byudjeti ijrosi, byudjet mablag\u02bblaridan maqsadli va samarali foydalanish ustidan nazorat olib borgan. Prezident topshiriqlari ijrosi, strategik korxonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari kabi masalalar bo\u02bbyicha nazorat va tahliliy tadbirlarni amalga oshirgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Xususan, Davlat byudjetiga qo\u02bbshimcha 2,7 trln. so\u02bbmlik daromad manbalari aniqlanib, belgilangan qo\u02bbshimcha daromad manbalarining hududlar bo\u02bbyicha to\u02bbliq ta\u02bcminlanishida amaliy yordam ko\u02bbrsatilgan. Byudjet mablag\u02bblaridan 1,1 trln. so\u02bbmlik noqonuniy va samarasiz xarajatlar aniqlanib, shundan 150\u00a0mlrd. so\u02bbmi bartaraf etilishi ta\u02bcminlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari, oliy darajadagi tashriflar yakuni bo\u02bbyicha erishilgan 4 mingdan ziyod qariyb 130\u00a0mlrd. AQSH dollari qiymatidagi kelishuvlar amalga oshirilishi yuzasidan nazorat olib borilgan. Hisobot yilida qator korxona va muassasalar tomonidan davlat xaridlariga oid qonun hujjatlariga rioya etmasdan, to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri shartnoma orqali 19,9\u00a0mlrd. so\u02bbm ortiqcha sarflanganligi, import xajmi 24,9 foizga ortib ketganligi, tashqi savdoda manfiy qoldiq deyarli 7\u00a0mlrd. dollarga yetganligi aniqlangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, majlisda senatorlar tomonidan Hisob palatasining faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalar bildirildi. Jumladan, Senat bilan hamkorlikda byudjet va byudjetdan tashqari mablag\u02bblar tushumlarining to\u02bbliqligini tizimli ravishda o\u02bbrganib borish va daromadlarni ko\u02bbpaytirish\u00a0zaxiralarini\u00a0aniqlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini keng qo\u02bbllagan holda masofaviy nazoratni amalga oshirish maqsadga muvofiqligi qayd etildi. Mazkur masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra Senat a\u02bczolari ilk bor\u00a0<strong>Inson huquqlari bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Respublikasi Milliy markazining 2018-2019-yillarda inson huquqlari bo\u02bbyicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi holatiga doir axboroti<\/strong>ni\u00a0eshitdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Qayd etilganidek, O\u02bbzbekiston inson huquqlari sohasidagi 70 dan ortiq xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qo\u02bbshilgan. Ushbu xalqaro hujjatlarning bajarilishi bo\u02bbyicha milliy ma\u02bcruzalar BMTning Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashi va shartnomaviy qo\u02bbmitalariga doimiy ravishda taqdim etib borilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keyingi davrda, ayniqsa, O\u02bbzbekiston parlamenti tomonidan inson huquqlari bo\u02bbyicha muhim xalqaro-huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilindi. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining 4 ta konvensiyasi, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining 3 ta shartnomasi va boshqa bir qator xalqaro hujjatlar tasdiqlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatda mazkur xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklariga doir normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, inson huquqlari bo\u02bbyicha milliy institutlarni rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan. Shuningdek, inson huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirishga jiddiy e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, O\u02bbzbekistonning tashabbuslari BMT darajasida qo\u02bbllab-quvvatlanayotganligi ta\u02bckidlandi. jumladan, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan \u201cMa\u02bcrifat va diniy bag\u02bbrikenglik\u201d rezolyutsiyasi qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ushbu xalqaro tashkilotning 73-sessiyasida ilgari surilgan tashabbus hayotga tatbiq etilganining amaliy ifodasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2018-yil noyabr oyida Samarqand shahrida Osiyo mintaqasida birinchi marotaba Inson huquqlari bo\u02bbyicha Osiyo forumida BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasi hujjati sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo\u02bbyicha Samarqand deklaratsiyasi, shuningdek, 2019-yilda esa Islom hamkorlik tashkilotiga a\u02bczo davlatlarda yoshlar huquqlari to\u02bbg\u02bbrisidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, majlisda O\u02bbzbekiston 2021-2023-yillarga bo\u02bblgan davrda BMTning Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashiga a\u02bczolik uchun nomzodini