{"id":6846,"date":"2026-11-16T20:29:06","date_gmt":"2026-11-16T18:29:06","guid":{"rendered":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/?p=6846"},"modified":"2026-11-16T20:29:06","modified_gmt":"2026-11-16T18:29:06","slug":"deutsch-english-human-dignity-and-religious-tolerance-in-new-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/2026\/11\/16\/deutsch-english-human-dignity-and-religious-tolerance-in-new-uzbekistan\/","title":{"rendered":"YANGI O\u2018ZBEKISTONDA INSON QADRI VA DINIY BAG\u2018RIKENGLIK"},"content":{"rendered":"<p><!--more--><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun O\u2018zbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadrini ulug\u2018lash, uning huquq va manfaatlarini ta\u2019minlash, xalqimizning ma\u2019naviy dunyosini boyitish hamda milliy va diniy qadriyatlarini asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizning yangilanish va taraqqiyot yo\u2018lida iqtisodiy va ijtimoiy o\u2018zgarishlar ilm-ma\u2019rifat, vijdon erkinligi va diniy bag\u2018rikenglikni mustahkamlash bilan uzviy bog\u2018liq holda olib borilmoqda. Bu jarayonlar jamiyatda o\u2018zaro ishonch va hamjihatlikni yuksaltirish, fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish uchun muhim zamin yaratmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Erkin va farovon hayot, tinchlik va osoyishtalik, inson huquq va erkinliklari, vijdon erkinligi hamda diniy bag\u2018rikenglik <strong>Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyotining<\/strong> muhim asoslaridir. O\u2018z tariximiz, ona tilimiz va asriy qadriyatlarimizga ehtirom bilan munosabatda bo\u2018lish ana shu jarayonning ajralmas qismidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Inson qadri ulug\u2018langan yurt<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi insonning huquq va manfaatlarini ta\u2019minlash, munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\u201cInson qadri uchun!\u201d degan ezgu g\u2018oya davlat siyosatining markaziga chiqarildi. Fuqarolarning murojaatlari va kundalik hayotdagi ehtiyojlariga e\u2019tibor kuchayib, muammolarni joyida hal etishga alohida ahamiyat berilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar natijasida aholi turmush darajasi yaxshilanmoqda, zamonaviy uy-joylar qurilmoqda, ehtiyojmand oilalarni qo\u2018llab-quvvatlashning manzilli mexanizmlari joriy etilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu jarayonlar diniy-ma\u2019rifiy sohadagi islohotlar bilan ham uzviy bog\u2018liq. Chunki inson qadrini ulug\u2018lash, uning e\u2019tiqodiga hurmat bilan munosabatda bo\u2018lish, vijdon erkinligini ta\u2019minlash va turli qarashlarga bag\u2018rikenglik bilan yondashish barqaror va adolatli jamiyatning muhim shartlaridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Vijdon erkinligining huquqiy kafolatlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun qabul qilinib, vijdon erkinligini ta\u2019minlashning huquqiy asoslari yaratildi. Keyinchalik mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilinishi bilan bu kafolatlar zamon talablari asosida yanada takomillashtirildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\">Bugun mamlakatimizda vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq sifatida mustahkam kafolatlangan. Diniy sohada davlat siyosatining huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, fuqarolar diniy ehtiyojlarini qonuniy va erkin amalga oshirishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Ilm va ma\u2019rifat taraqqiyot poydevori<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning buyuk tarixida ilm-fan va ma\u2019rifat doimo yuksak o\u2018rin tutgan. Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan buyuk allomalarimizning diniy-ma\u2019rifiy merosi ana shu ulkan sivilizatsiyaning ajralmas qismidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg\u2018inoniy, Bahouddin Naqshband kabi ajdodlarimizning ilmiy-ma\u2019naviy merosi xalqimizning bebaho boyligidir. Ularning asarlarida ilm, aql, ma\u2019rifat, ezgulik, insonparvarlik, bag\u2018rikenglik va ma\u2019naviy kamolot g\u2018oyalari mujassam.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Prezidentimiz tashabbusi bilan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etilgani, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yilgani ana shu bebaho merosni chuqur o\u2018rganish va keng targ\u2018ib etishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining<\/strong> ochilishi esa bu yo\u2018nalishdagi ishlar yangi bosqichga ko\u2018tarilganining yana bir yorqin ifodasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Samarqand zaminida <strong>Imom Buxoriy majmuasining<\/strong> qaytadan bunyod etilgani ham xalqimizning buyuk muhaddis merosiga yuksak ehtiromini ifodalaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu dargohlar faqat ziyorat maskanlari emas. Ular ilm-ma\u2019rifat, tarixiy xotira, milliy o\u2018zlik va ezgulik g\u2018oyalarini uyg\u2018unlashtiruvchi ma\u2019naviy markazlar sifatida ham katta ahamiyatga ega.