{"id":298,"date":"2017-11-26T15:56:42","date_gmt":"2017-11-26T13:56:42","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?page_id=298"},"modified":"2026-03-24T17:19:50","modified_gmt":"2026-03-24T15:19:50","slug":"%d0%b2%d1%80%d0%b5%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%81%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%83%d1%87%d0%b5%d1%82","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/%d0%b2%d1%80%d0%b5%d0%bc%d0%b5%d0%bd%d0%bd%d1%8b%d0%b9-%d0%ba%d0%be%d0%bd%d1%81%d1%83%d0%bb%d1%8c%d1%81%d0%ba%d0%b8%d0%b9-%d1%83%d1%87%d0%b5%d1%82\/","title":{"rendered":"Vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga olinish"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Bosh konsulxonaning vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga uning konsullik okrugida (ya\u2019ni Germaniyaning quyidagi federal yerlarida: Hessen, Baden-W\u00fcrttemberg, Nordrhein-Westfalen, Bayern, Rheinland-Pfalz hamda Lixtenshteyn knyazligi) vaqtincha yashash uchun quyidagi maqsadda kelgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari va O\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo\u2018lmagan shaxslar olinadi:<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>&#8211; hukumatlararo kelishuv yoki bitim asosida uzoq davomli xizmat safari;<\/strong><\/div>\n<div style=\"text-align: justify;\">\n<p><strong>&#8211; oliygohda o\u2018qish;<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211; uzoq davomli davolanish;<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211; legal mehnat qilish;<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211; oila birlashuvi.<\/strong><\/p>\n<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\">Vaqtinchalik konsullik hisobiga turish uchun ariza beruvchi Bosh konsulxona konsullik okrugi hududida <strong>qonuniy ravishda yashayotgan bo\u2018lishi va amal qilayotgan<\/strong> <em>(muddati o\u2018tmagan)<\/em> <strong>yashash uchun ruxsatnomaga<\/strong> ega bo\u2018lishi lozim <em>(Aufenthaltstitel yoki Fiktionsbescheinigung)<\/em>.<\/div>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga olinish uchun arizachi quyidagi hujjatlarni Bosh konsulxonaga pochta <\/strong><em>(manzilingiz ko\u2018rsatilgan konvert va pochta markasini yuborishingizni ham so\u2018raymiz)<\/em><strong> orqali jo\u2018natishi lozim:<\/strong><\/p>\n<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>1. <\/strong>Vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga olinish uchun yozma\u00a0<a href=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/wp-content\/uploads\/2024\/07\/\u0410\u0440\u0438\u0437\u0430_\u0432\u0430\u043a\u0442\u0438\u043d\u0447\u0430\u043b\u0438\u043a-\u043a\u043e\u043d\u0441\u0443\u043b\u043b\u0438\u043a-\u0440\u0443\u0439\u0445\u0430\u0442\u0438\u0433\u0430-\u043a\u0443\u0439\u0438\u0448-\u0443\u0447\u0443\u043d_\u0443\u0437\u0431_1.doc\">ariza<\/a>\u00a0(kattalar va 16 yoshgacha bo\u2018lgan bolalar ham);<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>2. <\/strong>Vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga olinish uchun anketa (kattalar va 16 yoshgacha bo\u2018lgan bolalar ham). Anketa O\u2018zbekiston Respublikasining Frankfurt-Main shahridagi Bosh konsulxonasining nomiga yo\u2018llanib,\u00a0<a href=\"https:\/\/consulate-new.mfa.uz\/kus\/vindex?language=uz\">interaktiv xizmatlar saytida elektron ko\u2018rinishda<\/a> to\u2018ldirilishi shart. Faqatgina to\u2018liq to\u2018ldirilgan, batafsil ma\u2019lumotlar yozilgan va interaktiv xizmatida onlayn jo\u2018natilgan anketa haqiqiy hisoblanadi. Anketaga tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart (xorijga chiqish uchun qizil pasport, yashash uchun rasmiy ruxsatnoma (Aufenthaltstitel), ishxonadan yoki o\u2018qishdan ma\u2019lumotnoma, onlayn yuklangan elektron 3&#215;4 rasm). Anketani to\u2018ldirib jo\u2018natgandan keyin uning PDF formatidagi elektron nusxasini printerda qog\u2018ozga chiqarib unga sana va imzo qo\u2018yish shart;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>3.<\/strong> O`zbekiston Respublikasining xorijga chiqish uchun muddati o`tmagan pasportning (qizil) asli va pasportning yozuvi bor va muhr qo\u2018yilgan betlaridan nusxa;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>4.