{"id":1002,"date":"2020-05-08T16:44:18","date_gmt":"2020-05-08T14:44:18","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=1002"},"modified":"2020-05-08T16:47:28","modified_gmt":"2020-05-08T14:47:28","slug":"%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%bf%d1%80%d0%b8%d1%8f%d1%82%d0%b8%d0%b8-elegant-garment-textile-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%be-1200","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/2020\/05\/08\/%d0%bd%d0%b0-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%bf%d1%80%d0%b8%d1%8f%d1%82%d0%b8%d0%b8-elegant-garment-textile-%d0%b1%d1%83%d0%b4%d0%b5%d1%82-%d1%81%d0%be%d0%b7%d0%b4%d0%b0%d0%bd%d0%be-1200\/","title":{"rendered":"Kartoshka yetishtirishni kafolatli daromad keltiradigan sohaga aylantiramiz"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Keyingi yillarda mamlakatimizda sug\u02bboriladigan yerlardan unumli foydalanish, kelgusida kartoshkachilikni rivojlantirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, kartoshka urug\u02bbchiligini rivojlantirish maqsadida zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar joriy etilmoqda.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b><img decoding=\"async\" class=\"detail_picture mobile aligncenter\" title=\"Kartoshka yetishtirishni kafolatli daromad keltiradigan sohaga aylantiramiz\" src=\"http:\/\/uza.uz\/upload\/iblock\/065\/photo_2020_05_08_18_24_00.jpg\" alt=\"Kartoshka yetishtirishni kafolatli daromad keltiradigan sohaga aylantiramiz\" border=\"0\" \/><\/b><br \/>\nO\u02bbtgan davrda tuproq-iqlim xususiyatlaridan kelib chiqib, Andijon viloyati Qo\u02bbrg\u02bbontepa tumani, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz va Kitob tumanlari, Namangan viloyati Yangiqo\u02bbrg\u02bbon tumani, Samarqand viloyati Bulung\u02bbur tumani, Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlari, Toshkent viloyati Bo\u02bbstonliq tumani va Farg\u02bbona viloyati So\u02bbx tumani urug\u02bblik kartoshka yetishtirishga ixtisoslashtirildi. Mazkur hududlarda Kartoshkachilik markazlari tashkil etildi. Ixtisoslashgan fermer xo\u02bbjaliklarida yetishtirilayotgan urug\u02bblik kartoshkani nazorat qilib borish uchun 9 tumandagi 3 mingdan ortiq fermer xo\u02bbjaligi faoliyatiga oid, ularning manzili, yer maydoni, hosildorligi bo\u02bbyicha ma\u02bclumotlar bazasi yaratildi.<\/p>\n<p>Uyushmamiz tomonidan sohani rivojlantirish uchun Fransiya, AQSH, Isroil, Turkiya, Niderlandiya, Rossiya, Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston davlatlarining yirik kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari o\u02bbrnatilgan. 2018-2019-yillarda ular bilan birga jami qiymati 20,9 million dollarlik 3 investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga erishdik. Sohadagi islohotlar natijasida \u201cBo\u02bbstonliq kartoshkachilik markazi\u201d klasteri 700 gektarga ekilgan kartoshkadan yomg\u02bbirlatib sug\u02bborish hisobiga gektaridan 40-45 tonna hosil olgan. Bu juda yaxshi natija hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda kartoshkachilikni, jumladan, mahalliy urug\u02bbchilikni yana-da rivojlantirish, mahalliy kartoshka hosildorligini oshirish, mahsulot tannarxini tushirish choralarini belgilash orqali kartoshkachilikka ixtisoslashgan xo\u02bbjalik yurituvchi subyektlarga ma\u02bclum darajada yengilliklar berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Sohaga innovatsion loyihalarni jalb etish, urug\u02bblik va iste\u02bcmol kartoshkasining ichki bozor uchun yetarli darajada yetishtirilishini to\u02bbliq ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha choralar qabul qilish zarur bo\u02bbldi. Prezidentimizning 2020-yil 6-maydagi \u201cRespublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug\u02bbchiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori bu borada muhim ahamiyatga kasb etdi.