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Bilimli va ma\u2019rifatli yoshlar kelajak bunyodkorlari<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida ta\u2019lim, ilm-fan va ma\u2019rifat hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma\u2019naviyatli avlodni tarbiyalash milliy yuksalishning muhim sharti sifatida qaralmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Shu bois bilim va malakani taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Bolalarni maktabga tayyorlash, ta\u2019lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga o\u2018qitish, oliy ta\u2019lim va ilmiy izlanishlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mazkur jarayonda yoshlarimizga milliy va diniy qadriyatlarning insonparvarlik mohiyatini to\u2018g\u2018ri anglatish, ularni ilm va ma\u2019rifatga, vatanparvarlik va ezgulikka yo\u2018naltirish, turli buzg\u2018unchi g\u2018oyalardan asrash bugungi davrning muhim vazifalaridan biridir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ayniqsa, sun\u2019iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar va kreativ iqtisodiyot kabi sohalar jadal rivojlanayotgan bir paytda yosh avlodning raqamli dunyoda munosib o\u2018rin egallashi bilan birga ma\u2019naviy ildizlariga, qadriyatlariga hamohang tarzda faoliyat yuritishi juda muhim. Zero, bilim, ma\u2019naviyat va qadriyat uyg\u2018unligi barkamol insonning eng muhim belgisidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Bag\u2018rikenglik xalqimizning bebaho boyligi<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekiston azaldan turli millat va din vakillari tinch-totuv va hamjihat yashab kelgan zamindir. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Notinchlik va qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgan bugungi murakkab dunyoda <strong>millatlararo totuvlik va diniy bag\u2018rikenglik xalqimizning bebaho boyligidir.<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Diniy konfessiyalar vakillarining o\u2018z diniy an\u2019ana va marosimlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani, konfessiyalararo muloqot va hamkorlik rivojlanib borayotgani yurtimizda qaror topgan bag\u2018rikenglik muhitining amaliy ifodasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yana bir muhim jihat shundaki, mamlakatimizda <strong>\u201cBag\u2018rikenglik haftaligi\u201d<\/strong> tadbirlarini keng miqyosda o\u2018tkazish yaxshi an\u2019anaga aylandi. Haftalik doirasida yurtimiz hududlarida tashkil etilayotgan ma\u2019rifiy uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va madaniy tadbirlar turli millat va din vakillarini ezgu maqsadlar atrofida birlashtirmoqda. Ularda diniy konfessiyalar, jamoat tashkilotlari, ilm-fan va ta\u2019lim sohasi vakillari hamda yoshlarning faol ishtiroki bag\u2018rikenglikning jamiyatimiz hayotidagi amaliy ifodasini namoyon etmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu tadbirlarning ahamiyati, avvalo, insonlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, turli din va madaniyatlarning insonparvarlik mohiyatini chuqurroq anglashga xizmat qilishida ko\u2018rinadi. Ayniqsa, yosh avlodni turli e\u2019tiqod va qarashlarga hurmat ruhida tarbiyalash, muloqot madaniyatini rivojlantirish hamda tinch-totuv yashash mas\u2019uliyatini anglatishda haftalik muhim ma\u2019rifiy maydon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">2023-yilda <strong>\u201cDiniy bag\u2018rikenglik\u201d ko\u2018krak nishoni<\/strong> ta\u2019sis etilgani \u2013 bu qadriyatni rag\u2018batlantirishga e\u2019tiborning yorqin namunasi. O\u2018tgan davr mobaynida jami<br \/>\n500 nafardan ortiq kishi ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Ular orasida jamiyatimizda diniy bag\u2018rikenglik, millatlararo totuvlik, tinchlik va osoyishtalikni ta\u2019minlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo\u2018lida samarali faoliyat yuritayotgan turli soha vakillari borligini alohida ta\u2019kidlash lozim!<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Ramazon va Qurbon hayiti kunlari rasmiy bayram sifatida nishonlanishi esa elimizning asriy diniy va milliy qadriyatlariga davlat darajasida yuksak ehtirom ko\u2018rsatilayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bu qutlug\u2018 ayyomlar mehr-oqibat, saxovat, kechirimlilik, hamjihatlik va insonparvarlik kabi fazilatlarni yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Mehr-oqibat va insonparvarlik milliy qadriyatimiz<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Inson qadrini ulug\u2018lash g\u2018oyasi jamiyatimizda mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada kuchaytirmoqda. Ehtiyojmand aholi qatlamlarini qo\u2018llab-quvvatlash, muhtoj