<\/strong> Tug\u2018ilganlik haqida guvohnomaning asli va nusxasi. <a href=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%8f%d0%b4%d0%be%d0%ba-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d0%b2%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2\/\">Guvohnomani topshirish tartibiga<\/a>\u00a0qarang;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>5. <\/strong>Legal yashash uchun amaldagi rasmiy ruxsatnomaning (Aufenthaltstitel yoki Fiktionsbescheinigung) asli va nusxasi. Ushbu hujjatlarning amal qilish muddati olti oydan ortiq bo\u2018lishi kerak;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>6.<\/strong> Nikoh tuzilganligi yoki nikohdan ajrashganlik haqida guvohnomaning asli va nusxasi. <a href=\"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/%d0%bf%d0%be%d1%80%d1%8f%d0%b4%d0%be%d0%ba-%d0%bf%d1%80%d0%b5%d0%b4%d0%be%d1%81%d1%82%d0%b0%d0%b2%d0%bb%d0%b5%d0%bd%d0%b8%d1%8f-%d1%81%d0%b2%d0%b8%d0%b4%d0%b5%d1%82%d0%b5%d0%bb%d1%8c%d1%81%d1%82%d0%b2\/\">Guvohnomani topshirish tartibiga<\/a>\u00a0qarang;<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>7.<\/strong> Turar joyi borligi va ro\u2018yxatga olingaligi haqida ma\u2019lumotnoma (Meldebest\u00e4tigung yoki Meldebescheinigung);<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>8.<\/strong> Arizachining adresi yozilgan bir dona bo\u2018sh markali konvert.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Hukumatlararo kelishuv yoki bitim asosida uzoq davomli xizmat safariga<\/strong> kelgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo\u2018shib xorijda xizmat safariga borish uchun buyruqning nusxasini ham topshirishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Oliygohga o\u2018qish uchun kelgan yoki oliygohda o\u2018qiyotgan<\/strong> shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo\u2018shib talabalik guvohnomasi yoki talabalik haqida ma\u2019lumotnomadan nusxani ham topshirishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Uzoq davomli davolanishga<\/strong> kelgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo\u2018shib u davolanayotgan xorij davlatidagi tibbiy tashkilotning ma\u2019lumotnomasidan nusxani ham topshirishi shart. Ma\u2019lumotnomada bemor tibbiy ko\u2018rikdan o\u2018tayotganligi va\/yoki davolanayotganligi tasdiqlangan bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<div style=\"text-align: justify;\"><strong>Legal ishlash uchun kelgan yoki ishlayotgan<\/strong> shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo\u2018shib mehnat shartnomasidan nusxani yoki ishxona ma\u2019lumotnomasidan (lavozimi va ishlash muddati ko\u2018rsatilgan) nusxani ham topshirishi shart.<\/div>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Oila birlashuvi uchun<\/strong> kelgan 16 yoshgacha bo\u2018lgan shaxs yuqorida aytilgan (1-8) hamma hujjatlarga qo\u2018shib ota-onasining muddati o`tmagan O`zbekiston Respublikasining xorijga chiqish pasporti (qizil) va legal yashash uchun amaldagi rasmiy ruxsatnomadan (Aufenthaltstitel yoki Fiktionsbescheinigung &#8211; <strong>xujjatlarning muddati<\/strong> <strong>olti oydan ortiq bo\u2018lishi shart<\/strong>) nusxani ham topshirishi shart.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>9.<\/strong> Yuqorida aytilgan hujjatlar Bosh konsulxonaga topshirilganidan keyin anketa va ilova qilingan hujjatlar diplomatik missiya tomonidan ko\u2018rib chiqiladi. Ijobiy javob kelgandan keyin arizachiga vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga olinganligi haqida xabarnoma beriladi. O\u2018sha xabarnomada quyidagi ma\u2019lumotlar bo\u2018ladi: shtrix-kod, arizachining F.I.Sh., konsullik ro\u2018yxatining turi (vaqtincha), ro\u2018yxatga olingan soni va sanasi, ro\u2018yxatga olinishning amal qilish muddat, konsullik ro\u2018yxatiga olgan xorijiy vakolatxonaning nomi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>10.<\/strong> Olingan xabarnomani qog\u2018ozga chiqarib, pasportning ichida saqlash lozim.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>11.<\/strong> Agar topshirilgan hujjatlar talabga javob bermasa, arizachiga hujjatlar va anketa qayta ishlash uchun qaytariladi.<\/p>\n<p><strong>Vaqtincha konsullik ro\u2018yxatiga olinish uchun to\u2018lov olinmaydi.<\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat \u0420\u0443\u0441\u0441\u043a\u0438\u0439 tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-298","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/298","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=298"}],"version-history":[{"count":157,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/298\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6059,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/298\/revisions\/6059"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=298"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}