ilgari surganini hisobga olgan holda, bu borada ijobiy samaraga erishish uchun tegishli barcha siyosiy-diplomatik chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra\u00a0<strong>Hokimlar tomonidan qonun hujjatlari talablariga rioya qilmasdan qarorlar qabul qilish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so\u02bbrovi yuborish to\u02bbg\u02bbrisidagi masala<\/strong>\u00a0ham ko\u02bbrib chiqildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo\u02bbmitasi tomonidan hokimlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiq qarorlar qabul qilinishi holati o\u02bbrganildi. Tahlillarga ko\u02bbra, birgina 2019-yilning o\u02bbzida hokimlarning 3400 dan ortiq qarorlari haqiqiy emas, deb topilgan. Ma\u02bcmuriy sudlar tomonidan bu borada 2019-yilda jami 2 992 ta ish ko\u02bbrilgan bo\u02bblib, ularning 1 255 tasi (42%) qanoatlantirilgan. 2020-yilning yanvar-fevral oylarida esa 552 ta ish ko\u02bbrilgan va ularning 248 tasi yoki 45 foizi qanoatlantirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Keltirilgan raqamlar shuni ko\u02bbrsatib turibdiki, murojaatlar soni<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">10 foizga, ularni qanoatlantirish esa, ya\u02bcni hokimlarning qarorlarini haqiqiy emas deb topish 3 foizga ko\u02bbpayib, bunday murojaatlarning qariyb 50 foizi qanoatlantirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu borada fuqarolar norozi bo\u02bblib murojaat qilish soni va hokimlarning qonun hujjatlari talablariga rioya qilmasdan qarorlar qabul qilishi holatlari ko\u02bbpayib borgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tuman, shahar hokimlari vakolatga ega bo\u02bblmasa-da, qonunga zid ravishda bino-inshootlarni balansga olish to\u02bbg\u02bbrisida, yer uchastkasini ajratish vakolati ularga berilmagan normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda ajratilayotgan yer maydonini to\u02bblaqonli o\u02bbrganilishini ta\u02bcminlamasdan yer ajratish yuzasidan qarorlar qabul qilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shuningdek, qonun hujjatlariga ko\u02bbra yer uchastkalari qonunga zid ravishda olib qo\u02bbyilganligi munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlik masalalari qat\u02bciy belgilanmagan, eng muhimi, bunga huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan o\u02bbz vaqtida munosib e\u02bctibor berilmagan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mulkdorlarning mulki musodara qilinishi haqida ogohlantirishning olti oylik muddatiga rioya qilmaslik, mulkchilik obyekti uchun kompensatsiya mablag\u02bblarini to\u02bblamay yoki qiymati bo\u02bbyicha teng mol-mulkni taqdim etmay majburan chiqarib yuborish odatiy holga aylangan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahalliy hokimiyat organlari vakillarining mulk egalariga ko\u02bbp holatda qo\u02bbpol munosabatda bo\u02bblishi aholining ijtimoiy kayfiyatiga putur yetkazuvchi omil bo\u02bblmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur masala yuzasidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament so\u02bbrovi yuborish bo\u02bbyicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">So\u02bbngra Senat a\u02bczolari\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining \u201cIqtisodiyotni rivojlantirish va kambag\u02bballikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi Farmoni<\/strong>ni\u00a0tasdiqladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bundan tashqari, majlisda Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bilan O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to\u02bbrtinchi yalpi majlisi o\u02bbz ishini yakunladi.<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>O\u02bbzbekiston Respublikasi<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>Oliy Majlisi Senatining<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>Axborot xizmati<\/b><\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1028,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1027","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1027","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1027"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1027\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1032,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1027\/revisions\/1032"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1028"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1027"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1027"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1027"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}