va bemor insonlarga yordam ko\u2018rsatish, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga g\u2018amxo\u2018rlik qilish borasidagi ishlar tobora kengaymoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mamlakatimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan xayriya va ko\u2018mak tadbirlari, mahallalarda oilalarning ehtiyojlarini o\u2018rganish va ularga manzilli yordam ko\u2018rsatish ishlari ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonda mahalla \u2013 fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish tizimi \u2013 nafaqat ijtimoiy hayotning muhim bo\u2018g\u2018ini, balki insonlar o\u2018rtasidagi mehr-oqibat, o\u2018zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaydigan ma\u2019naviy maktab hamdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Mahallada turli millat vakillari, turli diniy qarashlarga ega insonlar bir oiladek yashaydi. Shu ma\u2019noda, mahalla bag\u2018rikenglik va totuvlikning eng muhim hayotiy maktabidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>Taraqqiyot kafolati<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Inson qadri ulug\u2018langan, qonun ustuvor bo\u2018lgan va jamiyatda o\u2018zaro hurmat qaror topgan yurtda iqtisodiy taraqqiyot ham, ijtimoiy ishonch ham yuksaladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">O\u2018zbekistonning ochiq, pragmatik va tinchlikparvar tashqi siyosati ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Markaziy Osiyoda ahil qo\u2018shnichilik, strategik sheriklik va do\u2018stlik munosabatlarining yangi bosqichga ko\u2018tarilgani nafaqat mintaqaviy barqarorlik, balki xalqlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro ishonch va bag\u2018rikenglikni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Jahonning turli mintaqalari bilan hamkorlik kengayishi, xalqaro nufuzi ortib borayotgani O\u2018zbekistonning tinchliksevar va konstruktiv davlat sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlamoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Biz uchun tinchlik shunchaki siyosiy tushuncha emas. Tinchlik insonning xotirjam hayoti, farzandlar kelajagi, oila farovonligi, ilm va ma\u2019rifat ravnaqi, diniy e\u2019tiqod erkinligi hamda jamiyat taraqqiyotining eng muhim shartidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong>O\u2018zbekistonning taraqqiyot tajribasi<\/strong> bir haqiqatni yaqqol ko\u2018rsatmoqda: xalq va davlat yagona maqsad yo\u2018lida birlashib, astoydil harakat qilsa, jamiyat hayotida barqaror va izchil o\u2018zgarishlarga erishish mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Yurtimizning tinchlik va do\u2018stlik diyori, bag\u2018rikeng o\u2018lka sifatidagi nufuzini yuksaltirish diniy-ma\u2019rifiy soha uchun ham katta mas\u2019uliyat yuklaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Bag\u2018rikenglikni faqat qonunlar bilan emas, avvalo, insonlarning qalbi va ongida qaror toptirish zarur. Buning uchun ilm, ma\u2019rifat, sog\u2018lom e\u2019tiqod va o\u2018zaro hurmat muhitini yanada kuchaytirishimiz kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">Tinchlik va osoyishtalikni asrash, inson qadrini ulug\u2018lash, vijdon erkinligini ta\u2019minlash, ilm-ma\u2019rifatni yuksaltirish, yoshlarni ezgu maqsadlar sari yo\u2018naltirish, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, turli millat va konfessiya vakillari o\u2018rtasida o\u2018zaro hurmat va bag\u2018rikenglik muhitini mustahkamlash <strong>yangi O\u2018zbekistonning yorug\u2018 kelajagini bunyod etish yo\u2018lidagi eng muhim vazifalarimizdir<\/strong>.<\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\">\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>Sodiq TOSHBOYEV,<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: justify;\"><strong><em>O\u2018zbekiston Respublikasi<br \/>\nDin ishlari bo\u2018yicha qo\u2018mitasi raisi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ushbu sahifa faqat Deutsch-English tillarda mavjud.<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":6827,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[5],"tags":[],"class_list":["post-6846","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-5"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6846","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6846"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6846\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6847,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6846\/revisions\/6847"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6827"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6846"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6846"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/gk-usbekistan.de\/new\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6846"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}