{"id":1005,"date":"2020-05-10T16:13:31","date_gmt":"2020-05-10T14:13:31","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1005"},"modified":"2020-05-10T16:18:42","modified_gmt":"2020-05-10T14:18:42","slug":"deutsch-shavkat-mirziyoyev-besuchte-den-park-des-siegs","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/10\/deutsch-shavkat-mirziyoyev-besuchte-den-park-des-siegs\/","title":{"rendered":"So\u02bbnmas xotira: Otamning tug\u02bbilgan kuni 9-may emas ekan&#8230;"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"content\">\n<div class=\"news-detail\">\n<div style=\"text-align: justify;\">\nEsimni taniganimdan buyon 9-may \u2013 oilamizda G\u02bbalaba bayrami va otamning tug\u02bbilgan kuni sifatida nishonlanadi. Keyinroq savod chiqarib, otamning pasportiga ko\u02bbzim tushganida tug\u02bbilgan kuni 1-may ekanini bilganman. Otamga hayron bo\u02bblib, savolomuz qaraganimda, \u201cShu kun yaxshi\u201d deb qo\u02bbya qolgan, ortiqcha izohlamagan.<\/div>\n<div><!--more--><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"So\u02bbnmas xotira: Otamning tug\u02bbilgan kuni 9-may emas ekan...\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/8af\/photo_2020_05_10_18_37_05.jpg\" alt=\"So\u02bbnmas xotira: Otamning tug\u02bbilgan kuni 9-may emas ekan...\" border=\"0\" \/><\/p>\n<p>Urush haqida hech bir kitobda bitilmagan hikoyalarni ham otamdan eshitganman. Otamning bolaligi urush yillarida kechgan, o\u02bbzining aytishicha, bobom Toshpo\u02bblat Mo\u02bbmin o\u02bbg\u02bbli Toshkentdagi Voroshilov zavodida (keyinchalik u \u201cO\u02bbzbekqishloqmash\u201d zavodiga aylangan, hozir bu korxona yo\u02bbq) yuk ko\u02bbtaruvchi bo\u02bblib ishlab, 14-16 soatlab vagonlarga o\u02bbq-dori ortgan. Ishchilar ko\u02bbpincha korxonaning o\u02bbzidayoq tunab qolishar, oilasini ba\u02bczida haftalab ko\u02bbrishmas ekan.<\/p>\n<p>Shu bois ro\u02bbzg\u02bborga qarash oiladagi to\u02bbng\u02bbich o\u02bbg\u02bbil \u2013 13 yashar otamning yelkasiga tushgan. Ishchilarga kuniga 250 grammdan, qaramog\u02bbidagi oilasiga esa 150-200 grammdan non berilarkan.<\/p>\n<p>\u2013 Yaxshiyamki, kichikkina tomorqamiz bor edi, ochlikdan bizni shu parcha yer qutqargan, \u2013 derdi otam. \u2013 Bolaligimdan dehqonchilik qilganman, menga o\u02bbxshab tirikchilikni kattalar qatorida yelkasiga olgan bolalar ko\u02bbp edi.<\/p>\n<p>Nazarimda 9-may \u2013 G\u02bbalaba kuni o\u02bbsha davr bolalariga betashvish bolalikka qaytish umidini keltirgan, shu bois otam shu sanani o\u02bbzining tug\u02bbilgan kuni, deya belgilagan shekilli.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalqimizni ushbu qutlug\u02bb kun bilan muborakbod etgan payti men o\u02bbzbek xalqiga mansub bo\u02bblganimdan yuragimda faxr va g\u02bburur hissini tuydim, boisi mamlakatimizning bu urushda qozonilgan G\u02bbalabada ulkan hissasi bor, janglarda qatnashgan 1 million 951 ming kishi yurtimiz o\u02bbg\u02bblonlari, ko\u02bbrsatgan jasorati Sovet Ittifoqi Qahramoni degan oliy mukofot bilan taqdirlangan 301 kishi O\u02bbzbekiston farzandi.<\/p>\n<p>Men ijodkor sifatida xalqimizning G\u02bbalabani yaqinlashtirish yo\u02bblidagi qahramonligi, fidoyiligini hali ham to\u02bbliq ko\u02bbrsata olmayotganimizni o\u02bbyladim. Axir bu urush har bir oilada u yoki bu ko\u02bbrinishda iz qoldirgan, demak, bu mavzuning ko\u02bblami ulkan, mamlakatimizda qancha oila bo\u02bblsa, shuncha tarix, shuncha voqea, fojia bor. Demak, bu mavzuda hali ko\u02bbp asarlar yaratiladi.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, bugun xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixini o\u02bbrganish borasida yangi davr boshlandi. Biz bobolarimizning jahon tarixida kechgan ulkan voqealarda ishtirokini shu xalq vakili sifatida iftixor ila ko\u02bbrsatishimiz zarur, deb bilaman. Bu bobolarimizning jang maydonidagi jasoratlarini kuylash barobarida, o\u02bbsha yillari front ortida mehnat qilgan, urush kechgan o\u02bblkalardan olib kelingan yetimlarning boshini silagan odamlar, dalada, korxonalarda erkaklarning o\u02bbrnini bosgan ayollar, oilasining og\u02bbiriga yelka tutgan, kattalar qatorida turib ishlagan o\u02bbsmirlar, bir umr eshikka termulib, o\u02bbg\u02bblini, yorini kutgan onalar, kelinlar fidoyiligini avlodlar uchun asarlarga muhrlashdir.<\/p>\n<p>Otam hozir 92 yoshda. 9-may kuni televizorda G\u02bbalaba bog\u02bbining ochilishi haqidagi reportajni ko\u02bbribdi. Menga taassurotlarini erinmay hikoya qildi.<\/p>\n<p>Karantin tugaganda birinchi bo\u02bblib ziyorat qiladigan joylarimdan biri mana shu G\u02bbalaba bog\u02bbi bo\u02bbladi. Poytaxtimizda o\u02bbzbek xalqining matonatini tasvir etadigan mana shunday maskan, albatta, bo\u02bblishi kerak edi. Shu yo\u02bblda mehnat qilgan haykaltaroshlarga, rassomlarga, quruvchilarga tashakkur aytaman.<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>Risolat HAYDAROVA,<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>O\u02bbzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a\u02bczosi<\/b><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1007,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1005","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1005","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1005"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1005\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1009,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1005\/revisions\/1009"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1007"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1005"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1005"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1005"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}