{"id":4358,"date":"2023-12-21T18:08:27","date_gmt":"2023-12-21T16:08:27","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?page_id=4358"},"modified":"2024-02-05T12:29:01","modified_gmt":"2024-02-05T10:29:01","slug":"shavkat-mirziyoyev-biography","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/shavkat-mirziyoyev-biography\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<nav class=\"site-navbar navbar navbar-inverse navbar-fixed-top navbar-mega navbar-inverse\" role=\"navigation\">\n<div class=\"navbar-header\"><\/div>\n<\/nav>\n<div class=\"page animsition\">\n<div class=\"page-content container-fluid\">\n<div class=\"row\">\n<div class=\"col-md-9\">\n<div class=\"panel\">\n<div class=\"panel-body nav-tabs-animate nav-tabs-horizontal\">\n<div class=\"tab-content\">\n<div id=\"activities\" class=\"tab-pane active animation-slide-left\" role=\"tabpanel\">\n<hr \/>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/www.uzbekistan.de\/upload\/image\/121233_(1).jpg\" alt=\"O'zbekiston Respublikasi Prezidenti\" \/><\/p>\n<p>Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug\u2018ilgan. Millati \u2013 o\u2018zbek. Oliy ma\u2019lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.<\/p>\n<p>Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o\u2018qituvchi, dotsent, o\u2018quv ishlari bo\u2018yicha prorektor lavozimlarida ishladi.<br \/>\n1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug\u2018bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo\u2018shdi.<\/p>\n<p>Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.<\/p>\n<p>Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta \u2013 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab O\u2018zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda.<\/p>\n<p>Sh.M.Mirziyoyev Hukumat boshlig\u2018i sifatida keng ko\u2018lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etish, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantirish, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini keskin oshirish hamda ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashda o\u2018zining yuksak salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi.<\/p>\n<p>Mamlakat iqtisodiyotini industrial rivojlantirish, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, agrar sohani tubdan isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini taraqqiy toptirish, qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash va aholini kafolatlangan va arzon mahsulotlar bilan ta\u2019minlash ishlariga ustuvor darajada e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko\u2018rsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko\u2018lamli va samarali tadbirlarni amalga oshirdi.<\/p>\n<p>Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ta\u2019lim, fan, sog\u2018liqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning sog\u2018lom va barkamol bo\u2018lib voyaga yetishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim o\u2018rin egalladi.<\/p>\n<p>O\u2018zini o\u2018zi boshqarishning noyob instituti bo\u2018lgan mahallaning nufuzi va obro\u2018sini yanada oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy ma\u2019naviy qadriyatlarni e\u2019zozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>Qayd etilganlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama o\u2018zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qildi.<\/p>\n<p>2016-yil 8-sentabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo\u2018shma majlisida parlament palatalarining qo\u2018shma qaroriga muvofiq O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.<\/p>\n<p>19-oktabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati \u2014 O\u2018zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo\u2018lib o\u2018tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a\u2019zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo&#8217;lib o&#8217;tgan Prezident saylovi yakunlari bo&#8217;yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o&#8217;z vazifasini bajarishga kirishdi.<\/p>\n<p>Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o\u2018g\u2018li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Z.M. Mirziyoyeva \u2013 mutaxassisligi bo\u2018yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.<\/p>\n<p>Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi ko\u2018p yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo\u2018shgani uchun \u00abMehnat shuhrati\u00bb va \u00abFidokorona xizmatlari uchun\u00bb ordenlari bilan taqdirlangan.<\/p>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug\u2018ilgan. Millati \u2013 o\u2018zbek. Oliy ma\u2019lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo\u2018jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o\u2018qituvchi, dotsent, o\u2018quv ishlari bo\u2018yicha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-4358","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/4358","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4358"}],"version-history":[{"count":10,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/4358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4442,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/4358\/revisions\/4442"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}