<\/p>\n<p>Ushbu hujjat bilan respublikamizning kartoshka yetishtirish hosildorligi nisbatan yuqori \u2013 250-300 sentner bo\u02bblgan 40 tuman (jami 40,1 ming gektar) kartoshkachilikka ixtisoslashtirilib, ulardan 23 tasida (27,4 ming gektar) urug\u02bblik kartoshka yetishtirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Unga ko\u02bbra, 2020-2021-yillarda 23 tumanda, 2022-2023-yillarda esa qolgan 17 tumanda kartoshkachilik klasterlari tashkil etiladi. Klasterlarning asosiy yo\u02bbnalishlari innovatsion va resurs tejamkor texnologiyalar asosida yaxlit maydonlarda iste\u02bcmol va urug\u02bblik kartoshka yetishtirish hamda sohada qo\u02bbshilgan qiymat zanjirini yaratishdir. Shuningdek, urug\u02bblik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini yetishtirishni kengaytirish, urug\u02bbliklar tayyorlash hamda zamonaviy kartoshka plantatsiyalarini barpo etishga e\u02bctibor qaratish.<\/p>\n<p>Tahlillarga ko\u02bbra, respublikamizda har yili o\u02bbrtacha 2,7 million tonna kartoshka yetishtirilib, shundan, 1,5 million tonna iste\u02bcmol uchun, 500 ming tonna urug\u02bblik uchun ishlatilmoqda. Afsuski, qolgan 700 ming tonnasi saqlash imkoniyatining yetarli emasligi bois yo\u02bbqotilmoqda. Aholi iste\u02bcmoli uchun esa yiliga 300 ming tonna kartoshka yetishmaydi.<\/p>\n<p>Yetishmaydigan qismini qoplash uchun 2019-yilda chetdan 20,5 million dollarlik 291 ming tonna (shundan urug\u02bblik uchun \u2013 10 ming tonna), 2020-yil yanvar-mart oylarida esa 9,5 million dollarlik 130 ming tonna (shundan urug\u02bblik uchun \u2013 12 ming tonna) kartoshka import qilingan. Joriy yil hosili uchun 42 ming gektar takroriy maydonlarga kartoshka ekish rejalashtirilgan. Buning uchun 126 ming tonna urug\u02bblik talab etiladi va shundan yetishmaydigan 15-20 ming tonnasi chetdan olib kelinishi ko\u02bbzda tutilmokda. Kartoshka urug\u02bbining fermer xo\u02bbjaliklariga sotiladigan narxi oshib ketmasligini ta\u02bcminlash uchun kartoshka import qilishdagi bojxona boji bo\u02bbyicha mavjud imtiyozlar 2023-yil 1-iyulgacha, ya\u02bcni qo\u02bbshimcha 2,5 yilga uzaytirilmoqda.<\/p>\n<p>Shu paytgacha mahalliy kartoshka urug\u02bbini yetishtiruvchilarning urug\u02bblik xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish bo\u02bbyicha rag\u02bbbatlantiruvchi mexanizmlar yetarli emas edi. Endilikda urug\u02bblik kartoshka xarid qilish uchun olinadigan kreditlar foiz xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish taklif etilmoqda. Yomg\u02bbirlatib sug\u02bborish tizimi qo\u02bbllaniladigan yerlarni 2021-yil 1-yanvardan yer solig\u02bbidan ozod qilish taklif etilmoqda.<\/p>\n<p>Bu kabi chora-tadbirlar kartoshkachilikni kafolatli daromad keltiradigan sohaga aylantirish, bu bilan fermer va dehqonlarning kartoshkachilikka qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Maqsad esa birinchi galda xalqimizni sifatli kartoshka bilan ta\u02bcminlash va eksportni kengaytirish, shu orqali mamlakatimiz iqtisodiyotiga hissa qo\u02bbshish.<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>Elyor TOSHPO\u02bbLATOV,<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>O\u02bbzbekiston kartoshka yetishtiruvchilar<\/b><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\"><b>uyushmasi raisi<\/b><\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":272,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-1002","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1002","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1002"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1002\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1004,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1002\/revisions\/1004"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/272"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1002"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1002"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1002"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}